T.S.Malikov, N.H.Haydarov
Endi “yutilib ketilish” (“yutib yuborilish”) qanday qilib
menejerlarni aksiyadorlar manfaatlarini ulkan matonat bi-
lan himoya qilishga majbur qilishini ko‘rib chiqamiz. Faraz
qilaylik, biror firma (biz uni “yutib yuboruvchi” firma, deb
ataymiz) boshqaruvi noto‘g‘ri ketayotgani yaqqol ko‘zga
tashlanayotgan boshqa bir firmani ko‘z ostiga olib qo‘ydi.
Bu firmaning menejerlari shunday investitsion qaror qabul
qildilarki, buning natijasida aksiyalarning bozor qiymati fir
-
ma resurslaridan samarali foydalangan taqdirda erishila-
digan eng yuqori ko‘rsatkichdan ancha past. Agar “yutib
yuboruvchi” firma unga “yutib yuboriladigan” firma ustidan
nazorat o‘rnatish uchun yetarli miqdorda aksiyalarni sotib
olishga muvaffaq bo‘lsa, u holda “yutib yuboruvchi” firma
eski menejerlar o‘rniga firma ishini muvaffaqiyatli (samara
-
li) yo‘lga qo‘yishga qodir menejerlarni ishga yollaydi.
Sotib olingan firmaning investitsion siyosati yo‘nali
-
shi o‘zgartirilganini e’lon qilgach, “yutib yuboruvchi” firma
u ning aksiyalarini yangi, bozor bahosidan ancha yuqori ba-
hoda sotadi va darrov daromad oladi. E’tibor bering, firma
daromad olish uchun qo‘shimcha moddiy resurs ishlatishi-
ga to‘g‘ri kelmayotir. Demak, butun ish mobaynida uning
barcha xarajatlari boshqaruvi yomon yo‘lga qo‘yilgan firma
-
ni aniqlashga va uning aksiyalarini sotib olishga qilingan
xarajatlardan iborat.
Muvaffaqiyatsiz (nosamarali) firmani topishga ketadi
-
gan xarajatlar hajmi turlicha bo‘lishi mumkin. Ammo “yutib
yuboriluvchi” firma unga mol yetkazib beruvchi mijoz yoki
raqib bo‘lsa, bu xarajatlar nisbatan kam ham bo‘lishi mum-
kin. Chunki bunday holda zarur ma’lumotlarning katta qis-
mi oldindan to‘plangan bo‘ladi. Shunday qilib, muvaffaqiyatsiz
(nosamarali) firmani topishga maxsus mablag‘ sarflanmagan
taqdirda ham yutib yuborish mexanizmi ishlashi mumkin.
Boshqaruvi yomon yo‘lga qo‘yilgan firmalarni izlash
-
ga maxsus resurslar ajratish xuddi real investitsiyalar-
faqat “rag‘bat”, “stimullashtirish”ni esa faqat “rag‘batlantirish” deb qabul
qilganligimiz uchun ham balki bu borada qilayotgan sa’yi-harakatlarim-
iz, ma’lum darajada, besamar ketayotgandir?! Ushbu masalaning qolgan
boshqa jihatlariga kitobimizning tegishli joylarida yana to‘xtalamiz.
Moliya
65
ning yangi dasturlariga mablag‘ ajratishdek maqsadga mu-
vofiqdir. Hatto, mana shunaqa dushmanona (boshqaruv xo
-
dimlariga nisbatan), g‘ayritabiiy ravishda “yutib yuborish”-
ga ixtisoslashgan firmalar ham mavjud. Oxiroqibat “yutilib
ketish” xavfi ehtimoli shunaqangi ortadiki, ishdan bo‘shatil
-
ishi xavfi menejerlar uchun juda samarali turtki bo‘ladi. Va
ular firma aksiyalarining bozor qiymatini maksimallashti
rishga intilib, jon-jahdi bilan aksiyadorlar manfaati yo‘lida,
shuningdek, o‘z manfaatlari yo‘lida ham mehnat qilishni
boshlaydilar.
Darhaqiqat, aksiyadorlar aniq ko‘rsatmalar bermasa-da
va samarali boshqarish nazariyasini uncha chuqur bilma-
salar-da, menejerlar “o‘zini o‘zi saqlash” hissiyoti tufayli
ham firma bahosi (qiymati)ni imkon qadar (maksimal da
-
rajada) oshirishga intiladilar. Bundan tashqari yana shuni
ta’kidlash joizki, yuzaga kelgan vaziyatga sabab xoh mene-
jerlar malakasining pastligi bo‘lsin, xoh ularning maqsadni
noto‘g‘ri tanlagani bo‘lsin, baribir “yutib yuborish” mexa-
nizmi bir xil samaradorlik bilan uni to‘g‘rilashga qodirdir.
“Yutib yuborish” mexanizmining samaradorligi ba’zida
davlat siyosati tufayli pasayadi. Masalan, turli tovar bozor-
larida monopoliya
101
lar yuzaga kelishini oldini olishga in-
tilib, AQSh Adliya vazirligi raqobat kamayishiga olib kelishi
mumkin bo‘lgan kompaniyalar birlashishi va bir kompaniya
ikkinchisini qo‘shib olishini cheklashga yo‘naltirilgan trest-
ga qarshi qonunchilik doirasida qator tadbirlarni amalga
oshirmoqda. “Yutib yuboruvchi” o‘rnida ko‘pincha sama-
rasiz korxonaga mahsulot yetkazib beruvchi, uning mijozi
yoki raqibi ish ko‘rar ekan, bunday davlat siyosati “yutib
yuborish” xavfini kamaytirishga qodir.
101
“Monopoliya” mono.. + yunoncha “poleo” – sotaman. 1. Iqtisodiyot-
ning biron-bir sohasida tanho hukmronlik; davlat, korxona yoki jismoniy
shaxslarning ishlab chiqarish, savdo, hunarmandchilik sohasida faoliyat
olib borishi uchun berilgan alohida huquqi; 2. Muayyan ishlab chiqa rish
yoki uning katta bir qismini, shuningdek, biron-bir tovar sotishni o‘z qo‘li-
ga olgan yirik xo‘jalik birlashmasi (kartel, sindikat, trest, konsern va sh.k.
Qarang: o‘sha manba. J.II. - B. 614.
|