T. S. Malikov moliya


Moliya 61 1.6-nazorat uchun savol



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

Moliya
61
1.6-nazorat uchun savol
Samarali faoliyat yurituvchi mavjud fond bozori qanday 
qilib firmaga mulkka egalik huquqini uni boshqarishdan 
ajratishga yordam beradi?
3.4. Bozor intizomi: kompaniyalarning “yutib yubo-
rilishi” va uning moliyaviy natija (oqibat)lari
Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, qanday kuch menejerlarni 
aksiyadorlar manfaati yo‘lida ishlashga majbur qila oladi? 
Albatta, aksiyadorlar yig‘ilishda oliy darajadagi menejerga 
qarshi ovoz berib, uni ishdan bo‘shatib yuborishlari mum-
kin. Ammo mulkka egalik huquqi va boshqaruv bir-biridan 
ajratilganligining asosiy afzalligi egalari firma faoliyati ma
-
salalariga aralashmasliklari bo‘lganligi sababli ular firma 
noto‘g‘ri boshqarilayotganini qanday qilib tushunish (bilib 
qolgan)larining o‘zi tushunarsizdir. 
Bundan tashqari firmaga ko‘plab aksiyadorlar birga
-
likda egalik qilsa, ovoz berish huquqidan biror-bir ishni 
bajarishga majbur qilish vositasi sifatida foydalanish yana 
bir muammoni keltirib chiqaradi. Gap shundaki, bunday 
vaziyatda alohida aksiyadorning kapitalda ishtiroki ulushi 
shunchalik kam bo‘ladiki, u zarur ma’lumot olinishi va 
tarqatilishi haqini to‘lashdan manfaatdor emas. Shunday 
qilib, ovoz berish huquqi o‘z holicha bu dilemma
99
ni hal 
etish ga qodir emas.
Raqiblik qila oladigan (raqobatli) fond bozori mavjud 
bo‘lgan taqdirda ikkala taraf – aksiyadorlar va menejerlar 
amal qiladigan stimul
100
larni tartibga solish uchun yana bir 
99
“Dilemma” - “ di.. + yunoncha “lemma” – asos, dalil bo‘la oladigan 
hukm. Bir-biriga zid bo‘lgan ikki nomaqbul imkoniyatdan birini tanlashga 
majbur bo‘lish. Qarang: o‘sha manba. J.I. - B. 614.
100
“Stimul” lotincha “stimulus” – hayvonlarni haydash uchun belgilan-
gan uchli tayoq. Biror ishga qiziqish tug‘diradigan, rag‘batlantiradigan, 

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin