Moliya
15
niya iyenasida keltirilganligidan taajjubga tushmang.
Bizni
betayinlik, mantiqsizlik yoki “xoin”likda ayblab, go‘rimizga
g‘isht qalamang. Shoshilmang: buning ham o‘ziga xos bir
necha sabablari bor. Bunday holatda o‘zbekchilikka, mil-
lat-parvarlikka alohida urg‘u berilishi kerakligidan biz ham
xabardormiz. Shunday bo‘lsa-da, bu o‘rinlarda “so‘m”ning
o‘rniga “dollar”, “funt sterling”, “yevro”, “iyena” va h.k.lardan
foydalanishni maqsadga muvofiq deb bildik. Nega? Chunki
bu valyutalarning o‘ziga xos kuchi borligini, baquvvatligini
hammamiz bilamiz. Ularni qo‘lga olganda qandaydir bosh-
qacha hissiyot yoki kuch bizni qamrab olganligini shu on-
dayoq
sezamiz
22
. O‘zimizni sezilarli darajada boshqacha his
etamiz. Undan tashqari kitobimizning tegishli joylarida bu
valyutalar birliklaridan foydalanilganligi masalaning mohi-
yatini to‘g‘ri idrok etishimizni yengillashtiradi va unga xizmat
qiladi. Ayni shu joyda so‘mdagi ifodadan foydalanish masa-
lasi esa aytishga arzigulik muammo emas. U – oddiy arif-
metika xolos. Uni sira qiynalmasdan har birimiz uddalay
olamiz. Shunday bo‘lsa-da bu o‘rinda
quyidagilarni alohida
ta’kidlagimiz keladi: kelajagi buyuk davlatni barpo etishni
yaxshi niyat qilgan o‘zbekistonliklarning bugungi kundagi
yosh milliy valyutasi ham bir kun kelib jahonning qudrat-
li valyutalari safidan albatta, o‘rin olgay! O‘sha kunlarda
o‘zbek so‘miga
ham jozibador dollar, yevro, funt sterling va
h.k. valyutalar kabi bir ko‘z bilan qaralgay! Va kitoblari-
mizda o‘zga mamlakatlarning qudratli valyuta birliklarini
ishlatishga hojat qolmagay! Hozircha esa, ... pashshadan fil
yasamay turaylik.
Shu o‘rinda ushbu masalaga daxldor yoki yaqinroq bo‘l-
gan yana bir holatni ham qayd etmoqchimiz. Gap shun-
daki, kitobimizda ko‘plab formulalar keltirilgan. Ularning
hammasi xalqaro amaliyotda qanday ko‘rinishda qo‘llanilib
adigan xorijiy pul birligidagi kredit va to‘lov hujjatlari (veksellar, cheklar
va h.k.). Qarang: o‘sha manba. J.I. – B. 439.
22
Jumladan, aslida shuni sezish uchun ham va bu borada hali oldi-
mizda qilinishi lozim bo‘lgan qanchadan-qancha murakkab ishlar turgan-
ligini anglash uchun ham atayin shunday qildik.