bo'yicha turkumlari,
kredit portfelining balansi, majburiyatlaming
tarkibiy
qismlarini
ajratish
kabi elementlarini o 'z ichiga olmog'i lozim. Endi
biz bank siyosatiga to'xtaladigan bo'lsak bank siyosati - bankning depozit siyosati,
kredit siyosati,
foiz
siyosati,
valyuta
siyosati,
mijozlarga
kassa-hisob
xizmatini ko'rsatish siyosati va
boshqa bank xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha
siyosati,
banklaming
likvidliligini
ta'minlash
siyosati, kadrlar
siyosati
majmuasidan
iboratdir. Bank kredit siyosatining mazmuni quyidagilardan iborat:
bank kredit portfelini aniqlash va shakllantirish bilan bog'liq masalalar;
bank raisining kredit faoliyati uchun javob beradigan o'rinbosari, kredit
qo'm itasi raisi va kredit inspektoriga yuklangan vakolatlar ro'yxati;
bankning kredit berish
sohasidagi huquqlari va axborot taqdim etish
bo'yicha jami majburiyatlar;
kredit arizalari bo'yicha tekshirish va qaror chiqarish tizimi bayoni;
kredit arizasiga ilova qilinadigan zaruriy hujjatlar va kredit
ishida
albatta
saqlanadigan hujjatlar ro'yxati;
kredit
ishlari
saqlanishi
va
tekshirilishi
uchun
kim javobgarligi, kim
va qanday holatda ulami olish huquqiga egaligi to'g'risida batafsil ma'lumotlar;
kreditning ta'minlanganligi va uni qabul qilish, baholash va amalga oshirishning
asosiy qoidalari;
barcha kreditlar sifatini belgilaydigan me'yorlar bayoni; eng yuqori kredit
imtiyozlarini belgilash va ko'rsatish;
bank xizmat ko'rsatadigan mintaqa, kredit qo'yilmalarining asosiy qismi joriy
etiladigan tarmoq, iqtisodiyot sohasi yoki sektori; u muammoli kreditlar tarkibi
va tahlili, bunda muammolami qanday hal etilishi ehtimollari ko'rsatiladi.
Qolgan
hujjatlarda
ta'qiqlanadigan
yoki
nomaqbul
kredit turlari
tavsifi anadi.
Kredit siyosati malakali tuzilib, bank rahbaridan tortib operatorgacha barcha
darajalarda me'yorda amalga oshirilsa, bu bank rahbariyatiga to 'g 'ri qarorlar
chiqarish, ortiqcha xatarlardan xolos bo'lish, bank kreditlarini to 'g 'ri baholash
imkonini beradi. Shu bilan bir vaqtda kredit siyosati siyosiy, iqtisodiy va huquqiy
shartlarini hisobga olgan holda ancha yumshoq bo'lishi darkor.
Dostları ilə paylaş: