T. S. Malikov moliya


T.S.Malikov, N.H.Haydarov



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

T.S.Malikov, N.H.Haydarov
Darhaqiqat, Fuzuliyni yod bilsag-u, dasturxonda – hech 
vaqo bo‘lmasa; “Qur’on”i Karimni ulug‘lagan-u bolalar 
och-nahor bo‘lsa; Naqshbandiya ta’limotini suv qilib ichib 
yuborsag-u ustimiz yangi kiyim-bosh ko‘rmasa; professor 
yoki akademik bo‘lsak-da odmi yurish qo‘limizdan kelma-
sa; miyamiz “vij-vij” aql bo‘lsa-yu bittagina yengil mashi-
na olishga qurbimiz yetmasa; har kimga qimmatli “foyda-
li maslahatlar”ni beraversak-da ularning birortasiga rioya 
etishni o‘zimiz uddalay olmasak; har qanday “kasal”ning di-
agnozini “aniq” qo‘ysak-da, o‘zimiz kasalligimizcha qolaver-
sak; ko‘plab muammolarning yechimi, tayyor “retsept”i 
biz da bo‘lsa-yu o‘zimiz nochor bo‘lsak; tinmasdan mehnat 
qilsag-u, kosamiz bir umr oqarmasa;... xullas, insondek 
yasha sh qo‘limizdan kelmasa, biz ham komil insonlar qa-
toridamiz, deyishga haqqimiz bormi?!... Shu nuqtayi 
nazardan, kitobimiz tom ma’noda, barkamollikka, komil-
likka erishishning zamonaviy moddiy (moliyaviy) jihatlariga 
bag‘ishlangan, deyishimiz mumkin.
 
O‘quv qo‘llanma ma’lum darajada eksperimental xa-
rakterga ham ega. U o‘zbek tilida ilk marta nashr etilmoqda. 
Uni dastlabki tajriba tarzida nashr etishdan maqsad mo-
liya fanlari o‘qituvchilari va boshqa barcha o‘quvchilarning 
ushbu kitobga nisbatan fikrlarini yaxshiroq bilishdan iborat. 
O‘ylaymizki, unga nisbatan befarq munosabatda bo‘lmaysiz. 
Kitobimizning saviyasini yanada yuqori darajaga ko‘tarish 
orqali uning sifatini oshirishga xizmat qiluvchi barcha foyda-
li fikrlaringizni, maslahatlaringizni kutib qolamiz.


Moliya
19
I QISM. ZAMONAVIY MOLIYANING 
FUNDAMENTAL (TUB) ASOSLARI
1-BOB. ZAMONAVIY MOLIYANING MAZMUN-
MOHIYATI VA UNI O‘RGANISHNING 

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin