T oshkent “ Himoyaga ruxsat etilsin” amaliy fanlar fakultet dekani universiteti



Yüklə 74,79 Kb.
səhifə2/15
tarix19.12.2023
ölçüsü74,79 Kb.
#185616
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan órni

Foydalanilgan adabiyotlar........................................................................................


KIRISH
Muammoning dolzarbligi. Jamiyatimizning taraqqiy etishi, ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish, jahon hamjamiyatiga qo`shilishini ta'minlaydigan huquqiy demokratik davlat qurishni etuk va malakali yoshlarsiz hal etib bo`lmaydi. Shu bois respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va vazifasi inson va uning har tomonlama o`sib ulg`ayishi, kamol topishi, farovonligi, shaxs manfaatlarini ro`yobga chiqarishning sharoitlarini, ularning ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o`zgartirishga qaratiladi.
Hozirgi davrda har tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyalashning maqsad va vazifalari manaviy boylik, axloqiy poklik, jismoniy mukammallikni o`zida mujassamlashtirgan ijtimoiy faollikni tarbiyalashni taqozo etadi. Shu jihatdan olib qaralganda maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'lim tizimida muhim o`rin tutadi. Maktabgacha ta'lim – bola tug`ilganidan to etti yoshgacha har tomonlama tarbiya berish qonuniyatlarini, maktabgacha ta'lim muassasa sharoitida talim-tarbiya ishini tashkil etishning mazmuni, metodi va shakllarini o`z ichiga oladi.
Tarbiyachi yosh avlodimizni xalqimizning munosib farzandlari qilib tayyorlashdek muhim, faxrli ish bilan birga ma'suliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq hamda jamiyat oldidagi o'z ma'suliyatini anglashga, ta'lim-tarbiya vazifalarini ijodiy yondashishga, o'z mahoratini doimo takomillashtirib borish va ishdagi o'rtoqlarini o'sishiga yordam beradi.
Demak, tarbiyachi avvalo, bilimli bo'lishi, o'zi yashab turgan ulkan hayotini bilishi, tabiat va jamiyatning qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoiy faol bo'lishi, umumiy va maktabgacha tarbiya pedagogikasini, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini egallasi va bolalarning yosh xususiyatlarini bilishi kerak.
Shuningdek pedagogik tarbiyachining hodisalarni tahlil qilishga ilmiy nuqtayi nazardan yondashuvi bolani har tomonlama rivojlantirish muvaffaqiyatini amalga oshirishga imkon beradi. Mustaqillik munosabati bilan respublikamiz rahbariyati tarbiyachilarning faoliyatini yuqori baholamoqda. Yosh avlodni komil inson qilib,kamolot sari yetaklashdagi erishgan yutuqlari uchun va tarbiyachilar,metodist,katta,metodist tarbiyachi va boshqa shunga òxshash unvonlar bilan taqdirlanadilar. Ularga respublika miqyosidagi unvonlar beriladi. Oʻsib kelayotgan yosh avlodni bilimlar bilan qurollantirish milliy qadriyatlarimiz ,ma'naviyatimizni tiklash jahon madaniyati,milliy madaniyatimiz durdonalari bilan tanishtirish,ularni jismoniy sogʻlom ma'naviy yetuk qilib tarbiyalashdek vazifalar qoʻyildi. Davlat ahamiyatiga molik bunday vazifani amalga oshirishda umumtaʼlim maktablari bilan bir qator xalq ta'limining boshlangʻich boʻlimi boʻlgan bolalar bogʻchalari muhim rol oʻynaydi. Buning uchun har bir tarbiyachi oʻzini talabchanligini oshirishi kerak.
“O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi”da esa “...maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish” masalasi ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilab qo‘yildi”.1 Prezidentimiz SH.Mirziyoev tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlar uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini sanalmish maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalarining davlat hamda nodavlat tarmog‘ini kengaytirish, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlashda dasturilamalga aylandi.
Ayni paytda, Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil etilishi, maktabgacha ta’lim yo‘nalishi uchun qabul kvotasining oshirilishi, soha mutaxassislarini tayyorlash borasida oliy ta’lim zimmasiga bir qator muhim vazifalarni yuklaydi va tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqishni taqazo etadi2.

Yüklə 74,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin