Moliya
57
loyihaning bir yildan keyin 105,0 mlnso‘m
miqdorida daro-
mad keltirishi mo‘ljallangan va shundan keyin u yopiladi.
Shunday qilib, undan ko‘riladigan foyda 5,0 mln. so‘mni
tashkil etadi (105,0 mln. so‘m – 100,0 mln. so‘m). “B” loyiha
esa 2 yil davom etishi kerak va birinchi yili hech qanday
daromad keltirmaydi, ikki yil o‘tgach esa loyihadan olingan
foyda 10,0 mln. so‘mni tashkil etadi. Shunday qilib,
savol
tug‘iladi: mazkur vaziyatda foydani maksimallashtirish me-
zoni qanday qilib qo‘llanilishi mumkin?
Endi foydani maksimallashtirish mezonlaridan noan-
iq vaziyatda foydalanish murakkabligi nimadan iboratligini
ko‘rib chiqamiz. Faraz qiling, Siz firma menejerisiz. Firma
ikkita investitsion loyihadan bittasini tanlashi lozim. Loyi-
halarni amalga oshirish uchun 100,0 mln. so‘m
miqdorida
xarajat talab etiladi va sarflangan kapital (sarmoya) ma’lum
vaqt o‘tgach, o‘zini oq (qop)lashi kerak. Xuddi yuqorida
keltirilgan misoldagi singari “A” loyiha 105,0 mln. so‘m
miqdorida kafolatlangan daromad keltiradi, ya’ni aniq
aytish mumkinki, “A” loyiha bo‘yicha foyda 5,0 mln. so‘mni
(105,0 mln. so‘m – 100,0 mln. so‘m) tashkil etadi.
“V” loyiha bo‘yicha foyda miqdori aniq emas – ushbu
loyiha bo‘yicha olinadigan daromad 120,0 mln. so‘m yoki
90,0 mln. so‘m bo‘lishi mumkin
va har ikkala variantning
amalga oshish ehtimoli 0,5ga teng. Shunday qilib, “V” loyi-
ha firmaga yoki 20,0 mln. so‘m miqdorida foyda keltiradi
yoki firma 10,0 mln. so‘m yo‘qotadi. Mazkur kontekst
95
da
“foydani maksimal darajada oshiradigan loyiha” degan tav-
siya nimani anglatishi mumkin?
Foyda ko‘rsatkichlaridan farqli o‘laroq,
aksiyadorlik ka-
pitalining joriy bozor qiymatini aniq hisoblab chiqish mum-
kin (masalan, IBM korporatsiyasining kelgusi (bo‘lajak)
daromadi noaniq ko‘rsatkich, unga tegishli bo‘lgan aksi-
yalarning joriy bahosi esa bizga ma’lum). Demak, foydani
maksimallashtirish qoidasidan farqli o‘laroq, aksiyador-
lar boyligini maksimallashtirish qoidasi firmaning bo‘la
-
95
“Kontekst” lotincha “contextus” – qo‘shilish, ulanish, bog‘lanish. Qa-
rang: o‘sha manba. J.II. - B. 402.