T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


 Banklarda kassa operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar



Yüklə 29,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/108
tarix14.12.2023
ölçüsü29,58 Kb.
#178720
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   108
Banklarda buxgalteriya hisobi Abduvaxidov 2010 @iqtisodchi kutubxonasi (1)

4.1. Banklarda kassa operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar
aylanishini tashkil qilish
Tijorat banklari dastlabki faoliyatini amalga oshirishlarida bank kassasi 
shakllantiradilar va 0 ‘zbekiston Respublikasi markaziy bankining litsentsiyasini 
oladilar. Ushbu litsenziyaga ko‘ra, kassa operatsiyalari bo'limlari tashkil etiladi va 
bank rahbari tomonidan kassa mudiri ( bank sohasida uch yil ishlagan), kassa 
xodimlari tayinlab, kassa bo‘limIari (kirim kassasi, chiqim kassasi, kechki- 
inkassatorlardan pul qabul qilish kassasi) ni tashkil etadilar. Mijozlarga kassa 
xizmatini ko'rsatish uchun bank Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga 
pul omborini tashkil etish bo'yicha pasportini va boshqa hujjatlami topshiradi va ular 
ko'rib chiqib, Markaziy bankning Emissiya-kassa operatsiyalari departamentiga 
yuboradi. Ular ijobiy xulosa berganda bank operatsiyalari kassasi ochiladi. 
Shuningdek, bankning kassa operatsiyalari bo'limi maxsus jihozlangan ya'ni, ichki 
devorlari va 
to'shdevorlari qalinligi 80 mm bo'lgan juftlashtirilgan gips-beton 
panellarga yoki qalinligi kamida 120 mm bo'lgan g'isht devordan iborat bo'lishi 
kerak. Kassa darchasining hajmi 200x300 mm dan oshmasligi, kassa darchasi 
eshikchasi va to'siqdevorlar qalinligi kamida 40 mm bo'lgan taxtalardan yasaladi, 
ular ikki tomondan ruxlangan, metall listlar taxtalarga uzunligi kamida 40 mm 
bo'lgan mixlar bilan perimetr va diagonallar bo'yicha 60 mm ga qadar masofada 
mahkamlanadi.
Bank kassa operatsiyalarini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan naqd pul 
mablag'larining me'yorini belgilash uchun Markaziy banka kassa arizasini beradi, 
bunda, bank chiqimlari va tushumlari hamda kassa limiti qoldig'i o 'z aksini topadi. 
Shuningdek, bank kassasida naqd pullar qoldig'i limitlari doirasida naqd pullarga ega 
bo'lishlari va me’yorlar doirasida tushumdan ulami ishlatishlari mumkin. Kassadagi 
naqd pullar qoldig'i limitlari va tushumni ishlatish me'yorlarini markaziy bank bilan 
kelishgan holda belgilangan me'yoriy hujjatlarga rioya qilgan holda amalga oshiradi. 
Kassada naqd pullar qoldig'ining belgilangan limitlaridan ortiqcha bo'lgan barcha 
naqd pullami Markaziy bankning xisob-kitob-kassa markaziga topshiradilar.
Naqd pullik hisob-kitob operatsiyalari bankning kassa operatsiyalari bo‘lib, 
ularga kassa bo'limi xodimlari tomonidan xizmat ko'rsatiladi. Ular asosan, bank 
kassasiga mijozlardan, inkassatorlardan, bank xodimlari va jismoniy shaxslardan 
qabul qilingan hamda ularga ish haqi va unga tenglashtirilgan boshqa barcha 
to'Iovlam i hisob-kitob cheklari bo'yicha naqd pul shaklida bankning operatsion 
kassasidan beriladi. Bu operatsiyalar Markaziybank tomonida ishlab chiqilgan 
m e'yoriy hujjatlar bilan tartibga solib turiladi14.
14 Т и ж о р а т б а н к л а р и д а к а с с а и ш и и и т а ш к н л э т и ш , и н к а с с а ц и я в а к и м м а т л и к л а р н н т а ш и ш г а д о й р й ў р и қ н о м а . Ў з Р А В
2 9 .0 3 .2 0 0 5 й и л д а 1 2 6 3 -1 -с о н б и л а н р ў й х е т г а о л и н г а н ; У э Р М Б н а к д ч е т э л в а л ю т а с и г а о и д о п е р а ц и я л а р н и а м а л г а о ш и р и ш
к о и д а л а р и . Ў э Р А В 1 5 .0 4 .2 0 0 4 й и л д а 9 5 7 -1 -сон б и л а н р ў й х а т г а о л и н г а н ; Ў э Р М Б н а к д ч е т э л в а л ю т а с и г а о и д о п е р а ц и я л а р н и
а м а л г а о ш и р и ш к о и д а л а р и . Ў зР А В 15.0 4 .2 0 0 4 й и л д а 9 5 7 -1 -с о н б и л а н р у й х а г г а о л и н г ан


Kassa hujjatlari bank uchun, shuningdek, hisob-kitoblarda ishtirok etuvchi 
tomonlarga kerak b o ‘lgan nusxalar sonida texnik vositalardan foydalanilgan va tijorat 
bankining hisob-kitob cheklari esa qo‘lda yozilgan holda to'ldiriladi. Kassa 
hujjatlarini bo‘yash, chizish va tuzatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Banklarda har bir operatsiyalami 
amalga oshirish 
bo‘yicha hujjatlar 
aylanishining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Shu qatori, bankning kassa 
operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar aylanishiga katta ahamiyat berish zarur, chunki 
mijozlardan naqd pul qabul qilinayotganda yoki bank kassasidan ularga naqd pul 
berishda bankning operatsion kassasi markazida mijozlaming uzoq vaqt turib 
qolishlarining oldi olingan bo'lib, sifatli xizmat ko'rsatish imkoniyatini vujudga 
keltiradi. Shu sababdan, banklarda kirim kassa operatsiyalari bo'yicha hujjatlar 
aylanishi grafigini tuzishni talab etadi (3-chizmaga qarang).
3 -chizma. Kirim kassa operatsiyalari bo'yicha hujjatlar aylanishi tavsifi
Bu erda:
1) bank mijozi buxgalteriya nazoratchisiga naqd pul topshirish haqidagi 
e’lonnomani uzatishi; 2) buxgalteriya nazoratchisi mijozning naqd pul topshirish 
yuzasidan e'lonnomani ko'rib chiqib, uni kirim kassasi (simvol bo'yicha) jum aliga 
qayd qilishi; 3) mijoz naqd pul mablag'larini bank kassiriga topshirishi; 4) kassir 
e'lonnoma asosida naqd pul mablag'larini sanab olib, mijozga bank kassasi pattasi 
(kvitantsiyasi)ni berishi; 5) nazoratchi va kassir tomonidan barcha hujjatlar hisoblash 
markaziga yuborilishi; 6) hisoblash markazi tomonidan yuborilgan naqd pul 
m ablag'larini qabul qilish bo'yicha yozilgan hujjatlar asosida nazoratchi topshirilgan 
naqd pul mablag'larini mijozning shaxsiy hisobvarag'iga o'tkazilishi berilgan.
Tijorat banklari operatsion kassa markazidan o'zining mijozlariga ish haqi va 
unga tenglashtirilgan to'lovlam i berishda kassa operatsiyalari bo'yicha hujjatlar 
aylanishi grafigini yuqoridagi tartibda belgilashlar va ulaming grafigini bosh 
buxgalter va bank rahbari tomonidan tasdiqlanishi mumkin. Bu holda bank 
mijozlaridan belgilangan muddatlarda hisob-kitob cheklarini olib, o'm atilgan tartibda 
m ablag'lar berilishini ta'minlaydi.

Yüklə 29,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin