Maktabgacha ta’lim tarbiya fanining ilmiy-tadqiqot metodlari224355413
2.2. Ilmiy tadqiqot metodlariga tavsif berish «Metod» yunoncha metodos sо’zidan olingan bо’lib, «yо’l», tadiq qilish kabi ma’nolarni anglatadi. Ta’lim metodi ta’lim jarayonida о’qituvchi va о’quvchi-talabalarning aniq maqsadga erishishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlaridir
Ilmiy tadqiqot metodlari. Har bir predmet uning metodlari bilan chambarchas bog’langan. Fan metodlari uning metodologiyasiga mohiyati va prinsiplariga bog’liq bo’ladi. Pedagogikaning bunday mustahkam va ishonchli falsafiy asosi dialektik metoddir. Pedagogikaning hodisalarini o’rganish va ularning qonuniyatlarini aniqlash masalasida bir-biriga qarama-qarshi ikkita yo’nalish metofizik va dialektik yo’nalish mavjuddir. Metofiziklar pedagogikaning hodisalari va faktlarini o’zgarmas, vaqt, joy va konkret sharoitlardan tashqari boshqa ijtimoiy hodisalar bilan aloqasi bo’lmagan hodisa sifatida olib qaraydilar. Dialektik metod esa metofizika talqiniga qarama-qarshi o’laroq, o’qitish, bilim berish, tarbiyalash jarayonlarini va ularning mohiyatlarini quyidagicha o’rganishni talab etadi:
1. Ularning umumiy aloqasi bir-birini taqoza etishi va o’zaro ta'sir jarayoni-da bolalarni tarbiyalash, o’qitishning turmush, siyosat, ideologiya, madaniyat, fan, axloq, san'at, ta'lim-tarbiya muassasasi tarmoqlarining va ijtimoiy, maktab va oilaviy tarbiyalarning o’zaro bog’liqligi va boshqalar.
2. Ularning to’xtovsiz harakati, o’zgarishi va taraqqiy etishi jarayonida ijtimoiy va ilmiy vazifalarning tug’ilishi natijasida kelib chiqadigan o’qitish va tarbiyalash vazifalari, forma va metodlarning o’zgarishi; tarbiyalash qisqa muddatli va tez olib boriladigan ish emas, balki qiyin va murakkab jarayondir, bolalarni andoza, universal sxema asosida o’qitish va tarbiyalash mumkin emas.
3. Bolalarning o’sishida miqdor va sifat o’zgarishlari jarayonida har bir maktab yoshining o’ziga xosligi, tarbiya va ta'lim bola shaxsining sifat jihatidan o’sish va tarkib topishi ekanligi, ong va axloqning, so’z va ishning birligi va boshqa mezonlar.
4. Qarama-qarshi tomonlar, an'analar, qarashlar va fikrlarni aniqlash jarayonida, tarbiya va ta'limda, turmush dialektikasida, yangi va eski o’rtasidagi kurash, shaxs va jamoa o’rtasidagi qarama-qarshiliklar va h.
5. Pedagogikaning qonuniyatlarini ob'yektiv o’rganishda dialektika kategoriyalari hodisa va mohiyat, sabab va natija, zaruriyat va tasodif, mazmun va shakl, tarixiy va mantiqiy, umumiy va shaxsiy, asosiy va xususiy, aniq va abstrakt kabi kategoriyalar muhim ahamiyatga egadir. Dialektikaning yuqorida ko’rsatilgan prinsiplari asosidagi pedagogika hodisalari, faktlari va jarayonlarini ilmiy tekshirish, ularning taraqqiy etish qoniniyatlarini bilish mumkin. Binobarin, pedagogik tadqiqot metodlariga ob'yektivlik, o’qituvchilik, pedagogik faoliyatni oshirishga qaratilgan tadqiqot vazifalarining aniqligi, o’quvchilarning yosh xususiyatlarini, bolalar psixologiyasi qonuniyatlarini hisobga olish kabi talablar qo’yiladi. Lekin, bolalarni o’qitish va tarbiyalash amaliyotining o’zi hamma vaqt pedagogik tadqiqotlarning manbai hisoblanadi. Faqat maktab tajribalarigina har bir ilmiy nazariyaning haqqoniyligi hisbolanadi. Tadqiqot metodlarining tanlash fanning o’zi uchun muhim ahamiyatga egadir. Uning metodlari qanchalik mukammal bo’lsa, shu fan oldida turgan aktual vazifalar ham shunchalik muvaffaqiyatli hal etiladi. Hozirgi pedagogik tadqiqotlarning metodlar tizimini to’la hal etilgan deb bo’lmaydi. Pedagogika tajribasini o’rganishda quyidagi metodlar: kuzatish, eksperiment, suhbat, o’quvchilar ijodini o’rganish, tarbiya muassasalari hujjatlarini o’rganish turli xilda qo’shib olib borilishi mumkin.
1. Ilmiy pedagogik tadqiqotning asosiy metodlari kuzatish, suhbat, tekshirish, eksperiment metodlari singari faoliyat natijalarini o’rganishdan iborat.
2. Hozirgi vaqtda quyidagi metodlar asosida ishlaydi. Bular: pedagogik kuzatish, so’rash, o’quvchilar faoliyati natijalari va o’quv-tarbiya muassasalari hujjatlarini o’rganish, pedagogik eksperiment, modellashtirish, ilg’or tajribalarni o’rganish va yoyish, sotsiologik, matematika va statistika materiallarini ishlash kibernetika, anketa, intervyu olish va tasvirga olish singari metodlardan foydalaniladi.
Pedagogik kuzatish murakkab va maxsus xususiyatga ega. Bunda kuzatilayotgan pedagogik hodisaning mohiyatini ko’ra bilish, o’qituvchi va o’quvchi harakatlarining o’zaro aloqasi dialektikasini, ulardan har birining indvidualligini aniqlay olish lozim. Har bir pedagog kuzatuvchan bo’lishi, hodisa va dalillarning tafsilotlarini payqay olishi, ularni tahlil qila bilish qobiliyatiga ega bo’lishi lozim. Kuzatishlar biror maqsadga qaratilgan holda amaliy va tizimli mavzuli yo’lga qo’yilgan bo’lsa, eng kerakli dalillarni, mazkur kuzatishdan o’z vaqtida chiqarilgan pedagogik-psixologik xulosalarni hisobga olgan holda tashkil qilinsa, samarali bo’ladi.
Kuzatish ta'lim-tarbiya jarayonini yaxshilash va takomillashtirish maqsadida olib borilishi mumkin. Masalan, o’qitish jarayonida bolalarning qanday o’sayotganligi, dars jarayonida bilim berish va tarbiyalash vazifalari birligi qanday amalga oshirilayotganligi; fan asoslarini o’rganishda o’quvchilarnig tafakkuri qanday faollashayotganligi va boshqalar aniqlanadi. Ilmiy kuzatishda ba'zan tadqiqotchi chidamsiz, shoshqaloq va sismavzuli ish ko’rmasligi singari holatlarga yo’l qo’yilsa, uning samaradorligi pasayadi.
Suhbat metodi. Ilmiy maqsadda olib boriladigan suhbatning aniq maqsadi, vazifasi, shakli va ularni o’tkazish metodikasi mavjud. Suhbat metodining indvidual, guruhli va jamoa turlari mavjud. Tadqiqotchi suhbat olib borishni va uni kerakli maqsadli tomonga yo’naltira olishi g’oyat muhimdir. Suhbat olib boruvchi quyidagi pedagogik qoidalarga rioya qilishi shart:
1) suhbat savollarini oldindan belgilash;
2) vaqti va joyini belgilash;
3) suhbat ishtirokchilarini belgilash (soni, miqdori);
4) qulay sharoit yaratib ochiq suhbatlashish;
5) suhbatdoshga o’z fikrini aytishga imkon berish;
6) sergak va bachkana bo’lmaslik;
7) suhbatdosh haqida biografik ma'lumotga ega bo’lish;
8) olingan materialni o’z vaqtida ishlab chiqish va qo’shimchalar qilish.
9) suhbatdan ilmiy xulosa chiqarish.
Maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi. Maktab hujjatlarini tahlil qilish davlat qonunlarining amalda bajarilish darajasini, har bir xodimning faolligini aniqlash, ularning amaliy hayot faoliyatidagi kamchilik va xatolarni aniqlashga va ularning topshirilgan ish uchun mas'uliyatini oshirishga imkon beradi. Ular quyidagilar: maktab hujjatlarini rejalashtirishning barcha turlari; umumiy ta'limga doir hisob va hisobot; dars jadvali; o’quvchilar tarkibi soni; sifati; ta'lim-tarbiya ishlarini taqsimlash; o’quvchilarning delolari; sinf jurnallari; o’quvchining kundalik daftarlari; buyruqlar daftarlari; pedagoglar kengashi qarorlari daftari; maktab smetasi; maktab pasporti; inventarlar daftari va h. Hujjatlarni tahlil qilishda o’quvchilar kontingentining o’sishi va kamayishi tavsifiga, bolalarning maktabga ketib qolishiga, ularning ayrimlari va sinf bo’yicha o’zlashtirish darajasiga, rag’batlantirish va jazolash choralarini to’g’ri tashkil qilinishiga, maktab pedagoglar tarkibiga va maktabning o’quv-moddiy bazasiga alohida e'tibor beriladi.
Bolalar ijodini o’rganish metodi. O’quvchilar ijodini hamda ularning turli faoliyati (xatlari, kundaliklari, insho, bayon, chizgan suratlari, bajargan amaliy ishlari, namunalari, rejalari va hisobotlari) ni o’rganish va tahlil qilish pedagogik tadqiqotning samarali metodlaridan biridir. Bolalar ijodining ahamiyati shundaki, unda yosh avlodning tipik layoqati va xususiyatlari aniq ochib beriladi. Bu metodni qo’llashdan asosiy maqsad hozirgi yosh avlod ijodining manbalari va faktorlarini chuqur bo’lishiga hamda rivojlantirish va takomillashtirishning to’g’ri yo’llarini ko’rsatib berishga qaratilgandir. Bizda bolalar ijodi shakllari turlicha: olimpiadalar, mavzutik konkurslar, maktab ko’rgazmalari, turli xil musobaqalar, poxodlar, quvnoq startlar, ziyraklar va topqirlar, iste'dodlar va h.
Eksperiment metodi. Bu so’z lotincha sinab, tekshirib ko’rish, ilmiy maqsadga qaratilgan tajriba ma'nosini anglatadi. Ta'lim-tarbiya ishlarida qo’llaniladigan biror shakl, metod va vositaning foydaliligini aniqlash va tekshirish uchun o’quv yurtlarida o’tkaziladi. Eksperiment metodlari sharoitiga qarab turli xil qo’llaniladi. 1. Tabiiy eksperiment (yaratuvchi, ixtiro qiluvchi eksperimentlar). Ushbu eksperimentning asoschisi rus psixologi A. F. Lazurskiy hisoblanadi. Bu metodda maktab faoliyati, ma'lum ta'lim-tarbiya muammolari asl holda suhbat, kuzatish va anketa asosida o’quvchining o’qish jarayonida, o’z-o’zini nazorat qilishida aniqlanadi. Masalan, maktab internatining tarbiyachilari o’quvchilarning o’zlari haqidagi g’amxo’rligini tabiiy tekshirishda pechda yoqadigan ho’l va quruq o’tin vositasida aniqlangan. Bolalar yashaydigan binoda yaqin joyda ho’l o’tin borligi, uzoqroq joyda quruq o’tindan foydalanishning samarasini tekshirishni ko’rsatish mumkin. Shunday qilinsa, natija haqiqiy bo’ladi. 2. O’quvchilarning ongliligini yaratuvchi eksperiment (tadqiqotchi biror ma'no bo’yicha taxminiy reja asosida o’quvchi faoliyatining o’quv jarayonida o’zini-o’zi nazorat qilish usullari, yo’llari tekshirilib, ma'lum bir ilmiy pedagogik xulosa chiqariladigan tajriba deyish mumkin). Bu metoddan chiqarilgan xulosalar boshqa hamma maktablar hayotiga tadbiq qilinishi uchun nazorat eksperimentidan o’tkazdiriladi. Chiqarilgan pedagogik xulosa esa o’z navbatida mazkur masalani hal qilishning nazariyasi va metodologiyasi bo’lib pedagogika yutug’i hisoblanadi. Eksperiment metodlari o’z mazmuni, turi va xarakteriga ko’ra quyidagi turlarga bo’linish mumkin: didaktik, tarbiyaviy, maktabshunoslik, chog’ishtirma pedagogika va h. Statistika ma'lumotlarini analiz va sintez qilish metodi. Pedagogik tadqiqotning kerakli statistika ma'lumotlari ma'lum bir maqsad bilan sismavzuli o’rganish va umumlashtirishsiz amalga oshmaydi. Chunki bu ma'lumotlar jamiyatimizda madaniyat, fan, tarbiya va ta'limning barq urib taraqqiy etish qonunlarining rivojlanishida muhimdir. Xalq maorifi budjetining oshishi, o’quv yurtlarida bolalar sonining ko’payishi, maktabdan tashqari tarmoqlarning kengayishi, darsliklar, ko’rgazmali qurollar, texnika vositalarinig ortishi, o’qituvchi kadrlar tayyorlash kabilar statistika ma'lumotlari bilan isbotlanadi. Anketa metodi. Anketa fransuzcha so’z bo’lib, tekshirish degan ma'noni anglatadi. Anketa metodi o’quvchilardan so’rash metodi bo’lib, u o’quvchilar tarkibining sifati to’g’risida kerakli ma'lumotlarni olish uchun, ularning fikrlari va qarashlarini aniqlash uchun, shuningdek, kasbga yo’llashni belgilash uchun ma'lum bir shaklda o’tkaziladi. Bu metodni qo’llashda quyidagi talablarga amal qilish kerak: 1. Anketalar o’quvchilarning pedagogik va ruhiy tavsifini tuzishning manbai va universal vositasiga aylantirmasligi kerak. 2. Anketalar juda katta va noaniq bo’lmasligi kerak. 3. Anketani o’tkazishda bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish va unga ajratilgan vaqt normada bo’lishi kerak va h.