87
3. Tashqi ko’rinishdagi kamchiliklar qayerda nazardan o’tkaziladi va
tuzatiladi?
4. Ziyofat zaliga kim birinchi bo’lib kirishi kerak?
5. Restoranda ziyofat joyi qanday tanlanadi?
6. Restoran va uy sharoitlarida mehmondo’stlik qilishda, uy egalari va
bekalariga nisbatan qaysi joylar faxriy
hisoblanadi va eng hurmatli
mehmonlar qanday o’tirg’iziladi?
7. Restoran va uy sharoitlarida mehmondo’stlik qilishda faxriy joylardan
boshqa joylarga mehmonlarni o’tirg’izish tartibini bilasizmi?
8. Mehmondo’stlikka bir korxonadan bir nechta vakil kelganda ular
qanday o’tirg’iziladi?
9. Biznesmenlar oddiy safar vaqtida umumiy ovqatlanish korxonalarida
ovqatlanishida qaysi etik qoidalarga rioya qilishlari lozim?
12.3. Ziyofat stolini bezatish qoidalari
Ma’lumki, mehmondo’stlikka kelgan kishilar bundan oldingi bandda
ko’rsatilgan tartibda o’z joylarini oldindan bezatilgan ziyofat stollari
atrofida egallaydi. Bezatilgan ziyofat stoli deganda ustiga dasturxon
to’shalgan, zaruriy barcha idish–tovoqlar,
ichimlik ichish idishlari,
ovqatlanish instrumentlari, ziravorlar, salfetkalar va gullar qo’yilgan stol
tushuniladi.
Restoranlarda ziyofat stollarini maxsus bilimga ega bo’lgan va
dizayn talablaridan xabardor mutaxassis xodimlar bezatadi. Lekin
mehmondo’stlik doimo restoranlarda tashkil qilinmaydi, u ofislarda, uyda
va sayr qilib dalaga chiqgan joylarda ham tashkil qilinishi mumkin.
Ofislarda, dalaga sayr qilish joylarida va uy sharoitida mehmon kutadigan
biznesmenlar aksariyat hollarda stolni o’zlari bezatishadi. Shu sababli ham
har bir biznesmen ziyofat stolini bezatishdan xabardor bo’lishi shart.
Ko’rsatilgan sabablarga ko’ra ziyofat stollarini bezatish bo’yicha qisqacha
ma’lumot berish maqsadga muvofiq deb topildi.
Ziyofat stoli nafis bezatilgan bo’lishidan tashqari uning ustiga
to’shaladigan dasturxon, qo’yiladigan idish–tovoqlar,
ichimlik idishlari,
ovqatlanish instrumentlari va xizmat ko’rsatishda foydalaniladigan barcha
inventar va instrumentlar toza yuvilgan bo’lishi va sanitariya talablariga
to’liq javob berishi shart.
Ustiga qo’yiladigan idish–tovoqlar, ichimliklar idishlari va boshqa
inventarlarning bir–birlariga tiqilib qolmasligini bartaraf qilish maqsadida
88
bezatish uchun kengroq standart stol tanlanadi. Uning ustiga to’shaladigan
dasturxon kraxmallangan va juda ham yaxshi dazmollangan bo’lishi kerak.
Ziyofat stoli quyida ko’rsatilgan tartibda bezatiladi. Avval polga
qimirlamaydigan qilib o’rnatilgan va tozalangan stol ustiga dasturxon
solinadi. Uning markaziy taxi stolning markaziy o’qiga to’g’ri kelishi,
uchlari esa stol qopqog’idan 25 – 30 sm pastga tushib turishi lozim.
Furshet stolini bezatishda dasturxonning pastga tushib turgan uchidan
polgacha (yergacha) bo’lgan masofa 5 – 10 sm dan ko’p
ham kam ham
bo’lmasligi kerak.
Stol atrofidagi joylar mehmonlar uchun tor bo’lib qolmasligini
hisobga olib, har bir mehmonga mo’ljallab 60 – 70 sm joy ajratiladi va
shunga qarab stullar o’rnatiladi. Qo’yilgan har bir stul o’rtasining
qarshisida stol chekkasidan 2 sm joy qoldirib, ustidan taom solingan idish
qo’yiladigan katta yassi lagan va uning ustidan diametri 20 sm. lik gazak
uchun lagan qo’yiladi. Uning chap tomonidan 5 – 15 sm masofada pirojka
tarelkasi joylashtiriladi. Uning markaziy o’qi ustiga taom idishi
qo’yiladigan laganning markaziy o’qiga yoki stol chekkasidan 2 sm
masofaga to’g’rilab o’rnatiladi. Restoran va mehmondo’stlik qilishda
ishlatiladigan laganlar turlari rasmda 1 da ko’rsatilgan.
Keyin gazak yoki pirojka likopchasining ustiga har xil shaklda
buklangan mato salfetka (rasm 2) qo’yiladi.
Ustiga taom solingan idish qo’yiladigan yassi laganning o’ng
taomnida 0,5 sm masofada tig’i laganga qaratilgan holda pichoqlar va chap
tomonida xuddi shunday masofada tishi
osmonga qaratib sanchiqlar
joylashtiriladi. Pichoq sanchqi va qoshiqlar soni ziyofat stoliga beriladigan
taomlar turi va sonlariga bog’liq bo’ladi. Pichoq va sanchiqlar o’z
navbatida quyidagi tartibda qo’yiladi: tarelkaning o’ng tomonidan go’sht
va baliq taomlari uchun pichoqlar, keyin esa gazaklar uchun pichoq, chap
tomonida esa ketma–ket (tarelkadan boshlab) go’sht, baliq taomlarini va
gazaklarni iste’mol qilish sanchiqlar qo’yiladi. Agar birinchi taom stolga
tortilishi kerak bo’lsa, gazak va baliq taomini iste’mol qilish pichoqlari
o’rtasiga osh qoshig’i, agar bulon yoki pyuresimon sup berilishi nazarda
tutilgan bo’lsa, osh qoshig’ining o’rniga desert qoshig’i joylashtiriladi.
Ziyofat stoli ustiga qo’yiladigan desert priborlar soni mehmonlarga
beriladigan faqat desert taomlar soniga bog’liq bo’ladi
va ular ham stol
ustida joylashtiriladi. Agar desert (shirin taom) sifatida mehmonlarga faqat
kompot taklif qilinadigan bo’lsa, uning uchun desert qoshiq ustiga taom
solingan idish qo’yiladigan yassi laganning orqa, ya’ni qarama–qarshi,
tomonida stol chekkasiga parallel holda dastasi o’ng tomonga qaratilib
89
qo’yiladi. Agar mevalar ham berilsa, ularni iste’mol qilish uchun zarur
bo’lgan disert qoshiq va sanchiqi
ham kompot yoki muzqaymoq
qoshig’ining orqa tomonida birin–ketin holda joylashtiriladi: desert
sanchqisi chap tomonda bandi (dastasi) bilan chap qo’l, desert pichoq esa
dastasi (bandi) bilan o’ng qo’l tomonga qo’yiladi. Taom iste’mol qilish
instrumentlari turlari rasm 3 da ko’rsatilgan
Ikkinchi go’sht va baliq taomlari, gazaklar, birinchi va shirin taomlar
uchun priborlar qo’yilgandan keyin ichimliklar uchun quyidagi tartibda
idishlar qo’yiladi: mehmonning chap qo’li tomonidan unga qaratib birinchi
qatorda aroq uchun ryumka, keyin vino uchun ryumka,
mineral va meva
suvlari uchun fujer, ikkinchi qatorda ko’rsatilgan tartibda oq osh vinosi
uchun reynvey ryumkasi, qizil osh vinosi uchun laft ryumkasi va shampan
vinosi uchun bakal. Mehmonning chap qo’li tomonidan sanchiqilar
qarashisida tuz va ziravorlar solingan pribor qo’yiladi.
Mehmoning chap qo’li tomonida ziyofat stoli chekkasidan 4 sm
qoldirib, ustiga kofe yoki choy uchun chashka qo’yilgan likopcha
joylashtiriladi. Likopcha ustidagi chashka dastasi (bandi) mehmonning
chap qo’li tomoniga qaratilgan bo’lishi kerak.
Likopchaning ustiga
chashkaning o’ng tomonidan desert qoshig’i joylashtiriladi.
Kofe yoki choy likopchasining o’ng tomonida pirojnoye yoki pirogni
iste’mol qilish uchun zarur bo’lgan desert qoshiq yoki sanchqi qo’yiladi.
Yuqorida ta’kidlangan tarzda bezatilgan ziyofat stolining tasviri
rasm 4 da keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: