T. S. Malikov moliya



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

Moliya
51
Beshinchidan
, ta’lim olish (o‘qish) egri chizig‘i effekt
87

(samarasi) yoki faoliyat yuritib turgan tashkilot effekti (sa-
marasi), degan narsa mavjud va u quyidagilarda namoy-
on bo‘ladi: agar kompaniya egasi bir vaqtning o‘zida firma 
menejeri bo‘lsa, kompaniyaning yangi egasi yangi biznesni 
muvaffaqiyatli boshqarish uchun undan ish yuritishni 
o‘rga nishiga to‘g‘ri keladi. Agar kompaniya egasi bir vaqt-
ning o‘zida menejer bo‘lmasa, biznes sotilgan taqdirda ham 
tajriba li menejer tashkilotda ishlashda davom etadi, faqat 
endi u boshqa xo‘jayinga ishlaydi (xizmat qiladi). Kompaniya 
bi rin chi bor o‘z aksiyalarini ochiq muomalaga chiqarganda 
(ya’ni ochiq aksiyadorlik kompaniyasi (jamiyati)ga aylangan-
da), uning dastlabki ta’sischisi va egalari bo‘lgan menejer-
lari, garchi endi ular kompaniya aksiyadorlari bo‘lmasa-da, 
ko‘pincha, korporatsiyani boshqarishda davom etadilar.
Biznesni tashkil etishning korporativ shakli mulkka 
egalik huquqi boshqaruvdan ajratilganda ayniqsa samara-
lidir. Chunki u firmaning sog‘lom (normal) faoliyatiga putur 
yetmagan holda mulkdorlar ro‘yxatida tez-tez o‘zgarishlar 
bo‘lishiga yo‘l qo‘yadi (egalik huquqi aksiyalarga o‘tishi mu-
nosabati bilan). Butun dunyoda turli korporatsiyalarning 
millionlab aksiyalari qo‘ldan qo‘lga o‘tib turadi va buning 
firmani boshqarish hamda uning faoliyat yuritishi sifatiga 
salbiy ta’sir qilgan hollari juda kam. 
1.4-nazorat uchun savol
Firmani boshqarishni uning mulkiga egalik huquqidan 
ajratish uchun asosiy sabablar nimada? Biznesni tashkil 
etishning korporativ shakli qanday qilib bunday ajratishga 
yordam beradi?
Ammo hamma narsada bo‘lganidek, bunday ajratish-
ning ham o‘z salbiy tomonlari bor va boshqarishni mulk-
ka egalik huquqidan ajratish foydasiga gapiradigan barcha 
omillar bunday ajratish tartibi amalga oshganda mulkdor-
87
“Effekt” lotincha “effektus” – harakat, faoliyat; natija. Ish, faoliyat va 
sh.k.ning natijasi. Qarang: o‘sha manba. J.V – B.62.


52

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin