Moliya
11
bor”, “Bahor qaytmaydi”, “Ikki eshik orasi” yoki “Dunyoning
ishlari”, O‘.Umarbekovning “Odam bo‘lish qiyin” asarlari,
A.Oripov, E.Vohidov, M.Yusuf va S.Sayyid she’rlari kabi se-
vib o‘qiladigan kitoblar qatoridan joy olishi kerak, degan
fikrda emasmiz. Chunki ular badiiy asarlar.
Biroq badi
-
iy asarlarning hammasi ham sevib o‘qilmaydi. Yoki sevi-
lib o‘qilish “baxt”iga har qanday badiiy asar ham sazovor
bo‘lavermaydi. Bundan biz ham ogohmiz. Shunday bo‘lsa-
da, ijtimoiy-gumanitar fanlar u yoqda tursin, hatto aniq
fanlarda ham bunday
asarlar borligini bilib
16
, biz ham o‘z
“asar”imizni iqtisodiyot (moliya) fanlari orasida sevib o‘qila-
digan kitob bo‘lishiga arzisin, degan yaxshi niyat bilan
yozishga harakat qildik. Xullas, shoir aytganidek, asar se
-
vib o‘qilishi uchun unda qandaydir “dard” bo‘lishi kerak
ekan biz ham o‘z “asar”imizda
har qanday insonni har onda
qiynashi mumkin va uning, asosan, “jigar”i bilan bog‘liq
bo‘lgan “moliyaviy dard”ni singdirishga harakat qildik. Bu-
ning uddasidan qay darajada chiqa oldik buni o‘quvchilar-
imiz aytadi, vaqt ko‘rsatadi.
Yana bir fikr. Kitobimizdagi iqtiboslarning haddan zi
yod ko‘pligiga nima deysiz? Bu o‘rinda “Shakarning ozi yax-
shi” ekanligiga zid ish tutmadikmikan? Uni biroz ko‘p roq
suiiste’mol qilmadikmi? Chegaradan chiqib ket
madikmi?
Bu o‘rinda ham balki Siz haqdirsiz. Shunday bo‘lishiga qa-
ramasdan, baribir shu “original variant”dan ham foydala-
nishga ahd qildik. Chunki bunday “usul”dan foyda lanish,
fikrimizcha, kitobimiz taqdiriga (jumladan,
undagi bilim
-
lar, ilgari surilayotgan g‘oyalar va h.k.larga) Sizning be-
farq bo‘lishingizga sira joy qoldirmaydi. U bilan hamnafas
bo‘lishga Sizni majbur etadi. Bular ham kitobimizning “o‘qi-
mishli” va jozibador bo‘lishiga o‘zining munosib hissa sini
16
Bizningcha, masalan, matematik K.Muhamedovning “Elementar
matematikadan qo‘llanma”si shunday asar hisoblanadi. U bir necha bor
qayta nashr qilingan bo‘lishiga qaramasdan, uning navbatdagi yangi
nashri har safar o‘z o‘quvchilari (jumladan, abiturientlar) tomonidan “qar-
sak” bilan kutib olinadi. Darhol qo‘ldan-qo‘lga o‘tadi. Va tezda “tit-piti”
chiqib
ketish darajasigacha, tom ma’noda, “iste’mol” qilinadi.