T. S. Malikov moliya


T.S.Malikov, N.H.Haydarov



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

T.S.Malikov, N.H.Haydarov
Avvalambor, mazkur qoida samarali bo‘lishi uchun uni 
bajarish mene-jerlardan aksiyadorlarning riskka moyilligini 
ham, biznesni boshqarish bo‘yicha kundalik amaliyotning 
boshqa masalalari yuzasidan ularning fikrini bilishlarini 
ham talab etmasligi kerak. Chunki bu kabi ma’lumotlarni 
olishning o‘zi ilojsiz narsa. Hatto bunday masalalar ma’lum 
vaqt kelib oshkor bo‘lsa ham, bundan katta ma’no yo‘q, 
chunki ular doimo o‘zgarib turadi. Aksiyalar doimo qo‘ldan 
qo‘lga o‘tib turganligi uchun demak, korporatsiya mulkdor-
lari ham muntazam ravishda o‘zgarib turadi. Demak, me-
nejment asosiy qoidasining bajarilishi korporatsiya mulk-
dori (egasi) kim ekaniga zinhor bog‘liq bo‘lmasligi kerak. 
Rioya qilingan taqdirda menejerlar ham kompaniya 
egalari kompaniyani o‘zlari boshqarganlarida qabul qiladi-
gan investitsion va moliyaviy qarorlarni qabul qilsalargi-
na menejerlar uchun asosiy qoida to‘g‘ri bo‘ladi (ishlaydi). 
Aksiyadorlar boyligini maksimallashtirish
91
, ya’ni ular 
aksiyalarining bozor qiymati (bahosi)ni maksimallashtirish 
aynan shunday qoida hisoblanadi. 
Faraz qilaylik, Siz korporatsiyani boshqarayapsiz va 
mablag‘ tikish (joylashtirish)ning ikkita muqobil variantidan 
bittasini tanlashingiz kerak. Tanlaganda ham juda riskli va 
deyarli xavfsiz variantdan birini tanlashingiz zarur. Aksi-
yadorlaringizning ba’zilari, ehtimol, risk darajasini qisqarti-
rishga intilishar. Boshqalari esa, birinchi investitsion loyiha 
kelajagiga pessimistik ruhda gumon bilan qarashar. Shu 
bilan birga aksiyadorlarning bir qismi riskka moyil bo‘li-
shi yoki riskli loyihaning istiqboli porloq, deb hisoblashlari 
mumkin. Aytingchi, bunday sharoitda menejer qanday qilib 
barcha aksiyadorlarni qoniqtiradigan va ularning ko‘ngliga 
moydek yoqadigan qaror qabul qilsin?
91
Bu qoida ham barcha narsani qamrab oluvchi boshqa sentensiyalar 
singari, doim ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi. Shuning uchun qoida cheklovla-
rining ba’zilarini inobatga olish kerak. Birinchidan, u yaxshi rivojlangan 
va raqobat kuchli kapital bozori bo‘lishini taqozo etadi. Ikkinchidan, me-
nejerlarning noqonuniy va odob-axloqqa qarshi xatti-harakatlarini istisno 
etadi.


Moliya
55
Faraz qilaylik, risksiz loyihani tanlagandan ko‘ra riskli 
loyi hani afzal ko‘rib, Siz firma aksiyalarining bozor qiymati 
(bahosi)ni ko‘proq oshirasiz. Shuning uchun garchi ba’zi aksi-
yadorlar o‘z mablag‘lari ishonchli aktivlarga investitsiya qilini-
shini hamma narsadan ustun qo‘ysalar-da, Sizning ikkinchi 
loyihani tanlashingiz ularning manfaatiga xizmat qilmaydi. 
Gap shundaki, samarali faoliyat yuritayotgan kapital 
bozorlarida aksiyadorlar o‘zlarining shaxsiy aksiyalar port-
fellari risklilik darajasini Sizning firmangiz aksiyalarining 
bir qismini sotib, undirilgan pulni ishonchli aktivlarga in-
vestitsiya qilish orqali kamaytirish imkoniyatiga egalar. De-
mak, riskli loyiha tanlanadigan bo‘lsa, hatto riskni xush 
ko‘rmaydigan aksiyadorlar ham yutadilar. Chunki ular bu-
gunning o‘zida qo‘shimcha daromad oladilar. Keyin esa ular 
olgan daromadlarini yoki reinvestitsiya
92
qiladilar, yoki o‘z 
ehtiyojlariga sarflaydilar.
Shunday qilib, ko‘rib turibmizki, riskli loyihani tanlash 
ham xususiy aksiyadorlar manfaatiga mos kelishi mum-
kin. Chunki aynan riskli loyiha ular qo‘lidagi aksiyalarning 
bozor qiymati (bahosi)ni oshirishga qodir. Menejerlar qabul 
qiladigan qarorga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan yagona risk 
tanlangan u yoki bu variant firma aksiyalarining bozor qiy
-
mati (bahosi)ga qanchalik ta’sir qilishi bilan bog‘liq.
Aksiyadorlar boyligini maksimallashtirish vazifasini 
ba jarish firma qo‘llaydigan ishlab chiqarish texnologiya­
lari, bozor foiz stavka
93
lari, bozor riski uchun mukofot va 
qim 
matli qog‘ozlar kotirovka
94
siga bog‘liq. Ushbu barcha 
92
“Reinvestitsiya” (re + investitsiya) – investitsiyalar muomalalari 
bo‘yicha daromadlar shaklida olingan mablag‘larni ishlab chiqarishni 
kengaytirish uchun qayta yo‘naltirish, qayta foydalanish. Qarang: o‘sha 
manba. J.III. –B.372.
93
“Stavka” ruscha so‘zdan ona tilimizga kirib kelgan va “turli xil to‘lovlar 
miqdori, me’yori” (masalan, soliq, ish haqi, foiz va boshqalar) ma’nosida 
ishlatiladi. Qarang: o‘sha manba. J.III. –B.567.
94
“Kotirovka” fransuzcha “coter” – raqamlamoq, belgilamoq. Birjada 
amaldagi vaziyat va qonunchilik me’yorlariga amal qilgan holda xorijiy 
valyutalar, qimmatli qog‘ozlar kursini hamda tovarlar narxini belgilash. 
Qarang: o‘sha manba. J. II. – B. 413.


56

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin