Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib va tadqiqot natijalariga tayangan holda quyidagi xulosalaraga kelindi: Bolani tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab faoliyat bo’lib, juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgan. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tizimli tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi.
Zero, tarbiyachi yosh avlod qalbi kamolotining me’mori, yoshlarga ta’lim-tarbiya beruvchi insondir. Bugungi kunda u yosh avlodni g’oyaviy-siyosiy jihatdan chiniqtirib tabiat, jamiyat, ijtimoiy hayot, tafakkur taraqqiyoti qonuniyatlarini o’rgatadi, bolalarni bolalik chog’idan mehnat faoliyatiga tayyorlab, uning sirlarini puxta egallashlarida ko’maklashadi va jamiyat uchun muhim bo’lgan ijtimoiy–iqtisodiy vaziyatlarni hal etadi. Hozirgi zamon tarbiyachisi o’z mutaxassisligiga oid bilimlar bilan birga, pedagogik va psixologik bilimlarni hamda turli fan yo’nalishlari bo’yicha maxsus bilimlarga ega bo’lgan, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarni egallagan, ta’lim muassasalarida faoliyat ko’rsatuvchi shaxsdir.
O‘qituvchilik kasbi murakkab faoliyat bo‘lib, u bir tomondan, ijtimoiy buyurtma bajarilishini, ikkinchi tomondan, tahsil oluvchilarning individual xususiyatlari va shart-sharoitlarini, uchinchidan esa mustaqil holda ijodiy ish ko‘rishni talab etadi. Ta’lim-tarbiya muassasalari oldiga qo‘yilgan ijtimoiy buyurtmaning natijalariga o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarlik darajasi, g‘oyaviy e’tiqodi, mustaqil va ijodiy ishlay olish qobiliyati, kasbi va bolalarni sevishi hamda qadrlashiga bevosita bog‘liq.
Muvofiqlashtiruvchi ta’limning ijobiy jihatlari bilan bir qatorda, jiddiy kamchiliklar ham mavjud. Bolalar maktabgacha ta’lim muassasasiga kun davomida emas, balki muayyan mashg’ulotlarda qatnashish shanba va yakshanba kunlarigina kelish, faqatgina savodxonlik saboqlarini olish imkoniyatlariga ega bo’lsalar, ularning jismoniy kamol topishi, salomatlikka g’amho’rlik qilish, aqlan va ma’nan rivojlanishni ta’minlash, mutasaddilar tomonidan rahbarlik va nazorat qilish mexanizimi ishlab chiqilishi kerak.