gruntlarda va ish sharoiti og4r bo‘lgan boshqa joylarda samarali
ishlaydi. Shu sabablarga ko'ra um um iy ish vaqtining 70-75% qismi
katta tortish kuchi bilan ish yurishiga
sarflanadigan buldozerlar
uchun asosiy baza m ashina gusenitsali traktordir. G ‘ildirakli
buldozerlardan, asosan, yordamchi ishlarda foydalaniladi,
Boshqarish mexanizmiga ko‘ra gidravlik boshqariladigan va kanat-
bloklar bilan boshqariladigan buldozerlar farq qilinadi. Gidravlik
boshqariladigan buldozerlarda ag‘dargichni kolarish,
tushirish va
beriigan vazivatda qotirib qo’yish, ba’zan esa uni og'dirish ishlari
boshqarish sistemasining gidrosilindrlari yordamida amalga oshiriladi.
Kanat-blok bilan boshqariladigan buldozerlarda ag‘dargich baza
mashinaga o‘rnatilgan chig'ir yordamida ko‘tariladi, tushiriladi va
kerakli vaziyatda qotirib qo‘yiladi. Hozirgi
vaqtda sanoatda faqat
gidravlik boshqariladigan buldozerlar ishlab chiqarilmoqda.
Dostları ilə paylaş: