T oshkent “ Himoyaga ruxsat etilsin” amaliy fanlar fakultet dekani universiteti


Pedagog – tarbiyachining bolalar bilan ish olib borishida nutq madaniyatining ahamiyati



Yüklə 74,79 Kb.
səhifə10/15
tarix19.12.2023
ölçüsü74,79 Kb.
#185616
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan órni

2.2 Pedagog – tarbiyachining bolalar bilan ish olib borishida nutq madaniyatining ahamiyati
Nutq madaniyati — ijtimoiy madaniyatni, kishilik jamiyati madaniyatini aks ettiruvchi bir ko'zgudir. Nutq madaniyatiadabiy tilning har ikki shakli — yozma va og'zaki shakli uchun zarurdir. Nutq madaniyatiga e'tibor yolg'iz tarbiyachilardan emas, balki har bir fuqarodan ongli ravishda o'zlashtirish talab qilinadigan insoniy fazilatlardan biridir. Uni egallash har bir tarbiyachining va shaxsning madaniy saviyasi va bilimiga bog'liq. Tarbiyachi pedagogik mahoratida nutq madaniyati,
uning nafaqat ma'naviy va axloqiy jihatdan boyligini, balki bilimini, tafakkurini, ilmiy dunyoqarashini, fikr va mushohada yuritishini belgilovchi me'yordir. Tarbiyachining nutq madaniyati birdaniga shakllanib maromiga yetadigan jarayon emas,u pedagogik mahorat bilan, kasb faoliyati davomida, tajribali ustozlar o'giti natijasida yillar davomida takomillashib, sayqallanib boraveradi. Tarbiyachining nutqiy qobiliyati madaniy, kasbiy, pedagogik talablar asosida shakllanib boradi. Uni rivojiantirish faqat tarbiyachining shijoatiga bog'liq, Shu qobiliyat tufayli tarbiyachining nutq madaniyati ham shakllanib boradi.
Mashg’ulotda tarbiyachi o’z ovozidan qurol sifatida foydalanishi mumkin. Sekin, tinch ovoz bolaga yaxshiroq ta`sir etishini pedagog bilishi zarur. Bolaga qattiqroq va qat`iy tapirish mumkin, ammo bunda so’z ohangi bolaga tinchlantiruvchi ta`sir etishi lozim.
Quyidagi tarbiyachining nutq madaniyatiga xos bo'lgan vositalarni pedagog-tarbiyachi unutmasligi kerak:
1. Nutq madaniyati tarbiyachining ma'naviy-axloqiy kamoloti tarkibiy qismidir. Zero nutq, millatimiz erishgan madaniyat darajasini ko'rsatuvchi, o'z ona tilimizga e'tiqodni namoyish etuvchi yorqin va ishonchli dalildir.
2. Nutq madaniyati tarbiyachilarni ma'naviy va madaniy saviyasi bilan hamda adabiy tilni mukammal bilishi bilan boshqa kasb egalaridan ma'lum ma'noda ajratib turadi.
3. Nutq madaniyatining pirovard maqsadi erkin fikr egasi
bo'lgan barkamol avlodni qanday kasb egasi bo'lib yetishishidan qat'iy nazar
ma'naviy jihatdan tarbiyalash.
4. Nutq madaniyati — bu, avvalo, tarbiyachilarda nutqiy ko'nikma va nutqiy malakalarni hosil qiladi. Bu ko'nikma pedagogik faoliyatda takomillashib boradi, maxsus mehnat va mashqlar evaziga malaka oshiriladi hamda erishilgan muvaffaqiyatlar tufayli qobiliyat va mahorat shakllanadi.
5. Nutq madaniyatiga o'zbek adabiy tilini mukammal egallash asosida erishiladi. Buning uchun tarbiyachi adabiy til qonuniyatlarini bilishi, badiiy adabiyot asarlarini doimiy o'qib borishi, she'rlar yod olishi va uni ifodali o'qiy olishi, radio va televideniye eshittirishlarini kuzatib borishi lozim.
6. Nutq madaniyatini egallashning yana bir ko'rinishi nutqiy taqlid bo'lib, yosh tarbiyachilar o'zidan yaxshiroq, chiroyliroq, ma'noli va ta'sirchan nutq so'zlaydigan ustoz-murabbiylarning nutqiy san'atiga havas bilan qarashi va taqlid qilishi asosida
o'rganishi mumkin.
Tarbiyachining pedagogik faoliyatida nutq texnikasini mukammal egallash muhim ahamiyatga ega. Zero, nutq vositasida o'qituvchi bolaning his-tuyg'ularini uyg'otadi, o'quvchilar bilan ongli muloqotni ta'minlaydi, ta'lim-tarbiyaga oid ma'lumotlarni tahliliy idrok etadi. Buning uchun bo'lajak o'qituvchi, avvalo, nutq sirlarini, uning o'quvchilar bilan bo'ladigan muloqotda ta'sir kuchini puxta bilishi kerak.

Yüklə 74,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin