T. S. Malikov moliya



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

OBYEKTIV ZARURLIGI
1.1. Zamonaviy moliyaning mazmun-mohiyati
Zamonaviy moliya – o‘ziga xos ilmiy-amaliy fan. Unda af-
suski, hanuzgacha amaliyotimizda yetarli darajada e’tibor 
berib kelinmayotgan hamda qadriga yetilmayotgan 
vaqt
25
va 
noaniqlik sharoitida
defitsit
26
pul mablag‘larining taqsim-
lanish masalalari o‘rganiladi. Bu o‘rinda “vaqt” va “noaniqlik 
sharoitida” deb nomlangan so‘z va so‘zlar birikmasiga jiddiy 
e’tibor berishingizni so‘raymiz. Zamonaviy moliya il mida bu-
lar shunchaki so‘zlar yoki so‘z birikmalari emas. Ajablanarlisi 
shundaki, aynan ular shu ilmning taqdiri va qadr-qimmatini 
belgilab beradi. Aslida faqat shugina emas, balki har birim-
izning taqdirimiz va qadr-qimmatimizni belgilab berishda 
ham vaqt va noaniqlik sharoiti hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Shu bois quyidagi savollarga e’tibor bering: faoliyatimiz 
davomida vaqt va noaniqlik sharoitini hisobga olayapmizmi? 
Ularning hisobga olinish yoki hisobga olinmaslik darajalari 
qanday? Tegishli qarorlar, shu jumladan, moliya viy qaror-
lar qabul qilayotganimizda ham bu omillarga qay daraja-
da e’tibor berayapmiz? E’tibor berayapmizmi o‘zi? Yoki ...? 
25
Kitobimizning keyingi qismlarida bu so‘zning o‘rniga, joyi kelgan hol-
larda hech ikkilanmasdan «davr» so‘zini ham ishlatamiz va ularni bir xil 
ma’noda qabul qilishingizni so‘raymiz.
26
Bu o‘rinda Ona tilimiz sofligiga aslo xiyonat qilayotganimiz yo‘q. Va 
bu so‘zning o‘rniga “taqchil”ni ishlatmaganligimizga hayron ham bo‘lmang. 
Uning, jumladan, qonunchiligimizda qo‘llanilayotganligidan bizning ham 
xabarimiz bor. Shunday bo‘lsa-da, uning bu o‘rinda qo‘llanilmaganligining 
boshqa oddiy sababi bor. Chunki “defitsit” ruscha emas, balki xalqaro 
ata ma bo‘lib, u jumladan, o‘zbek tilida ham ishlatiladi. Bu to‘g‘rida bataf-
sil qarang: o‘sha manba. J. I. – B. 602.


20

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin