T. S. Malikov moliya


T.S.Malikov, N.H.Haydarov



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

T.S.Malikov, N.H.Haydarov
Iqtisodiy tahlil va bashoratlash uchun korporatsiya
1
lar 
moliyaviy hisobotining tarkibiy tuzilmasi va undan foydala-
nish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar qo‘llanmaning “Moliyaviy 
hisobotlar” deb nomlangan uchinchi qismida o‘z ifodasini 
topgan. Unda 4 bob mavjud. Bu boblarda moliyaviy hiso-
bot funksiyalari va ularning turlari, moliyaviy hisobotlardagi 
farqlanuvchi holatlar, moliyaviy hisobotlarda moliya viy koef-
fitsiyentlardan foydalanish, moliyaviy hisobotlar va moliyaviy 
rejalashtirish kabi masalalar bayon qilingan.
Bu kitob faqat bo‘lg‘usi moliyachilarga mo‘ljallab yozilma-
gan. Undan har bir ongli fuqaro zamonaviy moliya ola mining 
sirli masalalarini o‘rganish uchun foydalanishi mumkin.
Qo‘lingizdagi Zamonaviy moliya g‘oyibdan paydo bo‘l gani 
yo‘q. U faqat ushbu kitob mualliflari mehnatining nati ja sini 
o‘zida aks ettirmaydi. Unga aynan shu mualliflar ijo dining 
mahsuli sifatida ham qarash maqsadga muvofiq emas. Ular 
bu borada Amerikani kashf qilganlari yoki velosipedni qay-
ta ixtiro qilganlari yo‘q. Chunki Siz-u, biz havas qiladigan 
G‘arbning taraqqiy etgan mamlakatlarida bu kitobning turli 
variantlari allaqachonlardan bo‘yon mavjud. Ulardan keng 
o‘quvchilar ommasi oziqlanib, bahramand bo‘lib kelmoqda. 
Faqat Siz bilan biz undan bebahra edik, xolos. Shu bois, bu 
masalada oddiy tomoshabin bo‘lib, qo‘l qovushtirib o‘tirishni 
o‘zimizga ep ko‘rmadik. “Biz bo‘lmasak, unda kim?”,- de-
gan savol ham oldimizda ko‘ndalang bo‘lib turaverdi. Bu-
1
“Korporatsiya” lotincha “corporatio” so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zbek 
tili da “birlashma, hamjamiyat” deb tarjima qilinadi va a) kasb yoki taba-
qa manfaatlari umumiyligi asosida birlashgan kishilar guruhi, jamiyati, 
ittifoqi; b) bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda aksiyadorlik ja-
miyati shakli ma’nolarida ishlatiladi. Qarang: O‘zbek tilining izohli lug‘ati: 
80 000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi. J. II. E- M / Tahrir hay’ati: T.Mir-
zaev (rah bar) va boshq.; O‘zR FA Til va adabiyot in-ti. – T.: “O‘zbekiston 
milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. – B.408. 
Ona tilimizda ishlatilayotgan xalqaro atamalarga izoh berish maqsadi-
da ushbu manbaning 2006–2008-yillarda nashr etilgan 5 jildlik to‘plamiga 
yana ko‘p marta murojaat qilamiz. Shu bois, kitobimizning keyingi o‘rin-
larida har safar atamalar izohi aks ettirilgan tegishli ma’lumotlarni qay-
ta-qayta takrorlamaslik uchun uning nechanchi jildi va betini ko‘rsatish 
bi lan cheklanamiz, xolos.


Moliya
5
ning ustiga, shu onda “Biz hech kimdan kam bo‘lmasligimiz 
kerak!”, degan hayqiriq qulog‘imiz ostida yana bir marta ja-
rangladi. Uning naqadar to‘g‘ri ekanligini qalbdan yana bir 
bora his etdik. Va nazarimizda barcha uchun kerakli bo‘lishi 
mumkin bo‘lgan kitobni yozishga kirishdik. 
Ba’zi bir muxoliflarimizning hayron­u, lol qolishlariga 
yoki hayratlanishlariga qaramasdan, bu jarayonga kirisha 
turib o‘z oldimizga hozirgi paytda dunyo amaliyotida mav-
jud bo‘lgan shunga o‘xshash kitoblardan prinsipial jihat-
dan har tomonlama farq qiladigan yangi kitob yaratishni o‘z 
oldimizga maqsad qilib qo‘ymadik. Bu borada Ilich singari 
“Biz boshqa yo‘ldan boramiz!”, - deya, folbinlik ham qilma-
dik
2
. Shuningdek, bunday tarzda yo‘l tutish xuddi shunday 
“Yangi algebra”ni yaratish bilan barobar ekanligini ham o‘z 
vaqtida anglay oldik. Boz ustiga, bunday nozik, qaltis va 
mas’uliyatli masalada “Behuda urinish – belni sindiradi”, - 
degan naql ham doimo diqqat-markazimizda turdi.
Uni yozishda avvalo, xorij ilg‘or tajribasiga keng tayanil-
di. Biroq shunday bo‘lsa-da, bunda ham o‘zbekchilik qilib 
“Osilsang – baland dorga osil!” maqoliga rioya etdik. Qan-
chalik murakkab bo‘lmasin, bu borada eng avvalo, xalqaro 
miqyosda dunyoning eng zamonaviy ilmiy-amaliy markazlari 
sifatida tan olingan AQShning Garvard universiteti va Mas-
sachusets texnologiya institutida qanday yutuqlarga erishil-
ganiga jiddiy e’tibor qaratdik. Xuddi shunday maqsad bilan 
Buyuk Britaniyadagi Oksford va Kembrij universitetlarining 
tajribasiga ham alohida murojaat qildik. Shu mavzuga bevo-
sita daxldor bo‘lgan va turli yillarda nashrdan chiqqan ki-
2
Bu o‘rinda xuddi shu tarzda evolyutsion emas, balki revolyutsion yo‘l 
tutib, millionlab insonlar taqdirini boshqa yo‘lga burib yuborgan, Yer sha-
rining kattagina qismi aholisining taraqqiyotini bir necha o‘n yillar ortga 
surgan yoki to‘xtatib qo‘ygan, 70 yildan ko‘proq vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, shu 
davrda sarson va sargardon bo‘lib, o‘z yo‘lini topa olmagan va oxir-oqibat-
da ularni boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘ygan V.I.Lenin (1870–1924-yil-
lar) va uning izdoshlari faoliyati nazarda tutilayapti. «Biz boshqa yo‘ldan 
boramiz!»ning yakuniy natijasi shu bo‘ldiki, bu yo‘ldan borganlar 70 yil 
(o‘rtacha bir inson umri)dan ko‘proq muddatga kechikib, yana qaytadan, 
umumiy oqimga – yo‘lga – kiraoldilar, xolos.


6

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin