XULOSA Xulosa qilib aytganda tarbiyachilarning jamiyatda tutgan o`rni beqiyosdir. Chunki ular ertamiz egalari bo`lgan bolalarga ilk bilim va ko`nikmalarni shakllantiradi. Shu sababli hozirgi kunda maktabgacha ta`lim tizimiga alohida e`tibor berilmoqda. Biz bo`lajak tarbiyachilar hozir yosh avlodga qanday darajada bilim ko`nikmalarni shakllantirsak kelajakda ular o`z o`rnini topishda shuncha qiynalmaydilar.
Bugun yangicha qiyofa kasb etgan, zamon talablari darajasida ta'mirlangan, eng so’nggi rusumdagi o’quv jihozlari bilan jihozlangan MTT lar orzu emas ayni haqiqatdir.
Mamlakatimiz ravnaqi va islohotlarning muvaffaqiyati ko’p jihatdan xalqning bilim darajasi va dunyoqarashiga bog’liq. Shaxsning ta'lim-tarbiya sohasidagi faolligi, uning chinakam fuqaroviy munosabati. demokratik isloqotlarga intiluvchanligi belgilangafl maqsadlarga tezroq erishishning muhim omilidir. Prezidentimiz ta'kidlaganidek, "Ta'lim-tarbiya - ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta'lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa biz ko’zlagan oliy maqsad - ozod va obod jamiyatni barpo etib bo’lmaydi". Chindanda o’z ertangi kelajagiga befarq bo’lmagan millat, yorug’ va farovon kunlarini uning egalari bo’lmish yosh avlod istiqbolida ko’rgan millat ta'lim- tarbiyaga alohida e'tibor qaratadi.
Istiqlol yillarida Prezidentimiz tashabbusi bilan avvalo ertangi kun egalari bo’lgan yosh avlod istiqboli, ta'lim-tarbiyasiga mas'ul bo’lgan ustoz va murabbiylar kasbiga bo’lgan munosabat o’zgardi. Jamiyatda bu sharafli va o’z navbatida o’ta mas'uliyatli kasb egalariga nisbatan yuksak hurmat va e'tibor davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan.
Mamlakatimiz ta'lim tizimida uzoqni ko’zlab olib borilayotgan islohotlar bugun nafaqat jamoatchiligimiz, balki butun jahonda ham katta e'tibor bilan e'tirof etilmoqda.
Bugungi kunda yangi ta'lim tizimi faoliyatini takomillashtirish va barqarorlashatirish hamda fuqarolarning bilim olish huquqlarini ta'minlashda rivojlangan xorij davlatlarining tajribasi bilan bir vaqtda Sharqdagi mutafakkir ajdodlarimizning bebaho meroslaridan ham foydalanish taqozo etiladi.