T. Xudayshukurov Biznes – etiket



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/58
tarix21.10.2023
ölçüsü1 Mb.
#158688
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   58
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009

Tayanch iboralar: 
bezatilgan ziyofat stoli; ofis, uy sharoiti, sayr joyi; dasturxon; lagan va 
likopchalar; salfetka; pichoq va qoshiq; desert pribor; ichimliklar idishi. 
Nazorat savollari: 
1. Bezatilgan ziyofat stoli deganda qanday stol tushuniladi? 
2. Stol ustiga to’shaladigan dasturxon va qo’yiladigan idish–tovoqlar, 
ovqatlanish priborlariga qanday talablar qo’yiladi? 
3. Ziyofat stoli ustiga dasturxon qanday to’shaladi? 
4. Ziyofat stoli atrofida har bir mehmon uchun ajratiladigan joyning 
kengligi qancha bo’lishi kerak? 
5. Ziyofat stoli ustida laganlar, ikkinchi go’sht va baliq taomlari, gazaklar 
va birinchi taom uchun sanchqi, pichoq va qoshiqlar stolning qayeriga va 
qanday qo’yiladi? 


90 
6. Ziyofat stoli ustida desert taomlar va issiq ichimliklar uchun pribor va 
idishlar qayerda va qanday joylashtiriladi? 
7. Alkogolli va alkogolsiz ichimliklar uchun idishlar ziyofat stolining qaysi 
joyiga va qanday tartibda qo’yiladi? 
12.4.Ovqatlanish va ziyofat stoli atrofida o’tirish va o’zini tutish 
qoidalari
 
 
Restoranga ovqatlanish uchun borgan va ziyofat stollari atrofida 
o’tirishda xo’randa va mehmonlar uchun amalda qator etik qoidalari 
shakllangan. Ushbu qoidalarning o’quvchi–kitobxon va talabalar 
tomonidan tez va oson o’zlashtirilishi uchun har bir biznesmen o’zini 
oddiy xo’randa va mehmondo’stlikka kelgan mehmon o’rniga qo’yishi 
lozim. 
Mehmondorchilikda ham, restoranda ham erkak kishilar stol 
atrofidagi o’z joylariga ayol kishilar o’tirgandan keyingina o’tirishlari 
mumkin. O’tirganda tizzalar tik va yelka kengligida bo’lishi shart. 
Qo’llarini yoki tirsaklarini ovqatlanish yoki ziyofat stoli ustiga qo’yib 
o’tirish madaniyatsizlik belgisi sifatida qaraladi. Shu boisdan ham taom 
iste’mol qilinib boshlanmaguncha qo’llar tizza ustida ushlab turilishi shart. 
Amaldagi etik qoidalarga ko’ra stulda engashmasdan tik o’tirish lozim. 
Uning uchun xo’randa yoki mehmonning orqasi stulning suyanchig’iga bir 
tekis tegib turishi kerak. 
Oyoqlarni uzatib, chalqanchasiga o’tirish ham yevropacha xalqaro va 
sharqona etiket qoidalari bo’yicha qat’iy man qilinadi. Xuddi shuningdek, 
yonidagi ayol kishi tomon orqasi bilan o’girilib o’tirish ham mumkin 
emas.
Stol atrofida o’tirganda, qayerda bo’lishidan qat’iy nazar, sochlarini 
tarash, atir–upa sepish va lablarini buyosh, tishlarini kovlash ham man 
etiladi, chunki bunday hatti–harakatlar nafaqat yevropacha xalqaro, 
sharqona etiket qoidalariga ham to’g’ri kelmaydi. Yana bir narsa esdan 
chiqmaslik kerakki, restoranda yoki mehmondo’stlikda stol atrofida 
o’tirishda amaldagi etik qoidalarga ko’ra xizmat qiluvchi xodimlarni 
baland ovoz chiqarib chaqirish yoki baland ovoz bilan, ayniqsa masofada, 
taom va ichimliklarga buyurtma berish ham mumkin emas. Ular faqat 
ovozsiz imo–ishoralar yordamida chaqiriladi yoki kelishi kutib turiladi.
Mehmondorchilikda yoki restoranda ovqatlanish stoli yoki ziyofat 
stoli atrofida o’tirganlardan biri aksirganda, uning tanish yoki notanish 
bo’lishidan qat’iy nazar, unga “sog’ bo’ling” tilagani bildirmaslik kerak va 


91 
eshitmaganlikka solib suhbatni davom yetkazish lozim. Sharqona etiket 
qoidalari ham shuni talab qiladi. 
Stol atrofida o’tirganda taomni keltirishmaguncha gaplashib o’tirish 
mumkin. Bunda ham ma’lum bir qoidalarga rioya qilinishi lozim. Bu yerda 
ularning faqat asosiylariga e’tibor beriladi. Stol atrofida baland ovoz bilan 
yoki shivirlab gaplashish mumkin emas, chunki sizning baland ovozingiz 
boshqa kishilarga halaqit berishi yoki yoqmasligi mumkin; shivirlab 
gapirish esa odam psixikasiga baland ovozdan ham yomon salbiy ta’sir 
qiladi. 
Bundan tashqari suhbat mavzusi stol atrofida o’tirganlarning 
hammasi uchun qiziqarli bo’lishi shart. Hyech qachon munozarali 
masalalar va taomlarning narxi to’g’risida stol atrofida gap ketmasligi 
kerak, chunki munozara vaqtida birovlarning ko’ngliga ozor berilishi, 
taomlar va ichimliklar narxi 
to’g’risidagi gaplar esa sizlarni 
mehmonchilikka chaqirgan kishiga yoqmasligi mumkin. 
Bu yerda banda qo’yilgan masaladan ozgina chetlanib quyidagi etiket 
qoidasiga kitobxonlar diqqatini tortmoqchimiz: shunday vaziyatlarning 
guvohi bo’lamizki, mehmon bo’lib kelgan kishilar taklif qilgan kishining 
imkoniyatlarini hisobga olmasdan hohlagan taomlariga va ichimliklariga 
buyurtma berisha beradi. Amaldagi xalqaro va sharqona etiket 
qoidalalariga ko’ra buyurtma berish mehmonchilikka chaqirgan kishiga 
havola qilinishi kerak, chunki u o’zining iqtisodiy imkoniyatini va 
mehmonlar hohishini hisobga olib buyurtma beradi. 
Band mavzusiga qaytib, shuni ta’kidlash lozimki, yonidagi kishining 
u tarafidagi mehmon bilan gaplashishi zarur bo’lsa, etiket qoidalari bunday 
vaziyatda qo’shnining orqa tomonidan engashib, aytmoqchi bo’lgan 
gaplarini sekin gapirishni va suhbatni cho’zmaslikni tavsiya qiladi. 
Gapirishda ham suhbatdoshning diqqatini o’ziga tortish maqsadida unga 
qo’l bilan teginish mumkin emas. 
Restoranda va mehmondo’stlikda boshqa stollar atrofida o’tirgan 
kishilar bilan gaplashish zarur bo’lib qolganda quyidagicha harakat qilish 
lozim: yonida o’tirgan kishilardan kechirim so’rab va o’rnidan turib, 
boshqa stol atrofidagi kishi yoniga borib, uning yonidagilardan kechirim 
so’rab, gapiradigan gaplarini gapirishi va tezda joyiga kelib o’tirishi kerak; 
qayta kelib o’tirishda ham yonida o’tirganlardan yana bir bor kechirim 
so’rashi lozim. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin