Yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko‘nikmalardan xabardor qilish uchun tarbiyachi nutq madaniyatiga ega bo‘lishi va uning nutqi quyidagi xususiyatlarda aks ettira olishi kerak.
Nutqning aniqligi.
Nutqning irodaviyligi.
Nutqning sofligi (uning turli sheva so‘zlaridan xoli bo‘lib), faqat adabiy tilda ifoda etish, jargon (muayyan kasb yoki soha mutaxassislarga xos so‘zlar), varvarizm (muayyan millat tilida bayon etiladigan nutqqa o‘zga millatlarga xos so‘zlarning o‘rinsiz qo‘llanilishi), vulgarizm (harakat qilish, so‘kishda qo‘llaniladigan so‘zlar) hamda konselyarizm (o‘rinli bo‘lmagan vaziyatlarda rasmiy nutqda so‘zlash) so‘zlaridan xoli bo‘lishi va pedagogning nutqi sodda, ravon va tushunarli bo‘lishi kerak.
O'zbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan ulkan islohotlarning muvaffaqiyatiga, eng avvalo, odamlarning o'z ishlariga mas'uliyat bilan qarashlariga, kundalik mehnat faoliyatida mamlakat taraqqiyotiga hissa bo'lib qo'shiladigan savobli ishlarni qila olishlariga bog'liq. Jamiyatda pedagog (o'qituvchi, tarbiyachi) birinchidan, o'sib kelayotgan avlodni tarbiyalash, ikkinchidan mehnatkash xalqimizga har tomonlama bilim berishdek savobli va mas'uliyatli vazifalarni bajaradi. Maktabgacha pedagogika fani - bu kelajak, istiqbol uchun meros qilib qoldiriladigan boylikdir. Bu boylikning qadr-qimmati shu qadar buyukki, u odamni ma'naviy jihatdan boy qilib, qalbini baxtga, ilohiy nurga to'ldiradi. Dunyoda biror kimsa yo'qki, uning ustozi bo'lmasa. U hukumat rahbarimi, buyuk allomami, shifokormi, xalq mehrini qozongan yozuvchimi yoki qo'li gul kosibmi, qo'yingki, barcha-barchaning o'z ustozi va hayot yo'lini charog'on etib turuvchi yo'lboshchisi bo'ladi.
Ustozning eng buyuk burchi - xalqqa nafi tegadigan, aqlidrokli, qobiliyatli, uquvli shogirdlar tayyorlashdir.
Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim va faxrli shu bilan birga mas'uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq va jamiyat oldidagi o'z mas'uliyatini anglashga ta'lim - tarbiya ishlarini hal etishga ijodiy yondashishga o'z mahoratini doimo faollashtirib borish va hamkasblarning ishdagi o'sishiga ko'maklashuviga yordam beradi. Tarbiyachi o'zi yashab turgan o'lka hayotini bilishi tabiat va jamiyat omillarini tushunishi uchun ijtimoiy faol bo'lishi kerak.
Respublikamiz rahbariyati pedagoglar faoliyatini yuqori baholamoqda. Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov (1996-yil 9-yanvardagi) Farmonigabinoan «1-oktyabr Maktabgacha ta'lim xodimlari - o'qituvchi murabbiylar kuni» deb e'lon qilindi. Bu voqea davlatimizni o'qituvchilarni jamiyatda tutgan o'rni naqadar yuksakligidan dalolat beradi. Yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashda erishgan yutuqlari uchun, pedagog ishidagi ijodiy mehnatlari uchun, ilg'or tajribalarni umumlashtirishda erishgan yutuqlari uchun o'qituvchi, tarbiyachilar «Metodist o'qituvchi», «Katta o'qituvchi», «Metodist - tarbiyachi», «Xalq maorifi a'lochisi» va shu kabi sharafli unvonlar bilan taqdirlanadilar. Maktabgacha ta'lim xodimlari orasidan respublika bo'yicha deputatlar saylanishi ham ularga bo'lgan chuqur hurmat-ehtiromni bildiradi.O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan jumhuriyatimizda pedagog xodimlarning oylik maoshlari yildan-yilga oshirilib, turmush sharoitlari yaxshilanib kelinmoqda.Pedagog xodimlar malakasini oshirish ilmiy-metodik markazlari kengaytirilmoqda, ularning siyosiy tayyorgarligiga talab kuchaytirilmoqda, har 4-yilda qayta tayyorlashdan o'tishlari uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda. ning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta'sirini, nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz kelajagini hal qiladigan o'qituvchi va murabbiylar mehnatini hech narsa bilan o'lchab, qiyoslab bo'lmaydi" degan edi.
Mamlakatimizning kelajagi, mustaqil O'zbekistonning istiqboli, ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati ko'p jihatdan tarbiyachi-o'qituvehiga, uning saviyasiga, tayyorgarligiga, fidoyiligiga, yosh avlodga ta'lim berish va barkamol inson darajasida tarbiyalab, voyaga yetkazishga nisbatan shijoatiga bog'liq.
Ma'lumki, ta'lim muassasalarida tarbiyaviy jarayon bevosita o'qituvchi tomonidan tashkil qilinadi va olib boriladi. Yangicha ijtimoiy sharoitda ta'lim-tarbiyadan ko'zda tutilayotgan maqsadlarga erishish, o'quvchilarning dars va darsdan tashqari xilma-xil tarbiyaviy faoliyatlarini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e'tiqodli,
vatanparvar, mehnatsevar, barkamol inson qilib o'stirish va kasbga yo'naltirish o'qituvchilar zimmasigayuklatilgan, O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov o'qituvchidagi tarbiyachilik qobiliyatining asosiy mohiyatini shunday ta'riflaydi: «Tarbiyachi - ustoz bo'lish uchun, boshqalarning aql-idrokini o'stirish, ma'rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining o'zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday. buyuk Fazilatlarga ega bo'lishi kerak». Demak, o'z faoliyatini endigina boshlayotgan o'qituvchilar va doimiy izlanishda bo'lgan tajribali o'qituvchilar ham tarbiyachilik mahoratiga zamin yaratuvchi quyidagi jarayonlarni bilishi kerak:
- har qanday pedagogik vaziyatlarda o'quvchining ichki va
tashqi dunyosini to'g'ri tushunish malakasi;
- pedagogik vaziyatlarni to'g'ri idrok qilish uchun diqqatni jamlash;
- tarbiyalanuvchilarga ishonch va talabchanlik;
- tarbiyaviy vaziyatni har tomonlama puxta baholay olish qobiliyati;
- xilma-xil pedagogik taktlardan o'zi uchun eng muhimini ajrata olish qobiliyati;
- ziddiyatli tasodifiy holatlarda ikkilanmasdan to'g'ri qaror qabul qilish;
- tarbiyada ta'sir etishning turli usullaridan foydalana olish qobiliyati;
- fikr va mulohazalarini so'z bilan, mimika va pantomimik harakatlar bilan o'quvchi ongiga aniq yetkaza olish;
- dars va darsdan tashqari faoliyatda o'quvchilar bilan kommunikativ aloqa o'rnata olish qobiliyati;
- o'quvchilar ongida erkinlik va tashabbuskorlikni, o'z fikr mulohazalarini qo'rqmasdan bayon qilish ko'nikmalarini tarbiyalash;
- qiyin holatlarda o'quvchilarga yordam bera olish; tarbiyaviy tadbirlarni o'tkazishda o'quvchilar jamoasi bilan doimo maslahatlashish;
- o'tkazilayotgan tarbiyaviy tadbirlar yuzasidan bolalarning fikrlarini o'rganish;
- o'z-o'zini boshqarishning turli shakllaridan unumli foydalanish;
- har bir bolalarning yashirin ijobiy fazilatlarini ko'ra olish va takomillashtirish;
- bolalarning ijtimoiy kelib chikishiga qarab toifalarga ajratmaslik, bir xil munosabatda bo'lish.
Tegishli ma'lumotli, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo'lgan shaxslar pedagoglik faoliyati bilan shug'ullanish huquqiga ega deyiladi «Ta’lim to‘g'risida»gi Qonunning 5-moddasida.
Pedagog-tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o'yinlarda, mashg'ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida va ular bilan bo'ladigan muomalada ta’sir ko'rsatadi. U har bir bolani diqqat bilan o'rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedagogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning xulq-atvorini, ish natijalarini haqqoniy baholashi kerak, ularga o'z vaqtida yordam ko'rsata olishi, oiladagi ahvoli bilan qiziqishi zarur. Hozirgi zamon tarbiyachisining asosiy fazilatlaridan biri o'z kasbiga sadoqatliligi, g'oyaviy e'tiqodliligi o'z kasbini sevishi va bu kasbga bo'lgan cheksiz sadoqati o'qituvchi - tarbiyachi boshqa kasb egalaridan ajratib turadi. Pedagog-tarbiyachi shaxsiga qo'yiladigan muhim talablaridan biri shuki, u o'z predmetini, uning metodikasini chuqur o'zlashtirgan boTishi zarur. Bu pedagog-tarbiyachining obro'sini ko'taradi. Tarbiyachi kasbiga xos bo'lgan muhim fazilatlaridan, talablaridan biri bolalarni sevish ularning hayoti bilan qiziqish har bir shaxsni hurmat qilishdan iborat. Bolani sevgan butun kuch va bilimini bolalarni kelajagi buyuk vatanga sodiq fuqaro qilib tarbiyalashga safarbar qila oladigan odamgina haqiqiy tarbiyachipedagog bo'la oladi. Bolalarni sevish - pedagogning murakkab mehnatini jozibali va yengil qiladi. Tarbiyachining bolalar-104 ga munosabati pedagogikada tarbiyalanuvchi shaxsga hurmat, unga talabchanlik bilan bir qatorda turadi. Bu munosabat bolada pedagogga nisbatan ishonchni uyg'otadi, o'qituvchiga bolalarni chinakam ma'naviy murabbiysi bo'lishga imkon beradi.[18]
Tarbiyachi maktabgacha yoshidagi bolalarga tabiat, jamiyat hodisalari, kattalarning
mehnati haqida boshlang'ich bilim va tushunchalar beradi, ularga madaniy axloq, o'z tengdoshlari va kattalar bilan madaniyatli manosabatda bo'lish odatlarini singdiradi, yaxshilik, haqiqatgo'ylik, adolat, jasurlik, kamtarinlik, kattalarga hurmat bilan qarash, tabiatga qiziqish, kuzatuvchanlik, o'simlik va hay vonlarga g'amxo'rlik bilan qarash, mehnatsevarlik, kattalar mehnati natijalarini asrab-avaylash kabi axloqiy sifatlar tarbiyalaydi.Xalq san'ati, musiqa, ashula, adabiyot, tasviriy san’atni bilish, san'atga muhabbat tarbiyachini madaniyatli qiladi, bolalar bilan olib boradigan ishida yordam beradi. Pedagog kerakli bilim, malaka va ko'nikmalarni ma’lum bir izchillik bilan egallab borsagina bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim berish ishida yaxshi natijalarga erishadi. Tarbiyachi o'z kasbining mohir ustasi bo'lish uchun maxsus tayyorgarlik ko'rishi kerak. U quyidagi shartlarga amal qilishi kerak:
1. Pedagog yosh avlodni tarbiyalash uchun yuqori ma'lumotli, kerakli bilimlarni egallab, kerakli adabiyotlarni tanlay oladigan, ilmiy adabiyotlar bilan ishlay oladigan, ilg'or tajribali pedagoglarning tajribasini o'rganib, o'z ishiga tatbiq
eta oladigan bo'lishi;
2. Pedagog bolalarni kuzata oladigan, ularning xulqi, xattiharakati sabablarini to'g'ri tahlil qilib, unga ijobiy ta'sir etuvchi vositalarni topa olishi;
3. Yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko'nikmalardan xabardor qilish uchun pedagogning nutqi ravon, aniq, mantiqiy, ixcham bo'lishi lozim. Ta'lim berishda texnikaviy vositalardan samarali foydalana olishi kerak. Bolalar bilim, malaka,
ko'nikmalarni yaxshi o'zlashtirib olishlari uchun ularni faollashtirib savollardan foydalanishi;
4.Tarbiyachi o'ziga yuklangan vazifani bajarish uchun bolalarda o'sha faoliyatiga nisbatan qiziqish uyg'ota olish, ularning diqqatini jalb qilib, faolligini o'stirish, bolalarning xulqini, xatti-harakatini haqqoniy baholay olishi;
5. Har bir faoliyat uchun kerakli materiallarni oldindan tayyorlab qo'yishi;
6. Kun tartibini to'g'ri tashkil eta bilishi, bolalar jamoasiga undagi har bir a'zoni e'tiborga olgan holda rahbarlik qila bilish;
7. Bolalarning ruhiy va jismoniy holatini aniqlay bilishi va buni bolalar bilan amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiyaviy ishlarida e'tiborga olishi;
8. Tarbiyachi ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbatIar, uchrashuvlar o'tkazib, axborot almashtirib turishi;
9. Pedagog bolalarga nisbatan xayrixohlik munosabatda bo'lishi, har bir bola uchun qulay sharoit yaratishi, xafa bo'lsa ovuntira olishi;
10. Kun tartibida olib borgan ta'lim-tarbiya ishini tahlil qila bilishi va uni yanada yaxshilash yo'llarini topa olishi kerak.Eng muhimi - tarbiyachi bolalarga ishonch bilan qarashi, ularning mehnatsevarligi, mustaqilligi, tashabbuskorligini to'g'ri taqdirlashi va mustaqil faoliyat qilishlari uchun imkoniyat yaratishi kerak. Buni bolalar yuqori baholaydilar.
Dostları ilə paylaş: |