T. Xudayshukurov Biznes – etiket



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/58
tarix21.10.2023
ölçüsü1 Mb.
#158688
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   58
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009

 
Tayanch iboralar: 
balo (ofat), umumiy tavsiya; Yevropa mamlakatlari; kuldon; chekmaslik 
belgisi; ruxsat olish; ziyofat stoli va chekish; chekuvchilar uchun alohida 
zal; sigaret va trubka. 
 
Nazorat savollari: 
1. Chekish bo’yicha umumiy tavsiyalarni bilasizmi? 
2. Nima sababdan ba’zi Yevropa mamlakatlarida sigaret chekuvchilar 
uchun restoranlarda alohida ovqatlanish zallari va chekish joylari tashkil 
qilinmoqda? 
3. Restoranda chekish yoki chekish mumkin emasligini qanday bilishi 
mumkin? 
4. Chekish uchun ruxsat berilgan restoranlarning ovqatlanish zallarida 
sigaret chekish uchun erkak va ayol kishilar kimlardan ruxsat olishlari 
mumkin? 
5. Ziyofat stoli atrofida chekish uchun kimlar ruxsat berishi kerak? 
6. Restoranlarida chekuvchilar uchun alohida ovqatlanish zali tashkil 
qilingan Yevropa mamlakatlariga borganda yuzaga kelgan vaziyatlardan 
qanday chiqishlari mumkin? 
12.6. Taomlarni istyemol qilish etiketi qoidalari 
 
 
Biznesmenlarning madaniyati to’g’risida taomlarni bevosita iste’mol 
qilishiga va ularni istyemol qilish istrumentlaridan foydalanishiga hamda 
stoldan turishiga qarab xulosa qilinadi. Shu sababli ham taom iste’mol 
qilish, instrumentlardan foydalanish, ovqatlanish stoli atrofidan turishiga 
qarab, ayniqsa chet mamlakatlarda nafaqat biznesmen, uning millatining 
madaniyati to’g’risida ham xulosa qilinishi mumkin. 
Ushbu bandda taomlarni iste’mol qilishning xalqaro etiket 
qoidalariga 
e’tibor berilgan. Band materiallarini o’zlashtirishni 
osonlashtirish har bir biznesmen – kitobxon o’zini xo’randa o’rnida 
ko’rish bilan bevosita bog’liq. 
Restoran va mehmondo’stlik ziyofatlarida ovqatlanish jarayoni unga 
tayyorgarlik ko’rishdan, tayyorgarlik esa bezatishdan, stol ustiga qo’yilgan 
salfetkalardan foydalanishdan boshlanadi. Ma’lumki, nufuzli restoranlarda 
ovqatlanish stoli ustiga har xil shakllarda buklangan mato va qog’oz 


95 
salfetkalar qo’yiladi. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, mato 
salfetkalardan kiyimni taom qoldiqlari bilan ifloslanishdan saqlash, qog’oz 
salfetkadan esa og’iz va qo’llarni tozalash uchun foydalaniladi. Bundan 
tashqari mato salfetkadan barmoqlar uchlarini artish uchun ham 
foydalanish mumkin. Shu sababli ham taomni iste’mol qilib boshlashdan 
oldin buklangan mato salfetkani ochib, tizzaga to’shash lozim. 
Ovqatlanishga umumiy etik qoidalardan tashqari fiziologik talablar 
ham qo’yiladi. Fiziologik talablardan eng asosiylaridan bir shundan 
iboratki, ovqatlanishda xo’randaning butun diqqati ovqatga qaratilgan 
bo’lishi kerak. Boshqa narsalarga, masalan, gazeta, jurnal o’qish yoki 
televizor ko’rish uchun diqqatni bo’lmaslik lozim, chunki diqqatning 
bo’linishi iste’mol qilingan taomning hazm bo’lishini pasaytirib yuboradi. 
Xuddi shuningdek, og’ziga olingan taom bo’lakchalari juda mayda qilib 
chaylanilishi va keyin yutilishi kerak. Mayda chaynalgan taom juda tez 
hazm bo’ladi. Ovqatlanish davrida diqqatni bo’lmaslik kerakligini rus 
xalqining “ovqatlanishda men kar va gungman” degan kabi dona so’zlari 
yaqqol tasdiqlaydi. 
Taomlarni iste’mol qilishning umumiy etik qoidalari quyida batafsil 
bayon etiladi.
Taomlarni iste’mol qilish jarayonida chap qo’l panjalari stol 
chekkasining ustida bo’lishi kerak. Bundan tashqari ustiga taom quyilgan 
tarelkani joyidan u yoki bu tomonga surish va unga qo’l bilan teginish 
mumkin emas. Taomlarni bevosita iste’mol qilishda ular solingan 
idishning ustiga juda ham ko’p engashmaslik kerak, chunki bu boshqa 
tomondan qaraganda juda ham yomon ko’rinadi va madaniyatsizlik 
belgisi deb hisoblanadi. Shuning uchun ham iste’mol qilishda taom ustiga 
kamgina engashish kerak, chunki taom tomchilari va bo’lakchalari qoshiq 
yoki sanchqidan idishga qaytib tushsa kifoya. Idishlarni stol ustiga 
qo’yilgan joyidan olib va qo’lda ko’tarib taomni iste’mol qilish ham o’ta 
madaniyatsizlik 
hisoblanganli 
sababli 
yevropacha 
xalqaro 
etiket 
qoidalariga ko’ra taom iste’mol qilishning bu shakli man qilingan. 
Stolga berilgan birinchi taom, ayniqsa O’zbekiston yozgi iqlim 
sharoitida, juda ham issiq bo’lishi mumkin. Sovutish uchun issiq taomlar 
ustidan og’iz bilan puflash etiket qoidalari bo’yicha man etiladi, chunki 
puflayotgan havo tarkibidagi mikroorganizmlar stol atrofidagi boshqa 
kishilarga tushib, ifloslashi mumkin. Shuning uchun ham taomning tabiiy 
holda sovushini kutib turish va kutish davrida qoshiq yordamida uni 1 – 2 
marta aralashtirib qo’yish tavsiya qilinadi. 


96 
Umumiy etiket qoidalaridan yana biri shundan iboratki, taomni 
iste’mol qilishda og’izni katta ochmaslik kerak. Bu tashqaridan 
ko’zatayotgan kishilar uchun juda ham yomon ko’rinadi. Shu boisdan ham 
og’izga solinadigan mahsulotlar kichik bo’lakchalarga kesilgan yoki 
bo’lingan bo’lishi lozim. Og’izga olingan taom bo’lakchalarini juda tez, 
ayniqsa chapillatib chaynash etiket qoidalariga ko’ra man qilingan. 
Taomni shunday chaynash va yutish kerakki, stol atrofidagilar buni 
sezmay ham qolishlari kerak. Bundan tashqari og’izda taom bor vaqtida 
gaplashish va ichimliklar ichish ham mumkin emas, chunki gaplashishda 
taom zarrachalari og’izdan dasturxonga uchib chiqishi, ichilayotgan 
ichimliklarga tushishi ham mumkin. Bunday hollarda nafaqat buni kuzatib 
turgan kishilarga, ovqatlanayotgan odamning o’ziga ham juda noqulay 
bo’ladi. 
Yevropacha va sharqona etiket qoidalari bo’yicha taom faqat o’ng 
qo’l yordamida iste’mol qilinishi kerak, albatta bundan chapaqaylar 
istisno. Bu ikkala qoida bo’yicha ham ovqatni pichoq yordamida olib 
yeyish va ovqatlanish davrida bir–birlariga qo’l bilan imo–ishoralar qilish 
ham tavsiya etilmaydi.
O’quvchilar diqqatini yana bir etik qoidaga tortish o’rinliki, u ham 
bo’lsa shundan iborat: bulonlar, pyuresimon suplar va sho’rvalarga 
o’xshagan barcha suyuq taomlar qoshiq bilan birdaniga oxirigacha 
ichilmaydi va idishning tagida qoldiq qoladi. Lekin qoldiqni oxirigacha 
ichish man qilinmaydi. Uning uchun taom qoldiqli chuqur lagan o’zidan 
teskari tomonga chap qo’l bilan ozgina ko’tariladi va yig’ilgan taom 
qoldig’i o’zidan teskariga harakat qilib qoshiqga olinadi. Maxsus 
chashkalarda berilgan bulon va pyuresimon suplar qoldiqlari xuddi 
ichimlik singari idishlari ko’tarilib ichiladi. Uning uchun chashkadan 
desert qoshig’i chiqarilib, chashka tagiga qo’yilgan likopchaning ustiga 
qo’yiladi, chashka esa chap qo’l bilan dastasidan (bandidan) ushlab, 
ko’tarilib, qoldiq ichiladi va chashka likopcha ustiga qayta quyiladi. 
Ovqatlanishda yana shunga e’tibor berish kerakki, birinchi taomlarni 
iste’mol qilishda, ularning laganga qayta to’kilmasligi uchun qoshiqni 
to’ldirib olmaslik kerak. Bundan tashqari baliq qiltanoqlari, mevalar danak 
va urug’lari ham taom iste’mol qilinayotgan laganning bir chekkasiga yoki 
mahsus qo’yilgan likopchaga og’izdan bildirmasdan chiqarib qo’yilishi 
shart. Ana shunday ovqatlanishda bir–birlarining og’ziga qarab turish 
etiket qoidalariga ko’ra tavsiya qilinmaydi. 
Etiketning ovqatlanish bo’yicha asosiy qoidalaridan yana biri 
shundan iboratki, Yevropa mamlakatlari halqlarining ikkinchi taomlarini 


97 
iste’mol qilishda lagandagi sous qoldiqlarini oxirigacha, ayniqsa non bilan 
surkab, yeyish mumkin emas. Bu qoida palov, qovurilgan go’sht va baliq 
kabi milliy taomlarni iste’mol qilishda ham esdan chikmaslik kerak, eng 
yaxshisi ular qoldiqlarining laganda qolgani yaxshi, chunki Yevropa 
mamlakatlari xalqlari sous va yog’ qoldiqlarni surtib, tozalab yeyishga 
madaniyatsizlik belgisi sifatida qarashadi. 
Maxsus naychalar bilan stolga berilgan sovuq ichimliklar umuman 
oxirigacha ichilmasligi kerak, chunki suyuqlik bilan birga havo tortilganda 
atrofdagilar uchun yoqimsiz tovush chiqadi. 
Bundan 
oldin 
ta’kidlanganidek, o’zini madaniyatli deb 
hisoblaydigan biznesmen doimo xalqning nazorati ostida bo’lishi va 
boshqa millatlar vakillari bilan tez–tez uchrashib turishi sababli shuni 
esdan chiqarmasligi kerakki, issiq ichimliklar (kofe, choy, kakao kabilar) 
maxsus chashka va stakanlarda qoshiqcha bilan berilishiga qaramasdan, 
qoshiqsiz ichiladi, chunki qoshiqdan, bundan oldin ta’kidlanganidek, 
ularga solinadigan shakar, qand va asal kabi shirinliklarni faqat 
aralashtirish uchun foydalaniladi. Ichimliklarni ichishda ham chashka yoki 
stakan ular tagiga quyilgan likopcha bilan birga ko’tarilib ichilmaydi. 
Faqat chashka yoki stakandagi qoshiqsiz chap qo’l bilan bandidan 
ushlanib, ko’tarilib ichiladi. 
Agar restoranda yoki mehmondo’stlik ziyofatida chashka yoki 
stakanda paketli choy damlab berilsa, choyni ichishdan oldin ipidan ushlab 
paket chiqarilib olinib, likopchaning qarama–qarshi yoki chap tomoniga 
qo’yiladi, keyin esa choyga shirinliklar solinib, shaxsiy berilgan qoshiqcha 
bilan aralashtiriladi, qoshiqcha esa likopchaning o’ng tomoniga olib 
qo’yilgandan keyin yuqorida ko’rsatilgandek, chap qo’l bilan bandidan 
(dastasidan) ushlab, qo’tarilib ichiladi. 
Taom hammaga keltirilgandan keyingina iste’mol qilinib boshlanadi. 
Ovqatlanish uchun restoranlarga faqat erkaklar yoki faqat ayol kishilar 
kelganda birinchi bo’lib ovqatlanishni yoshi eng ulug’i boshlaydi. 
Restoranlarda mehmondo’stlik qilishda, u yerda o’tirgan mehmonlarning 
yoshidan va jinsidan qat’iy nazar, taomni iste’mol qilishni stol egasi, ya’ni 
mehmondorchilikni tashkil qilgan kishi, boshlab beradi. Uy sharoitida 
mehmondo’stlik qilishda esa faqat uy bekasi boshlagandan keyingina 
mehmonlar ovqatlanishni boshlashadi. 
Taomlar iste’mol qilish jarayonida foydalanilgan salfetkalar stol 
ustida qoldiriladi. Mato salfetka ustiga taom idishi quyilgan yassi 
laganning yonida, agar u yig’ishtirib olingan bo’lsa, uning o’rnida 


98 
qoldiriladi. 
Qoldirishda 
salfetkalar 
qayta 
bo’klanmaydi, qanday 
foydalanilgan bo’lsa, shunday holda qodiriladi. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin