6
1.
JAMIYATNING ILMIY-TEXNIKAVIY TARAQQIYOTIDA
ENERGETIKANING ROLI
1.1. Jamiyat taraqqiyotida energiyadan foydalanishning ahamiyati
Insoniyat jamiyati va uning yutuqlari taraqqiyoti bevosita ishlab
chiqarish darajasi va kishilar hayoti uchun zarur moddiy sharoitlarni
yaratish bilan bog‘liqdir. Ilmiy-texnikaviy va sotsial taraqqiyot odatda
iste’mol qilinuvchi energiyaning ortishi,
energiyaning yangi yanada
samarali turlaridan foydalanishni o‘zlashtirish bilan bir vaqtda amalga
oshadi.
Hozirgi zamon mashinalarida iste’mol qilinuvchi energiya juda
ko‘p miqdorni tashkil etadi. Buni quyidagi taqqoslash asosida ifodalash
mumkin. Jahonning barcha ishga yaroqli aholisi bir yil davomida har
sutkada 8 soat to‘liq fizik kuch bilan ishlagan taqdirda ham hozirgi
zamon issiqlik va gidroelektr stansiyalarida
ishlab chiqariluvchi
energiyaning yuzdan biri miqdoridagi energiyani ishlab chiqara olmaydi.
Energiyani iste’mol qilish bundan keyin ham ishlab chiqarish darajasini
o‘sishini ta’minlagani holda oshib boradi.
Iqtisodiy taraqqiyotni fizik va mukammal avtomatik
boshqariluvchi mashinalar asosida faqat iste’mol qilinuvchi energiyani
va ishlab chiqarish darajasini oshirish orqaligina tezlashtirish mumkin.
Energiyaga ehtiyoj uzluksiz ravishda ortib bordi. Bu o‘z navbatida
yangi energiya resurslarini qidirib topish, energiyani bir
turdan boshqa
turga o‘zgartirishning yangi usullarini ishlab chiqish zaruratini yaratdi.
Hozirgi davrda turli xil energiyalardan – Quyosh energiyasi, organik
yoqilg‘ining kimyoviy energiyasi, daryolar, dengizlar va okeanlar
suvlarining mexanik energiyasi,
shamol energiyasi, og‘ir yadrolarning
parchalanishida hosil bo‘luvchi yadro energiyasidan foydalanish
an’anaviy hisoblanadi. 1.1- rasmda XIX asrning so‘nggi 20 yili va XX
asr davomida jahon miqyosida insoniyat faoliyatining turli jabhalarida
energiya resurslaridan foydalanishning dinamikasi tasvirlangan. Undan
barcha turdagi energiya resurslaridan
foydalanish intensiv ortib
borganligini kuzatamiz. Bunda ko‘mirdan foydalanishning nisbiy o‘sib
borishi yildan-yilga nisbatan bir tekis bo‘lib, XX asrning oxirida
umumiy foydalanilgan energiya resurslarining taxminan 30% qismini
tashkil etsa, gaz va neftdan foydalanishning nisbiy o‘sishi keskin ortib
borganligini ko‘ramiz. Buning asosiy sababi ularni masofaga uzatish va
ishlatishning kam xarajatlarni talab etishidir.
7
1.1- rasm. Jahon miqyosida energiya resurlaridan foydalanish
dinamikasi.
So‘nggi ikki asr davomida yer yuzida
aholi soni va energiyaga
bo‘lgan talab shiddat bilan ortib bordi. Bunda yer kurrasining aholisi olti
marta, energiyaga bo‘lgan talab esa, aholi jon boshiga besh marta o‘sdi.
1.2-rasmda XIX asrning oxiri va XX asr davomida jahon miqyosida
birlamchi energiya iste’moli uning aholi jon boshiga to‘g‘ri miqdorining
o‘zgarishi tasvirlangan.
1.2- rasm. Jahon miqyosida birlamchi energiya iste’moli va uning aholi
jon boshiga to‘g‘ri kelish miqdorining o‘zgarishi.
8
Energiyaga bo‘lgan talabning bunday tarzda intensiv o‘sib
borishi
yangi energiya resurslarining yangi zaxiralarini qidirib topish, ulardan
samarali foydalanish, muqobil energiya manbalarini aniqlash kabi
vazifalarni bajarishni taqozo etadi.
Hozirgi davrda yer kurrasida mavjud barcha energiya
resurslarining potensiali shartli yoqilg‘i birligida
quyidagi miqdorlarda
baholangan (t.sh.yo.):
– organik yoqilg‘ining kimyoviy energiyasi – 1,77*10
13
;
– yadro energiyasi – 0,67*10
14
;
– termoyadro energiyasi – 1,22*10
17
;
– geotermal energiya – 1,0*10
14
;
– quyoshning yer kurrasiga tushuvchi energiyasi – 0,82*10
14
;
– daryolarning energiyasi (bir yillik) – 0,4*10
10
;
– shamol energiyasi (bir yillik) – 2,1*10
11
;
– o‘rmonlarning bioenergiyasi (bir yillik) – 0,5*10
10
;
– oqim energiyasi (bir yillik) – 0,86*10
14
.
Elektr va issiqlik energiyalarini ishlab chiqaruvchi energetika
tizimi o‘z taraqqiyoti jarayonida boshqa bir qator tizimlarning ta’sirida
bo‘ladi va aksincha, ularga ta’sir etadi (1.3-rasm).
1.3-rasm. Energetika tizimining boshqa tizimlar bilan bog‘liqlik
sxemasi.
Dostları ilə paylaş: