T. S. Malikov moliya



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

TIZIMNI TARTIBGA SOLISH
9.1. Moliyaviy infratuzilma tarkibi
Har qanday ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyat muayyan 
qoida va qo‘llanmalar to‘plamiga rioya qilish zaruriyati bi-
lan cheklanadi. Qonun status
234
i (maqomi)ga ega bo‘lgan 
va iqtisodiy faoliyatning har qanday sohasida yuz bergani 
kabi moliyaviy tizim harakatlanishidagi ma’lum aspektlar-
ni cheklash uchun xizmat qiluvchi qoidalar mavjud. Ular 
orasida eng muhimlari har qanday turdagi tovlamachilik-
dan yuridik hamda jismoniy shaxslarni himoya qiluvchi 
va shartnoma majburiyatlariga rioya qilinishini ta’minlov-
chi qonunlardir. Bu qonunlar nafaqat davlatdan davlatga 
farq qiladi, balki vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishga ham mo-
yildir. Ular jamiyat yuridik tizimining bir qismi hisoblanadi 
va odatda, garchi bu qonunlarning o‘zgarishi ko‘pincha in-
sonlarning ushbu tizim funksiyalariga qo‘yilgan talabining 
o‘zgarishi natijasida ro‘y bersa-da, moliyaviy tizimning che-
garasidan chiquvchilardek izohlanadi.
Moliyaviy infratuzilma buxgalterlik hisobi va sud ish-
larini hal etish jarayonlarini; moliyaviy instrument (vosita)
lar savdosiga ko‘maklashuvchi hisob-kliring tashkilotlarini; 
moliyaviy tizim qatnashchilarining o‘zaro munosabatlarini 
nazorat qiluvchi, tartibga soluvchi idoralarni o‘z ichiga oladi 
(9.1.1-chizma). 
Bir necha asrlar davomida jamiyatning tarixiy rivojla-
nish tadqiqoti bilan shug‘ullanuvchi olimlarning aniqlash-
lariga ko‘ra, moliyaviy tizim infratuzilmasining evolyutsiyasi 
mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish mexanizmini tushu-
nish uchun asosiy mezon bo‘lib hisoblanadi. Moliyaviy 
tizimni tartibga soluvchi ba’zi funksiyalar xususiy kom-
paniyalarni birlashtiruvchi tashkilotlar tomonidan, boshqa-
lari esa davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
234
«Status» lotincha «status» - ahvol, hol, holat. Maqom – vaziyat, mav qe; 
o‘rin, joy; daraja, martaba. Qarang: o‘sha manba. J.III. – B.569. 


166

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin