T. S. Malikov moliya



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

un-
daydigan
narsa, omil. Qarang: o‘sha manba. J. III. – B. 571. Demak, bun-
dan ko‘rinib turibdiki, “stimul” so‘zi lug‘aviy jihatdan, aslida, “uchli tayoq” 
ma’nosida ishlatilishi va shuni anglatishi lozim. Uning “qiziqish tug‘diradi-


62
T.S.Malikov, N.H.Haydarov
juda muhim mexanizm bor. Bu kompaniyalarning “
yutilib 
gan” va “rag‘batlantiradigan” jihatlaridan ko‘ra boshqa jihatlari ham bor. 
“Uchli tayoq” oddiy tayoq emas, balki aynan uchli tayoq bo‘lganligi uchun 
ham uning “qiziqish tug‘diradigan” va “rag‘batlantiradigan” jihatlaridan 
ko‘ra “undaydigan” yoki “majbur qiladigan” jihatlari ustunroqdir. Harqa-
lay “uchli tayoq”ning “qiziqtirishi” yoki “rag‘batlantirishi”dan ko‘ra uning 
ko‘proq “majbur qilish” salohiyatiga ega ekanligiga aminmiz.
To‘g‘ri, ehtimoli kamroq bo‘lsa-da, hayvonlarni qiziqtirish va rag‘batlan-
tirish yo‘li bilan ham haydash mumkin. Lekin shu tarzda ish tutilganda 
ko‘zlangan maqsadga nisbatan kechroq etib bormasligimizga kim kafolat be-
radi? Bunday sharoitda ularning, ma’lum darajada, “o‘yinqaroq” bo‘lishlari 
– tabiiy. “Yuki engil kelsa – eshak egasini tepadi” yoki “Yuki yengil bo‘lsa – 
tuya(ning) baqiroq (yotog‘i) keladi”,- degan maqollar bekordan-bekorga aytil-
magan-ku!? Shuning uchun ham hayvonlarni haydashning boshqa yo‘li bor. 
Bu majburlash yo‘lidir. Lekin ajablanarlisi shundaki, bu yo‘l ularni haydash-
ning ikkinchi darajali yo‘li emas, balki asosiy yo‘li hisoblanadi. Albatta, biz 
bu o‘rinda bo‘lar-bo‘lmasga majburlash yoki doimiy ravishda majburlashni 
nazarda tutayotganimiz yo‘q. Aksincha, bu joyda o‘rni kelgandagi, maqsad-
ga muvofiq bo‘lgandagi majburlashni ko‘zda tutayotirmiz, xolos. Ko‘zlangan 
maq sadga tezroq erishishning (hammamiz shuni istaymiz-ku, axir!) ta’sir-
chan va samarali yo‘llaridan biri shu yo‘l emasmikan? Balki ko‘zlangan 
maqsadga erishgunga qadar “uchli tayoq”ning “undaydigan” yoki “majbur 
qiladigan” jihatlaridan foydalanib, undan so‘ng esa uning “qiziqish tug‘diradi-
gan” va “rag‘batlantiradigan” tomonlaridan foydalanish kerakdir?
Mamlakatimizda “uchli tayoq” bilan hamma hayvonlar emas, balki, 
asosan, faqat eshak haydaladi. U “uchli tayoq” bilan emas, balki faqat odd-
iy tayoq bilan haydalganda ham (esa) ko‘zlangan maqsadga o‘z vaqtida yoki 
tezroq yetib borish – amri-mahol. Buning uchun aynan uchli tayoqdan foy-
dalanish kerak va u ona tilimizda “xalacho‘p” deb ataladi. “Xalacho‘p”ga 
“Eshak, tuya kabi hayvonlarni niqtab, tezroq yurgizish uchun ishlatiladi-
gan uchli tayoqcha; xala”, deb ta’rif berilgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da 
(4-jild, 379-bet).
Eshakni minganingizda qo‘lingizdagi tayoqning bor-yo‘qligi yoki tayoq 
uchining o‘tkir-o‘tkirmasligiga eshak “reaktsiya”sining qanday ekanligiga 
hech e’tibor berganmisiz!? Qo‘lingizda tayoq bo‘lmasa – eshakning yurishi 
o‘zgacha. U o‘z ixtiyoricha yuradi. Ayrim hollarda, oyog‘ingiz bilan qancha-
lik niqtamang, yurish u yoqda tursin, ahyon-ahyonda, yurish davomida 
o‘tlashni ham o‘ziga ep ko‘radi. Tayog‘ingiz bo‘lsa – u boshqacha yuradi. 
Tayog‘ingizning uchi o‘tkir bo‘lganda esa, u yanada boshqacharoq, tezroq 
yuradi. Bordi-yu, tayoqning uchiga Siz maxsus ravishda mix qoqib olgan-
ligingizni sezsa (sezadi, albatta), uning fikri-xayoli faqat Sizni tezroq man-
zilingizga eltib qo‘yishda bo‘ladi.
“Stimul” so‘zining negizida yashirinib yotgan uning iqtisodiy jihatla-
riga e’tibor berayotib, bunday “antiqa” misolni keltirganimizdan, aslo, xa-
fa bo‘lmang. Bu o‘rinda mualliflar “ayrimlar”ni nazarda tutayapti yoki ni-



Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin