T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


Banklarda qimmatli qog‘ozIar bo'yicha vositachilik operatsiyalari



Yüklə 29,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/108
tarix14.12.2023
ölçüsü29,58 Kb.
#178720
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   108
Banklarda buxgalteriya hisobi Abduvaxidov 2010 @iqtisodchi kutubxonasi (1)

7.4. Banklarda qimmatli qog‘ozIar bo'yicha vositachilik operatsiyalari
va muddatli bitimlar hisobi
Banklar mijozlar bilan tuzilgan vositachilik yoki topshirig' shartnomalari 
asosida qimmatli qog'ozlar oldi - sotdisi bo'yicha operatsiyalarini bajarishi mumkin. 
Qimmatli qog'ozlami sotib olish uchun mijozlar tomonidan o'tkazilgan pul 
mablag'lari hamda vositachilik va topshiriq shartnomalari bo'yicha sotishdan olingan 
pul mablag'larining hisobi 22608- «Mijozlaming qimmatli qog'ozlar bilan bo'ladigan 
operatsiyalari bo'yicha mablag'lari» hisobvarag'ida yuritiladi. Analitik hisobi 
mijozlaming shaxsiy hisobvaraqlari bo'yicha yuritiladi.
Sotish uchun olingan yoki mijoz topshirig'ining bajarilishi natijasida sotib 
olingan naq qimmatli qog'ozlar 93616- «Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan 
qimmatli qog'ozlari» va 93623- «Saqlanayotgan xususiy qimmatli qog'ozlar tijorat 
hujjatlari» ko'zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida nominal qiymat bo'yicha:
Dt 93616-«Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qog'ozlari» yoki 
93623-«Saqlanayotgan xususiy qimmatli qog'ozlar tijorat hujjatlari» hisobvarag'i,
Kt 96379 «Saqlanayotgan qimmatli qog'ozlar va boshqa qimmatbaho buyumlar 
bo'yicha kontr-hisobvarag'i».
Analitik hisobi har bir shartnoma bo'yicha ochiladigan alohida shaxsiy 
hisobvaraqlarda yuritiladi.
Mijozlaming topshirig'i bo'yicha qimmatli qog'ozlami sotishda, sotilmagan 
qimmatli qog'ozlami mijozlarga qaytarishda, shuningdek, mijozlarga ulaming 
topshirig'i bo'yicha xarid qilingan qimmatli qog'ozlami topshirishda nominal qiymat 
bo'yicha quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Dt 96379 «Saqlanayotgan qimmatli qog'ozlar va boshqa qimmatbaho buyumlar 
bo'yicha kontr-hisobvarag'i»,
Kt 93616-«Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qog'ozlari» yoki 
93623-«Saqlanayotgan xususiy qimmatli qog'ozlar tijorat hujjatlari».
Banklar tomonidan brokerlik operatsiyalarini bajarishdan olingan daromadlar 
esa 45209 «Qimmatli qog'ozlar bilan amalga oshirilgan brokerlik operatsiyalari


bo'yicha daromadlar» hisobvarag‘ining kreditiga o'tkaziladi va daromad sifatida tan 
olinadi.
Qimmatli qog'ozlar bilan muddatli bitimlar deganda,- bitimni tuzish sanasidan 
farq qiluvchi hisob-kitoblaming aniq sanasi ko'rsatilgan holda shartnomalar bilan 
rasmiylashtirilgan qimmatli qog'ozlaming oldi-sotdi bitimlari (REPO bitimlari, 
fyucherslar va x.k.) tushuniladi.
Muddatli bitimlar tuzishda hisob-kitob qilish sanasi bitimni tuzish sanasi bilan 
mos kelmaydi. Muddatli bitimlar Markaziy bankning me'yoriy hujjatlariga muvofiq, 
bitim tuzish sanasidan boshlab hisob-kitoblar o'tkazish muddatiga qadar ko'zda 
tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida hisobga olinadi. Hisob-kitoblar boshlangan kuni 
bir vaqtning o'zida belgilangan tartibda balans hisobvaraqlarida aks ettirish bilan 
birga bitimlami ko'zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida hisobga olish to'xtatiladi. 
Shuningdek, qimmatli qog'ozlar operatsiyalarida fyuchers kontraktlari ham tuzilishi 
mumkin. Fyuchers kontraktlarini tuzishda qimmatli qog'ozlaming xaridori bo'lgan 
bank ulami sotib olish bo'yicha majburiyatlarini bitim tuzish sanasidan boshlab, 
hisob-kitoblar qilish sanasigacha hisobga oladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha 
aks ettiriladi; 92802- “Qimmatli qog'ozlami sotib olish bo'yicha muddatli bitimlar” 
debetlanib, 96374- “Qimmatli qog'ozlami sotib olish bo'yicha muddatli bitimlar 
kontr- hisobvarag'i” kreditlanadi. Qimmatli qog'ozlaming turlari va shartnomalari 
bo'yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlar yuritiladi. Hisob-kitoblar sanasi kelganda, 
ulaming haqini to'lashda va olishda xaridor bank tomonidan qimmatli qog'ozlami 
sotib olish bo'yicha balans hisobida tegishli buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi. 
Bundan tashqari ko'zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo'yicha buxgalteriya 
hisobida quyidagi yozuv amalga oshiriladi;
Dt 96374- “Qimmatli qog'ozlami sotib olish bo'yicha muddatli bitimlar kontr- 
hisobvarag'i”,
Kt 92802- “Qimmatli qog'ozlami sotib olish bo'yicha muddatli bitimlar” 
hisobvarag'i.
Fyuchers kontraktlarini tuzishda qimmatli qog'ozlaming sotuvchisi bo'lgan 
bank ulami etkazib berish bo'yicha majburiyatlarni bitim tuzish sanasidan boshlab, 
ular bo'yicha hisob-kitoblar qilinadigan sanagacha hisobga oladi:
Dt 92802- “Qimmatli qog'ozlami sotib olish bo'yicha muddatli bitimlar” 
hisobvarag'i,
Kt 96376- “Qimmatli qog'ozlami sotish bo'yicha muddatli bitimlar kontr- 
hisobvarag'i”.
Hisob-kitoblar sanasi kelganda, ulaming haqini olishda va etkazib berishda 
sotuvchi bank tomonidan qimmatli qog'ozlami sotish bo'yicha balans hisobida 
tegishli buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi. Bundan tashqari ko'zda tutilmagan 
holatlar hisobvaraqlari bo'yicha buxgalteriya hisobida quyidagi yozuv bajariladi,
Dt 96376- “Qimmatli qog'ozlami sotish bo'yicha muddatli bitimlar kontr- 
hisobvarag'i”,
Kt 92802- “Qimmatli qog'ozlami sotib olish bo'yicha muddatli bitimlar” 
hisobvarag'i.
Shuningdek, banklarda qimmatli qog'ozlar operatsiyalari bo'yicha REPO 
operatsiyalari ham amalga oshiriladi. REPO (qayta sotib olish sharti bilan qimmatli


qog'ozlaming oldi-sotdi bitimlari to'g'risidagi kelishuv) bitimi deganda, - ma'lum 
muddatdan so'ng oldindan kelishilgan bahoda sotib olish majburiyati bilan qimmatli 
qog'ozlami sotish bo'yicha tuzilgan bitim tushuniladi. REPO bitimlari quyidagi 
tamoyillaming hech bo'lmaganda biri 
bajarilgan taqdirda moliyalashtirish 
operatsiyalari sifatida hisobga olinadi: aw al sotilgan qimmatli qog'ozlaming o'zi 
qayta sotib olinsa; agar qayta sotib olinayotgan qimmatli qog'ozlar barcha jihatlariga 
ko'ra sotilgan qimmatli qog'ozlarga o'xshasa.
Qimmatli qog'ozlar quyidagi shartlar bajarilsa "barcha jihatlariga ko'ra 
o'xshash" deb qaraladi: qimmatli qog'ozlar bo'yicha bir shaxs va shu shaxsning o'zi 
majburiyatlar olgan bo'lishi; qimmatli qog'oz egalarini bir xil tavakkalchilik va 
huquqlar bilan ta'minlanishlari uchun ushbu qog'ozlar shakl va ko'rinishi jihatidan 
bir xil bo'lishi; qimmatli qog'ozlar bir xil foiz stavkasiga ega bo'lishi; qimmatli 
qog'ozlar bir xil to'lov muddatiga ega bo'lishi; qimmatli qog'ozlar bir xil nominal 
qiymatga ega bo'lishi zarur. Aks holda REPO bitimlari qimmatli qog'ozlar oldi - 
sotdisi operatsiyalari sifatida hisobga olinadi.
Ayrim holatlarda qimmatli qog'ozlar bo'yicha operatsiyalar REPO bitimlari 
hisobini moliyalashtirish operatsiyalari sifatida hisobga olinadi. REPO bitimlarining 
yuridik shakli oldi-sotdi bitimi bo'lganligi sababli, ushbu operatsiyalaming iqtisodiy 
mohiyati xarid qilingan qimmatli qog'ozlar bilan ta'minlangan moliyalashtirishdir. 
Xalqaro andozalarga muvofiq, buxgalteriya hisobi uning yuridik shakliga emas, 
iqtisodiy mohiyatiga qarab amalga oshirilishi lozim. REPO bitimlari qimmatli 
qog'ozlar garovi asosida kreditlash operatsiyalaridan shu bilan farq qiladiki, qayta 
sotib olish sharti bilan qimmatli qog'ozlar oldi-sotdi bitimi to'g'risidagi kelishuvning 
birinchi qismini bajarishda ularga egalik qilish huquqi qarzdordan kreditorga o'tadi. 
Ushbu operatsiyalarda qimmatli qog'ozlar sotuvchisi qarzdor, xaridor esa pul 
mablag'lari kreditori rolini bajaradi. REPO kelishuvida ko'rsatilgan muddat 
tugagach, qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog'ozlar oldi-sotdi bitimlari 
to'g'risidagi kelishuvning ikkinchi qismi bajarilgan taqdirda ularga egalik qilish 
huquqi qayta kreditordan qarzdorga o'tadi.
Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog'ozlaming oldi-sotdi bitimlari 
to'g'risidagi kelishuvning birinchi qismini bajarishda qimmatli qog'ozlami sotuvchi 
bank tomonidan bitimning birinchi qismi bo'yicha ulami sotish summasiga quyidagi 
buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Dt 10103-“PuI almashtirish shaxobchalaridagi naqd pullar” yoki 20200-“Talab 
qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” hisobvarag'i,
Kt 22300-“REPO bitimlari bo'yicha sotilgan qimmatli qog'ozlar” hisobvarag'i.
Bir vaqtning o'zida bank tomonidan sotilgan va qayta sotib olish sharti bilan 
qimmatli qog'ozlaming oldi-sotdi bitimlari to'g'risidagi kelishuvning ikkinchi 
qismini bajarishda bank tomonidan sotib olinishi lozim bo'lgan qimmatli qog'ozlar 
summasiga ko'zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo'yicha buxgalteriya yozuvi 
bajariladi. 92802- “Qimmatli qog'ozlami sotib olish bo'yicha muddatli bitimlar” - 
hisobvarag'ida qimmatli qog'ozlar REPO operatsiyalarining birinchi qismiga
ulaming sotilish sanasidan boshlab esa, bank tomonidan ikkinchi qismiga muvofiq, 
sotib olish muddatigacha hisobga olinadi.


Kelishuvning ikkinchi qismi bo'yicha qimmatli qog'ozlami qayta sotib olish 
narxi va kelishuvning birinchi qismi bo'yicha ulami sotish narxi o'rtasidagi farq o'z 
mohiyatiga ko'ra olingan pul mablag'lari uchun to'lov hisoblanadi. Ko'rsatilgan farq 
amortizatsiya qilinadi va sotuvchi bank tomonidan har oyda qayta sotib olish sharti 
bilan qimmatli qog'ozlar oldi-sotdi bitimi to'g'risidagi kelishuvning amal qilish 
muddati davomida foizli xarajatlar:
Dt 54300-“Qimmatli qog'ozlar bilan amalga oshirilgan- REPO bitimlari 
bo'yicha foizli xarajatlar” hisobvarag'i,
Kt 22300-“REPO bitimlari bo'yicha sotilgan qimmatli qog'ozlar” hisobvarag'i. 
Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog'ozlar oldi-sotdi bitimlari 
to'g'risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda bank tomonidan kelishuvning 
ikkinchi qismi bo'yicha qayta sotib olingan qimmatli qog'ozlar summasiga quyidagi 
buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Dt 22300-“REPO bitimlari bo'yicha sotilgan qimmatli qog'ozlar” hisobvarag'i, 
Kt 10301- “Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag'i - Nostro” yoki 20200- 
“Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” hisobvarag'i.
Bir vaqtning o'zida qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog'ozlaming oldi- 
sotdi bitimlari to'g'risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda bank tomonidan 
sotib 
olingan qimmatli 
qog'ozlar summasiga ko'zda tutilmagan holatlar 
hisobvaraqlari bo'yicha buxgalteriya yozuvi bajariladi.
Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog'ozlar oldi-sotdi bitimlari 
to'g'risidagi kelishuvlarda har bir tomon o 'z majburiyatlarini bajarmasa, odatda 
jarima choralarini qo'llashlari mumkin. Kelishuvning ikkinchi qismi bajarilmagan 
hamda qimmatli qog'ozlar xaridor portfeliga o'tkazilgan taqdirda sotuvchi-bank 
quyidagi buxgalteriya yozuvini amalga oshiradi:
Dt 22300-“REPO bitimlari bo'yicha sotilgan qimmatli qog'ozlar” hisobvarag'i - 
bitimning ikkinchi qismiga ko'ra qayta sotib olinayotgan summasi,
Kt 10700-“01di-sotdi qimmatli qog'ozlari” yoki 11300- “Sotib olingan 
veksellar” yoki 15900-“So'ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli 
qog'ozlarga qilingan investitsiyalar” hisobvaraqlaming - qimmatli qog'ozlar balans 
qiymati summasi.
Kelishuvning ikkinchi qismi bo'yicha qimmatli qog'ozlar xaridi narxi va uning 
balans qiymati o'rtasidagi farq tegishli foyda va zararlar hisobvarag'iga kiritiladi.
Bir vaqtda hisob-kitoblar sanasi kelganda, qimmatli qog'ozlar haqini to'lashda 
va ulami olishda xaridor bank tomonidan ulami sotib olish bo'yicha balans hisobida 
tegishli o'tkazmalar amalga oshiriladi. Bundan tashqari ko'zda tutilmagan holatlar 
hisobvaraqlari bo'yicha quyidagi yozuv bajariladi:
Dt 96374- ‘Qimmatli qog'ozlami sotib olish bo'yicha muddatli bitimlar kontr- 
hisobvarag'i”,
Kt 92802- “Qimmatli qog'ozlami sotib olish bo'yicha muddatli bitimlar” 
hisobvarag'i.
Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog'ozlar oldi-sotdi bitimlari 
to'g'risidagi kelishuvning birinchi qismini bajarishda qimmatli qog'ozlami xarid 
qiluvchi bank kelishuvning birinchi qismi bo'yicha qimmali qog'ozlar xaridi 
summasiga buxgalteriya hisobida quyidagi yozuv amalga oshiriladi:


Dt 11800- “REPO bitimlari bo’yicha sotib olingan qimmatli qog’ozlar” 
hisobvarag'i,
Kt 20200-“Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” hisobvarag'i.
Ayni vaqtda bank tomonidan xarid qilingan va qayta sotib olish sharti bilan 
qimmatli qog'ozlar oldi-sotdi bitimlari to'g'risidagi kelishuvning ikkinchi qismini 
bajarishda bank sotishi lozim bo'lgan qimmatli qog'ozlar qiymatiga ko'zda 
tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo'yicha ham hisobga olinadi.
Kelishuvning ikkinchi qismi bo'yicha qimmatli qog'ozlami qayta sotish narxi va 
kelishuvning birinchi qismi bo'yicha qimmatli qog'ozlar xaridi narxi o'rtasidagi farq 
o'z mohiyatiga ko'ra sotib oluvchi bank tomonidan berilgan pul mablag'lari uchun 
to'lov hisoblanadi. Ko'rsatilgan farq amortizatsiya qilinadi va oluvchi bank 
tomonidan har oyda qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog'ozlar oldi-sotdi bitimi 
to'g'risidagi kelishuvning amal qilish muddati davomida foizli daromadlar 
hisobvarag'iga kiritiladi, bunda,
Dt 11800-“REPO bitimlari bo'yicha sotib olingan qimmatli qog'ozlar” 
hisobvarag'i,
Kt 45000-“Qimmatli qog'ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo'yicha 
foizli daromadlar” hisobvarag'ida daromad sifatida xisobga olinadi.
Banklar REPO bitimi bo'yicha kontragentning moliyaviy ahvoli yomonlashgan 
holda qimmatli qog'ozlaming qayta xaridi bankda shubha uyg'otsa, foizlami 
o'stirmaslik tamoyillaridan foydalanishlari lozim. Bunda foizli daromad bank 
balansidan quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan hisobdan chiqariladi, bunda,
Dt 45000-“Qimmatli qog'ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo'yicha 
foizli daromadlar” hisobvarag'i,
Kt 11800-“REPO bitimlari bo'yicha sotib olingan qimmatli qog'ozlar” 
hisobvarag'i.
Hisobdan chiqarilgandan so'ng kelishuvning ikkinchi qismi bo'yicha qimmatli 
qog'ozlami qayta sotish narxi va kelishuvning birinchi qismi bo'yicha qimmatli 
qog'ozlar xarid narxi o'rtasidagi farq amortizatsiyasi ko'zda tutilmagan holatlar 
hisobvaraqlariga, ya'ni
Dt 95411- “Olinishi lozim bo'lgan qimmatli qog'ozlar bo'yicha hisoblangan 
foizlar” hisobvarag'i,
Kt 96333-“01inishi lozim bo'lgan qimmatli qog'ozlar bo'yicha hisoblangan 
foizlar” hisobvarag'i.
Ko'zda tutilmagan holatlar hisobvarag'ida yuritiladigan hisob REPO 
kelishuvining ikkinchi qismi bajarilganidan so'ng to'xtatiladi va bunga
Dt 96333-“01inishi lozim bo'lgan qimmatli qog'ozlar bo'yicha hisoblangan 
foizlar” hisobvarag'i,
Kt 95411- “Olinishi lozim bo'lgan qimmatli qog'ozlar bo'yicha hisoblangan 
foizlar” hisobvarag'i.
Balans hisoboti sanasida kelishuvning birinchi qismi bo'yicha sotib olingan 
qimmatli qog'ozlaming bozor qiymati balans qiymati bilan tenglashtiriladi. Bozor 
qiymati balans qiymatidan tushib ketsa, bank xarajatlari hisobidan ko'rilishi mumkin 
bo'lgan zararlami qoplash zahirasi tashkil etiladi. Bunda balans va bozor o'rtasidagi 
farq summasiga


Dt 56824-“REPO bitimlari bo'yicha ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlami 
baholash” hisobvarag'i,
Kt 11899-“REPO bitimlari bo'yicha sotib olingan qimmatli qog'ozlardan 
ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlami qoplash zahirasi (kontr-aktiv)” hisobvarag'i. 
Bozor qiymati balans qiymatidan oshib ketsa zahira nolga tenglashtiriladi:
Dt 11899 -“REPO bitimlari bo'yicha sotib olingan qimmatli qog'ozlardan 
ko'rilishi mumkin byo'lgan zararlami qoplash zahirasi (kontr-aktiv)” hisobvarag'i,
Kt 
56824-“REPO bitimlari bo'yicha ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlami 
baholash” hisobvarag'i.
REPO bitimiga doir ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlami qoplash zahirasi har 
bir REPO kelishuvi bo'yicha alohida belgilanadi. Agar awal tashkil etilgan ko'rilishi 
mumkin bo'lgan zararlami qoplash zahirasi miqdori yangi hisoblangan ko'rilishi 
mumkin bo'lgan zararlami qoplash zahirasidan oshib ketsa, zahira oshib ketish 
summasiga kamaytiriladi. Agar awal tashkil etilgan ko'rilishi mumkin bo'lgan 
zararlami qoplash zahirasi miqdori yangi hisoblangan ko'rilishi mumkin bo'lgan 
zararlami qoplash zahirasidan kam bo'lsa, zahira hisoblangan hajmgacha qo'shimcha 
ravishda ko'paytiriladi. Ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlami qoplash zahirasi kontr- 
aktiv hisobvaraq bo'lib, REPO bitimi bo'yicha xarid qilingan qimmatli qog'ozlaming 
umumiy balans qiymatidan chegiriladi va 11800-“REPO bitimlari bo'yicha sotib 
olingan qimmatli qog'ozlar” hisobvaraqqa quyidagi tarzda taqdim qilinadi: REPO 
bitimlari bo'yicha xarid qilingan qimmatli qog'ozlar hisobvarag'i - balans qiymati 
minus REPO bitimlari bo'yicha xarid qilingan qimmatli qog'ozlarga doir ko'rilishi 
mumkin bo'lgan zararlami qoplash zahirasi = REPO bitimlari bo'yicha xarid qilingan 
qimmatli qog'ozlar hisobvarag'i - sof qiymati.
Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog'ozlar oldi-sotdi bitimlari 
to'g'risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda bank quyidagi buxgalteriya 
yozuvini bajaradi:
Dt 20200-“Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” hisobvarag'i,
Kt 11800-“REPO bitimlari bo'yicha sotib olingan qimmatli qog'ozlar” 
hisobvarag'i - kelishuvning ikkinchi qismi bo'yicha qimmatli qog'ozlami qayta 
sotish summasi. Ayni vaqtda qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog'ozlar oldi- 
sotdi bitimlari to'g'risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda bank tomonidan 
sotilgan qimmatli qog'ozlar qiymatiga ko'zda tutilmagan holatlar hisobvaragi 
bo'yicha buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi.
Bunda kelishuvning ikkinchi qismi bajarilmagan va qimmatli qog'ozlar xaridor 
bank portfeliga o'tkazilgan taqdirda quyidagi buxgalteriya yozuvi bajariladi: 
qimmatli qog'ozlar bozor qiymati kelishuvning birinchi qismi bo'yicha qimmatli 
qog'ozlar xaridi summasidan oshib ketsa: ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlami 
qoplash zahirasi miqdorini to'g'rilashga doir buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi; 
qimmatli qog'ozlami bank portfeliga o'tkazishga doir operatsiyalarga esa, 
buxgalteriya hisobida quyidagi yozuv amalga oshiriladi;
Dt 10700-“01di-sotdi qimmatli qog'ozlari” yoki 
11300-“Sotib olingan 
veksellar” 
yoki 15900-“So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli 
qog'ozlarga qilingan investitsiyalar” hisobvarag'i,


Kt 11800-“REPO bitimlari bo'yicha sotib olingan qimmatli qog'ozlar” 
hisobvarag'i - kelishuvning birinchi qismi bo'yicha xarid qilinadigan qimmatli 
qog'ozlar summasi.
Qimmatli qog'ozlaming bozor qiymati kelishuvning birinchi qismi bo'yicha 
qimmatli qog'ozlar olish summasidan kam bo'lsa: ko'rilishi mumkin bo'lgan 
zararlami qoplash zahirasi miqdorini to'g'rilashga doir buxgalteriya yozuvi amalga 
oshiriladi; qimmatli qog'ozlami bank portfeliga o'tkazishga operatsiyalar uchun,
Dt 10700-“01di-sotdi qimmatli qog'ozlari” yoki 
11300-“Sotib olingan 
veksellar” 
yoki 15900-“So'ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli 
qog'ozlarga qilingan investitsiyalar”- bozor qiymatiga,
Dt 11899-“REPO bitimlari bo'yicha sotib olingan qimmatli qog'ozlardan 
ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlami qoplash zahirasi (kontr-aktiv)” hisobvarag'i,
Kt 
11800-“REPO bitimlari bo'yicha sotib olingan qimmatli qog'ozlar” - 
kelishuvning birinchi qismi bo'yicha xarid qilinadigan qimmatli qog'ozlar summasi 
sifatida xisobga olinadi.
Bunda, bank foizlami o'stirmaslik tamoyillariga amal qilmagan bo'lsa, 
kelishuvning ikkinchi qismini bajarish sanasida 11800-“REPO bitimlari bo'yicha 
sotib olingan qimmatli qog'ozlar” - hisobvarag'ida hisobga olingan qimmatli 
qog'ozlaming balans qiymati kelishuvning ikkinchi qismi bo'yicha qimmatli 
qog'ozlami qayta sotish summasiga teng bo'lishi lozim. Kelishuvning ikkinchi qismi 
bajarilmagan holda bank foizli daromadlami balansdan chiqarishi, ya'ni foizlami 
o'stirmaslik tamoyillarini qo'llaydi, bunda.
Dt 45000- “Qimmatli qog’ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari buyicha 
foizli daromadlar” hisobvarag'i,
Kt 11800-“REPO bitimlari bo'yicha sotib olingan qimmatli qog'ozlar” 
hisobvarag'ida daromad sifatida tan olinadi.
Shu bilan bir qatorda, REPO bitimlari qimmatli qog'ozlaming oldi-sotdi 
operatsiyalari sifatida ham hisobga olinadi. Bunda, qayta sotib olish sharti bilan 
qimmatli qog'ozlar oldi-sotdi bitimlari to'g'risidagi kelishuvning birinchi qismini 
bajarishda qimmatli qog'ozlar sotuvchisi bo'lgan bank balans hisobida qimmatli 
qog'ozlar sotuvi bo'yicha tegishli buxgalteriya yozuvini amalga oshiradi. Bunda 
sotilgan qimmatli qog'ozlar bank balansidan chiqariladi. Ayni vaqtda bank 
tomonidan sotilgan va qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog'ozlar oldi-sotdi 
bitimlari to'g'risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda bank sotib olishi 
lozim bo'lgan 
qimmatli 
qog'ozlar qiymatiga ko'zda tutilmagan 
holatlar 
hisobvarag'ida hisobga olinadi. 92802- “Qimmatli qog'ozlami sotib olish bo'yicha 
muddatli bitimlar” -hisobvarag'ida qimmatli qog'ozlar REPO operatsiyasining 
birinchi qismiga muvofiq, ulaming xaridi sanasidan boshlab bank tomonidan REPO 
operatsiyasining ikkinchi qismiga muvofiq qimmatli qog'ozlami sotish muddatigacha 
hisobga olinadi.
Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog'ozlar oldi-sotdi bitimlari 
to'g'risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda bankning balans hisobida 
qimmatli qog'ozlar xaridi bo'yicha tegishli buxgalteriya yozuvini amalga oshiradi. 
Ayni vaqtda qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog'ozlar oldi-sotdi bitimlari 
to'g'risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda bank tomonidan sotib olingan


qimmatli qog'ozlar qiymatiga ko'zda tutilmagan holatlar hisobvarag'i bo'yicha ham 
buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi.
Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog'ozlar oldi-sotdi bitimlari 
to'g'risidagi kelishuvning birinchi qismini bajarishda qimmatli qog'ozlar xaridori 
bo'lgan bankning balans hisobida qimmatli qog'ozlar sotuvi bo'yicha tegishli 
buxgalteriya yozuvini amalga oshiradi. Ayni vaqtda bank tomonidan sotib olingan va 
qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog'ozlar oldi-sotdi bitimlari to'g'risidagi 
kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda bank sotishi lozim bo'lgan qimmatli 
qog'ozlar qiymatiga ko'zda tutilmagan holatlar hisobvarag'iga ham o'zgarish 
summasi buxgalteriya hisobida yozib qo'yiladi.

Yüklə 29,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin