T. S. Malikov moliya


T.S.Malikov, N.H.Haydarov



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

T.S.Malikov, N.H.Haydarov
8.6. Investitsion banklar
Investitsion banklar (investment banks) – bu shunday 
firmalarki, ularning asosiy vazifasi xususiy kompaniyalar, 
hukumat va boshqa tashkilotlarga o‘z faoliyatini moli-
yalashtirish uchun zarur mablag‘larni jalb qilishda yordam 
berishdan iborat. Shu maqsadda investitsion banklar o‘z 
mijozlarining qimmatli qog‘ozlari chiqarilishini tashkil eta-
dilar. Bundan tashqari ular ba’zida hatto firmalar qo‘shi­
lishiga yoki bitta firma boshqasi tomonidan “yutib yubori­
lishi”ga ta’sir ko‘rsatadilar (imkoniyat yaratadilar).
Investitsion banklar ko‘pincha 
anderrayting
yoki o‘zlari 
bozorda joylashtiradigan 
qimmatli qog‘ozlarga obuna
bilan 
shug‘ullanadilar. Anderrayting mohiyatan emitent uchun 
o‘ziga xos sug‘urta hisoblanadi, chunki investitsion bank 
emitentning chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarini kafolatli joy-
lashtirish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Agar qimmatli 
qog‘ozlar tashqi investor tomonidan sotib olinmasa, u holda 
investitsion bank shu qimmatli qog‘ozlarni emitentdan ol-
dindan belgilangan narxda, ya’ni kafolatlangan narxda sotib 
oladi
229
.
Ko‘p mamlakatlarda universal banklar Amerika inves-
titsion banklari vazifalarini bajaradilar, ammo AQShda 
1933-yilda qabul qilingan Glass-Stigal (Glass Steagall Act) 
qonuniga muvofiq tijorat banklariga anderraytingga taal
-
luqli bo‘lgan ko‘pgina faoliyat turlari bilan shug‘ullanish 
man etilgan. Biroq so‘nggi yillarda AQShning bu banklariga 
bu kabi xizmatlar ko‘rsatishga ruxsat etildi
230

shuningdek, mablag‘lar va risklar diversifikatsiya qilinishi uchun sama-
rali mablag‘larni ta’minlar ekan, nega bunday imkoniyatdan foydalanish 
darajasi mamlakatimizda ko‘ngildagidek emas? Bu erda vaziyatni keskin 
yaxshilash uchun nimalarni qilish kerak?
229
Xo‘sh, agar shunday bo‘ladigan bo‘lsa, pirovardida, buning oqibati 
nima bilan tugaydi? Bu yaxshimi yoki yomonmi? Nima uchun?
230
O‘zbekistonda sof tarzda “Investitsion bank” nomini olgan bank 
bormi? Bor bo‘lsa, uning nomi nima deb ataladi va u nima bilan shug‘ul-
lanadi?



Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin