3-§. Aksionerlik jamiyatlari va ular faoliyatlarining xususiyatlari Aksionerlik jamiyatlari ancha katta hajmda investitsion mablag'lar
va iqtisodiy resurslar taqozo qilinadigan loyihalarni amalga oshirish uchun
zarur bo'lgan ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda moliyaviy
resurslarni alohida o'ziga xos shaklida, ya'ni xissadorlik tartibida
birlashtirish asosida tashkil qilinadigan korxonalardir.
Aksionerlik jamiyatiga qo'yilgan kapital miqdoriga qarab, qimmatli
qog'oz-aksiya chiqarish va uni joylashtirish hissadorlik munosabatlaning
eng asosiy xususiyatlaridan biridir.
Aksiya - bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga o'zining
ma'lum hissasini qo'shganligi va uning foydasidan dividend shaklida
daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatli qog'ozdir.
Aksiya o‘z egasiga korxonani boshqarishda qatnashish va jamiyat
tugatilganda uning mulkiga sheriklik huquqini ham beradi.
Aksiyaning nominal qiymati -a ksiya d a ifodalangan pul summasidir,
aksiya kursi uning qimmatli qog'ozlar bozorida sotiladigan bahosidir.
Aksiya kursi - dividend miqdorining
(д) bank foizi stavkasiga (ch’)
bo'lish yo'li bilan aniqlanadi.
Aksiya kursi = *100 Obligatsiya - uning egasi aksionerlik jamiyatga doim iyfoiz shaklida
daromad olish sharti bilan pul qo'yganligidan guvohlik beruvchi qimmatli
qog'ozdir.
Ta’sischilik foydasi - aksionerlik jam iyatlarini ta ’sis etuvchilar
o'zlashtiradigan daromad shakli bo'lib, u sotilgan aksiyalar summasi
va jamiyatga haqiqatda qo'yilgan mablag' miqdori o'rtasidagi farqdan
kelib chiqadi.
105
4-§. Menejment korxonalarni boshqariish tizimi. Marketing va uning tizimi