T oshkent “ Himoyaga ruxsat etilsin” amaliy fanlar fakultet dekani universiteti


Maktabgacha pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi



Yüklə 89,28 Kb.
səhifə4/9
tarix24.12.2023
ölçüsü89,28 Kb.
#191040
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Maktabgacha ta’lim tarbiya fanining ilmiy-tadqiqot metodlari224355413

1.2. Maktabgacha pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
Ijtimoiy tarbiya mohiyatini ilmiy jihatdan asoslash ma'lum pedagogik hodisaning muayyan vaziyatlarda namoyon bo’lish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi. Bizga ma'lumki, pedagogik hodisa murakkab tuzilmaga ega bo’lib, uning umumiy mohiyatini to’laqonli anglash uchun bir qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi. Ana shu nuqtai nazardan maktabgacha pedagogika fani bilan quyidagi fanlar o’rtasida yaqin aloqadorlik mavjud:
1. Falsafa – shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan pedagogik g’oya, qarash hamda ta'limotlarning falsafiy jihatlari kabi masalalarni tahlil etishga imkon beradi.
2. Iqtisod – maktabgacha ta'lim muassasalarining faoliyatini yo’lga qo’yish, o’quv binolarini qurish, ta'lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnika va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash kabi masalalarning iqtisodiy jihatlarini anglashga xizmat qiladi.
3. Sotsiologiya – ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etish shartlari xususida ma'lumotlarga ega bo’lish asosida ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o’zaro munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi.
4. Etika – shaxs ma'naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar, axloqiy ong va ma'naviy-axloqiy madaniyatni tarbiyalashda muhim o’rin tutuvchi nazariy g’oyalarni pedagogik jarayonga tatbiq etishda alohida o’rin tutadi.
5. Estetika – shaxs tomonidan go’zallikning his etilishi, unga intilishi, shuningdek, unda estetik didni tarbiyalashda muhim yo’nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi.
6. Fiziologiya – o’quv-tarbiya jarayonida bolalarning fiziologik, anatomik xususiyatlarini inobatga olinishi uchun boshlang’ich asoslarni beradi.
7. Gigiyena – bolalarning salomatligini muhofazalash, ularning jinsiy jihatdan to’g’ri shakllantirishda nazariy va amaliy g’oyalari bilan yordam beradi.
8. Psixologiya – shaxsda ma'naviy-axloqiy, ruhiy-intellektual, hissiy-irodaviy sifatlarni tarkib toptirish uchun zamin yaratadi.
9. Tarix – maktabgacha pedagogika fani taraqqiyoti, ta'lim-tarbiya jarayonlarining dinamik, dialektik xususiyatlarini inobatga olish, shuningdek, xalq maktabgacha pedagogikasi g’oyalarini kelgusi avlodga uzatish uchun yo’naltiriladi.
10. Madaniyatshunoslik – bolalarda insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma'naviy madaniyat asoslari haqidagi tasavvurni shakllantirish, ularda madaniy xulq-atvor xislatlarini tarkib toptirish uchun xizmat qiladi.
11. Tibbiy fanlar – shaxsning fiziologik-anatomik jihatidan to’g’ri rivojlanishini ta'minlash, uning organizmida namoyon bo’layotgan ayrim nuqsonlarni bartaraf etishga amaliy yondashuv, shuningdek, nuqsonli bolalarni o’qitish hamda tarbiyalash muammolarini o’rganishda ko’maklashadi.

Yüklə 89,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin