T. Xudayshukurov Biznes – etiket



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/58
tarix01.02.2023
ölçüsü1 Mb.
#82270
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   58
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009

Tayanch iboralar: 
qulay va ishonchli sharoit; dizayn; tabassum va miyig’idan kulish; 
mehmondorchilik elementi; munosabat vositalari; tengqurlar; imo–
ishoralar; ma’lumot va dalillar. 
Nazorat savollari: 
1. Suhbatning muvaffaqiyatli borishi uchun qanday sharoit yaratilishi 
kerak? 
2. Suhbatning ishonchli bo’lishida chehradagi tabassum qanday 
ahamiyatga ega? 
3. Suhbat davrida suhbatdoshlarga nima sababdan kofe, choy, meva 
sharbati yoki mineral suvlar taklif qilinadi? 
4. Suhbatning ishonchli bo’lishida munosabatga tushish vositalaridan 
to’g’ri foydalanishning ahamiyatini bilasizmi? 
5. Suhbatning ishonchli va qo’lay sharoitda borishiga muloqotga 
tushishning xushmuomalalik shaklidan tashqari yana qanday omillar ta’sir 
qilishini bilasizmi? 
9. Sovg’a va vizit kartochkalari 
9.1. Sovg’alar va ularni topshirish qoidalari 
 
Hozirgi vaqtda xizmat korxonalarida, shu jumladan biznes 
korxonalarda xodimlarga, yaqin va tanish kishilarning bir–birlariga sovg’a 
berishi an’anaga aylangan. Odatda sovg’alar bayram, yubiley, to’g’ilgan 
kunlari, hamkorlar va yaqin kishilarning bir–birlari bilan uchrashuvi 
munosabati bilan beriladi. 
Sovg’ani tanlashda va nima munosabat bilan kimga berilishini 
hisobga olish kerak. Amaldagi etiket qoidalari sovg’ani, kimga va nima 
munosabat bilan berilishidan qat’iy nazar, xuddi o’ziga tanlangandek 
tanlashni taqozo qiladi. Ayniqsa biznes korxonalari xodimlari sovg’a 
tanlashga juda ham katta e’tibor berishlari kerak. Ularni tanlashga 
qo’yiladigan asosiy etik talablar qo’yidagilardan iborat: birinchidan, 
sovg’a o’zining narxi bo’yicha qimmat bo’lmasligi kerak; ikkinchidan 
barcha xodimlarga beriladigan sovg’alarning narxlari taxminan bir xil 
bo’lishi lozim. 
Birinchi talabning mohiyati shundan iboratki, bayramlarda xodimlar 
ham korxona rahbarlariga ham sovg’a qilishlari lozim bo’ladi. Rahbarlar 
tomonidan xodimlarga qimmatbaho savg’o berilishi xodimlarning 
iqtisodiy jihatdan qiynalib qolishiga olib kelishi mumkin. Ikkinchi talabni 


67 
hisobga olmasdan ba’zilarga qimmatbaho sovg’alar berilganda xodimlar 
o’rtasida rahbariyatning korxonada ishlaydigan xodimlarga bir “ko’z” 
bilan qaramasligi, hatto bayramlarda ham shaxsiy xizmatlar va tanish–
bilishliklar hamda jo’rachilik hisobga olinishi to’g’risida yomon fikrlar 
shakllanishi mumkin. 
Amaldagi etiket qoidalariga binoan yuqorida ko’rsatilgan sabablarga 
ko’ra sovg’alar narxi yozilgan etiketkasiz topshiriladi. Bundan tashqari 
berilgan sovg’a xodimning kayfiyaitiga ko’rganda doimo ijobiy ta’sir 
ko’rsatadigan, qiziqishini qondiradigan yoki undan uyda foydalanish 
mumkin bo’laoladigan bo’lishi kerak. 
Sovg’alar bilan xodimlarni taqdirlashda yana shuni esdan 
chiqarmaslik kerakki, u yoki bu ishga yaqinda kelgan va korxonaga 
xizmati hali singmagan, rahbarga nisbatan munosabati uncha yaxshi emas 
yoki e’tiborga uncha loyiq bo’lmagan lavozimda ishlaydi deb hyech kimni 
e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. 
Xodimlarga sovg’alarni topshirishda ham etiket qoidalariga rioya 
qilinishi kerak: birinchidan, sovg’a xodimga shaxsan topshiriladi; 
ikkinchidan, sovg’ani topshirishda har bir xodim faoliyatining ijobiy 
tomonlari alohida ta’kidlanib o’tilishi shart. Faqat shundagina har bir 
xodim korxonada o’ziga yarasha o’rni borligini va hurmatga sazovorligini 
his qiladi va mehnati bilan g’ururlanadi, natijada uning korxona xodimlari 
va rahbariyatiga bo’lgan hurmati oshadi hamda mehnatiga bo’lgan 
munosabati yana yaxshilanadi. 
Sovg’a berish Markaziy Osiyo respublikalari xalqlariga xos eng 
yaxshi xislatlardan biri hisoblanadi. Bunday xislat biznes sohasida faoliyat 
ko’rsatadigan kishilarga ham mansub, chunki bu yerda yashaydigan 
o’zbeklar, tojiklar va boshqa mahalliy xalqlar o’ta mehmondo’st. Ular 
nafaqat bir–birlarini, boshqa mamlakatlardan kelgan tanish, hatto notanish 
mehmonlarni ham ziyofat qilish va ularga esdalik sovg’alarini berishdan 
tashqari boshqa chet mamlakatlarga o’zlari borganda ham sovg’a olib 
borishadi, 
chunki 
Markaziy 
Osiyo 
xalqlarining, 
shu 
jumladan 
o’zbeklarning, borgan mamlakatlar xalqini siylash ularning asosiy urf–
odatlaridan biriga aylanib qolgan. 
Chet mamlakatlik tanishlar bo’lajak hamkorlar uchun sovg’ani 
tanlash o’ta qiyin masala, chunki bu yerda original sovg’ani tanlashdan 
tashqari uni o’raydigan materiallar rangini tanlashga hamda borgan 
mamlakatlarning qonun–qoidalari va urf–odatlariga ham e’tibor berish 
lozim bo’ladi chunki, ba’zi bir mamlakatlarda, masalan, Xitoy, 
lavozimdagi kishilarga sovg’a berish davlat qonuniga ko’ra mumkin emas. 


68 
Chet elliklarga sovg’alarni tanlashda ham xuddi o’ziga tanlagandek tanlash 
kerak; bundan tashqari sovg’a arzon bo’lishidan tashqari juda ham original 
bo’lishi lozim, chunki chet elda shuni taqozo qiladigan etiket qoidalari 
amal qiladi. Ba’zi bir mamlakatlarda, masalan, Amerika qo’shma 
shtatlarida, sovg’aning narxi ma’lum bir summadan oshgandan keyin 
sovg’a bilan taqdirlangan kishi davlatga soliq to’lashi kerak. Shu sababli 
ham fuqarolari sovg’adan soliq tulaydigan mamlakatlarga borganda 
suvenirning narxi ko’rsatilgan qog’ozi qoldirilishi, boshqa mamlakatlarda 
esa olib tashlanishi kerak. 
Rasmiy bo’lmagan uchrashuvlarda, masalan, shaxsiy biznes 
masalalari bilan borganda, sovg’a shaxsan o’z qo’li bilan topshiriladi, 
rasmiy uchrashuvlarda esa sovg’a qilinadigan suvenirlarni mehmonxona 
xonalariga olib borib topshirish tavsiya qilinadi.
Sovg’a sifatida korxona mahsulotlari, shu jumladan oziq–ovqat 
mahsulotlari (masalan, yuqori sifatli spirtli ichimliklar, choy, qandolatlar 
mahsulotlari va shu) va milliy suvenirlar va narxi qimmat bo’lmagan 
boshqa original buyumlar beriladi. 
Barcha suvenirlar, guldan tashqari, upakovkaga solinib (o’ralib) 
beriladi. O’rash materiallarini tanlashda ularning ranglariga katta e’tibor 
berish tavsiya etiladi, chunki materiallar rangiga bo’lgan munosabat har xil 
mamlakatlarda har xil. Masalan, Amerika qo’shma shtatlarida qizil rang 
sevgi, sariq rang gullab–yashnash, ya’ni taraqqiyot, yashil – umid, zangori 
(havo) rang – vafodorlik, oq rang esa soflik (poklik) belgisi hisoblanadi; 
Xitoyda qizil rang ezgulik va jasoratni, xushxabar va baxtni, qora rang – 
halollikni, oq rang esa razillik va sohtalikni bildirib, ta’ziya rangini 
bildiradi. Bulgarlarda to’q - yashil va jigarrang, Avstriyada yashil rang, 
Gollandiyada esa to’q sariq va zangori ranglar mashhur hisoblanadi.
Keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, boradigan mamlakat 
xalqining urf–odatlarini va rasm–rusumlarini bilmasdan sovg’a turlarini va 
ularni o’rash materiallarining ranglarini tanlash juda ham qiyin bo’ladi. 
Shu boisdan ham boradigan mamlakatda qanday sovg’alar va ularni o’rash 
materiallari ranglarining o’rinli bo’lishi to’g’risidagi ma’lumotlarni bilish 
lozim. 
Chet mamlakatlarga borganda tanishlar va hamkorlar, ayniqsa 
o’zbeklarning urf–odatlari bilan tanish kishilar, uylariga mehmonchilikka 
chaqirishlari mumkin. Esingizda bo’lsinki, birovning uyiga ziyofatga va 
xizmat yuzasidan boshqa ishlar bilan borganda guldan yaxshi sovg’a
bo’lmaydi. Gullarni tanlashda ham borgan mamlakat xalqining urf–odatiga 
xos xususiyatlarni ham hisobga olish kerak, chunki ba’zi bir 


69 
mamlakatlarda gortenziya va xrizantema ta’ziya guli hisoblanadi va sovg’a 
qilinmaydi; ba’zilarida – yarqiragan qizil gul sevgi belgisi hisoblanib, 
faqat eng yaqin kishilarga (onasi, opasi yoki singlisi, xotini yoki qaylig’i) 
beriladi. 
Eng 
yaxshisi, 
gulni 
olishda 
uni 
sotayotganlar 
bilan 
maslahatlashish kerak. 
Gul, boshqa sovg’a turlaridan istisno holda, o’rab berilmaydi. Agar 
sovuq havoda qog’ozga o’ralgan bo’lsa ham uni sovg’a qilishdan oldin 
qog’ozi olib tashlanishi shart. Birovning uyiga borganda gul faqat uy 
bekasiga beriladi. Amaldagi yevropacha etiket qoidalariga ko’ra sovg’a 
sifatida beriladigan gullar soni toq bo’lishi kerak. Lekin aksariyat 
musulmon davlatlarida gullar soni juft bo’lishi lozim. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin