T. S. Malikov moliya


Moliya 63 ketilishi” (“yutib yuborilishi”)



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

Moliya
63
ketilishi” (“yutib yuborilishi”)
dir (takeover). 
ma gadir sha’ma qilayapti, deb xavotirga ham tushmang. Keltirilgan misol 
nafsoniyatingizga yoki shaxsiyatingizga tegmasin. Undan siyosiy xatoni 
ham qidirmang. Bu erda “kosaning tagida nim kosa” – yo‘q. Yoki “Qizim sen-
ga aytayapman – kelinim sen eshit!” qabilida ish tutishdan juda yiroqmiz. 
Lekin ne qilaylikki, “stimul”ning ma’no-mazmunini “dehqoncha qilib” tus-
huntirib berishda bundan-da qulayroq, tabiiyroq va tushunarliroq bo‘lgan 
misolni topaolmadik. Eshak haqiqatdan ham XXI asrga allaqachon qa­
dam qo‘ygan bo‘lishimizga qaramasdan, qishloq joylarida va ayniqsa, tog‘li 
hududlardagi asosiy foydali ishchi hayvon sifatida hamon qolmoqda. Uning 
qilgan mehnati e’tirof etilib, “go‘shti harom bo‘lsa ham mehnati (xizmati) ha-
lol”, deb baho berilgan bo‘lishiga qaramasdan, bir vaqtning o‘zida, terisining 
qalinligi ham qayd etilmoqda. Terining qalinligi esa, o‘z navbatida, unga 
nisbatan ta’sirchanlikni kamaytiradi. Shuning uchun ham eshak harakati-
ni tezlashtirish uchun uchli tayoqdan – xalacho‘pdan – foydalanmaslikning 
iloji yo‘q. Shu bois keltirgan misolimizdan tegishli xulosani chiqarib, endi 
iqtisodiyot subyektlariga nisbatan o‘rni kelganda va maqsadga muvofiq 
bo‘lganda “stimul”ning “majburlovchi”, “tezlashtiruvchi”, “yo‘naltiruvchi”, 
“ildamlovchi”, “undovchi” va h.k. jihatlariga e’tibor beraylikchi, vaziyat qan-
day bo‘larkin!?
Yana bir fikr: hatto uchqur otga mingan chavandozni ham qamchi-
siz tasavvur etib bo‘lmaydi. Kasbi-kori mol boqish bo‘lgan cho‘ponning 
tayoqsiz kun ko‘rishi – ancha murakkab. Ertadan-kechgacha peshona 
terini to‘kayotgan dehqonning dehqonligi ham oxir-oqibatda, uning “ket-
mon”i bilan belgilanadi. Ayrim hollarda, ko‘zlangan maqsadga erishish-
da, ming-minglab qilingan pandu-nasihatdan ko‘z oldida yulduzchalar 
paydo qiladigan darajada quloqning tagiga yaxshilab tushirilgan bir sha-
paloq afzal. Manzilga tezroq yetib borishni istaysizmi – mashinangizni 
ayamasdan, o‘z holiga qo‘ymasdan majbur qilishingiz, “gaziga tepishingiz” 
lozim. Toqqa chiqmasangiz – do‘lonaga, jon chekmasangiz – jononaga ega 
bo‘laolmaysiz va h.k.
Umuman olganda, bizning fikrimizcha, “stimul” va “rag‘bat”, “stimul-
lashtirish” va “rag‘batlantirish” so‘zlari o‘rtasida tenglik belgisini qo‘yib 
bo‘lmaydi. Shunday qilinsa, bu masalaga nisbatan bir tomonlama, tor 
yondoshuvni aks ettiradi. Unda tabiat va jamiyat taraqqiyoti hamda ha-
yot falsafasining eng asosiy qonunlaridan biri bo‘lgan qarama-qarshiliklar 
birligi va kurashi qonunining amal qilishi rad etilgan bo‘ladi. Eng oddiy 
tarzda aytilganda, “stimul” va “stimullashtirish” so‘zlari ma’no-mazmun va 
mohiyat jihatidan “rag‘bat” va “rag‘batlantirish” so‘zlaridan ancha katta-
roq, keng roqdir. Shuning uchun ham “stimul” to‘g‘risida gapira turib faqat 
“rag‘bat” nazarda tutilsa, yoki “stimullashtirish” deyilganda faqat “rag‘bat-
lantirish” e’tiborga olinsa bu ma’lum ma’noda noto‘g‘ri, asossiz va nari 
borganda chala qarorning qabul qilinishiga olib keladi. Bunday qarorlar-
ning ijrosini ta’minlash esa, o‘z navbatida, ko‘zlangan natijalarni bermay-
di. Ularning yuqorida qayd etilgan jihatlariga e’tibor bermasdan “stimul”ni 


64

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin