Moliya
17
hafsalasi
zlik kayfiyatini tug‘dirayapti, mavjud muammolarni
hal etish bo‘yicha qiziqishni keskin o‘yg‘otmayapti, mantiqiy
fikrlashga olib kelmayapti (jalb qilmayapti) va h.k.
Aksincha, his-hayajon bilan, ehtiroslarga berilib, “pro-
vokatsion” yo‘llar orqali muammolarni hal etish va maqsadga
erishish hamma vaqt ham oqilona yo‘l emasligini oldindan
bilsak-da, ba’zi-bir obyektiv sabablarga (jumladan, o‘quv-
chilarning e’tiborini o‘ziga jalb qilish, ularning “mudrab”
o‘tirganlarini “o‘yg‘otish”, qiziqish uyg‘otish,
befarqlik kayfi
-
yatidan xalos etish va b.) ko‘ra mualliflar shu yo‘lni tanladi.
Chunki oqillik chegarasi kesib o‘tilmasa yoki me’yorga qat’iy
rioya qilinsa, ayrim orator-notiqlarning o‘quv-pedagogik
amaliyoti bu yo‘llarning ham ijobiy samara berishi mumkin-
ligini va ular bizni ko‘zlagan maqsadimizga tezroq yetib bo-
rishga xolisona xizmat qilishi mumkinligini ko‘rsatayapti.
Undan tashqari o‘quv qo‘llanmada zamonaviy moliyaga
bevosita daxldor bo‘lgan bir qator muammolar o‘quvchilar-
ga oddiy ko‘rinishda bildirilib, ongli ravishda va sun’iy tarz-
da oldindan ochiq qoldirildi. Bundan maqsad xalqona va
hayotiy “har kallada – har xayol” prinsipidan
ijodiy va ijobiy
foydalangan holda tegishli muammolarni hal etish yo‘lla-
rini qidirib topishda o‘quvchilarning faol ishtirok etishini
ta’minlashdir. Hech bo‘lmaganda kitobimiz shu maqsadga
erishish uchun biroz xizmat qilsa, mualliflar o‘z vazifasini
bajarilgan, deb hisoblaydilar.
Va nihoyat, hayotimiz mazmuni komillikka intilish-
dan iboratligini hammamiz bilamiz. Shu
bois komil inson
bo‘lishga hammamiz intilamiz. Buning uchun eng avvalo,
ma’naviy jihatdan boy-barkamol bo‘lishimiz kerak. Bu – ta-
biiy, albatta. Biroq bizningcha, birgina ma’naviy jihatdan
boy bo‘lishning o‘zi komillik uchun yetarli emas. Buning
uchun yana moddiy (moliyaviy) jihatdan ham boy-baquv-
vat bo‘lishimiz kerak. Bugungi kunda hech bo‘lmaganda
o‘z ma’naviy va moddiy (moliyaviy) boyligining vobastaligini
ta’minlashga
erishgan insonnigina barkamol, komil inson,
deb e’tirof etsa bo‘ladi.