T. S. Malikov moliya



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

8.5. O‘zaro fondlar
Bir guruh investorlar tomonidan sotib olinadigan va 
professional investitsiya kompaniyasi yoki boshqa biror 
moliya muassasasi tomonidan boshqariladigan aksiyalar, 
227 
Pensiya ta’minoti borasida mamlakatimizda qanday muammolar 
bor? Ular qanday sabablarga ko‘ra vujudga kelmoqda? Bu borada mavjud 
muammolarni, Sizning fikringizcha, qanday qilib hal qilish mumkin? Nega 
aynan shunday xulosaga keldingiz? Pensiya fondi daromadlari va xarajat-
larining ko‘lami to‘g‘risida tasavvurga egamisiz? Hamma vaqt ham uning 
daromadlari xarajatlarini qoplashga yetarli bo‘layaptimi?


Moliya
161
obligatsiyalar va boshqa aktivlarning (birgalikda ular “in-
vestitsiya portfeli”, deb ataladigan aktivni tashkil etadi-
lar) tashkiliy shakllantirilgan to‘plami o‘zaro fond (mutual 
fund), deb ataladi. Bunda har bir mijoz fonddagi har qan-
day daromad taqsimotida o‘zidagi qimmatli qog‘ozlar miqdo-
riga proporsional ravishda ma’lum ulushga ega bo‘lish 
huquqini qo‘lga kiritadi va o‘z ulushini istagan vaqtida bo-
zor bahosida sotishi mumkin.
Bunday fondni boshqaradigan kompaniyahar bir inves-
tor ixtiyorida qancha miqdorda qimmatli qog‘oz borligini va 
u fond qoidalariga muvofiq olingan daromadning qancha 
qismini qayta investitsiya qilishini nazorat qiladi. O‘zaro 
fondlar kapital bo‘linishini, hisob olib borilishini va daro-
mad qayta investitsiya qilinishini, shuningdek, mablag‘lar 
va risklar diversifikatsiya qilinishi uchun samarali mab
-
lag‘larni ta’minlaydi. 
O‘zaro fondlarning ikkita asosiy turi mavjud: ochiq va 
yopiq. Ochiq turdagi o‘zaro fondlar o‘zlari emissiya qilgan 
aksiyalarni bir aksiya hisobidan sof aktivlar bahosi (NAV – 
net asset value) bo‘yicha sotish va sotib olish majburiyatini 
o‘z zimmalariga oladilar. NAV ko‘rsatkichini hisoblab chiqish 
uchun fond portfelidagi barcha qimmatli qog‘ozlarning bozor 
qiymati ular muomalaga chiqargan barcha aksiyalar soniga 
bo‘linadi. Oxirgi ko‘rsatkich ochiq turdagi fondlarda uning 
ishtirokchilari fondning yangi aksiyalarini sotib olishlari va 
eskilarini sotishlari sayin har kuni o‘zgarib turadi.
Yopiq turdagi fondlar bir aksiya hisobidan sof aktivlar 
bahosi bo‘yicha o‘z aksiyalarini sotmaydilar va emissiya qil-
maydilar. Bunday fondlarning aksiyalari boshqa oddiy aksi-
yalar singari brokerlar orqali sotiladi va ularning bahosi bir 
aksiya hisobidan sof aktivlar bahosidan farq qiladi
228

228
Bayon qilinganlardan kelib chiqqan holda bozor iqtisodiyoti sharoit-
ida moliyaviy vositachilarning bir ko‘rinishi sifatida “O‘zaro fondlar”ning 
mamlakatimizdagi ahvoliga baho bering. Ularning ko‘lami qanday? “O‘za-
ro fond” nomiga munosib bo‘lgan va mamlakatimizda muvaffaqiyatli tarz-
da faoliyat ko‘rsatayotgan qanday fondlarni bilasiz? O‘zaro fondlar kapital 
bo‘linishini, hisob olib borilishini va daromad qayta investitsiya qilinishini, 


162

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin