108
Agar restoranga kelganda
mol va parranda go’shtlaridan
tayyorlangan ikkita yog’sizroq taomga buyurtma berilgan yoki
mehmonlarga ularni tayyorlab berish kerak bo’lsa, mol go’shtidan qovurib
tayyorlangan taomga qizil (spirt aralashtirilmagan) vino, parranda
go’shtidan tayyorlangan taomga esa xush (suxoye)
yoki nimxush
(polsuxoye) shampan vinosi tavsiya qilinadi.
Baliqdan tayyorlangan issiq taomlarga odatda risling, sinandali,
silvaner, fetyasku kabi vinolar beriladi. Ho’l sabzavotlar (bodring,
pomidor), ko’katlar, gulkaram, yashil no’xat, ichiga qiyma solingan va
toblab pishirilgan sabzavotlardan hamda qo’ziqorinlardan tayyorlangan
taomlar xush ta’mli osh vinosi yoki spirtli nim shirin vinolar bilan ichiladi.
No’xat, loviya yoki xushbuy hidli ko’katlar solingan taomlar bilan
kaxetin vinolari mos keladi. Bundan tashqari kaxetin vinolari brinza,
Tushincha, Kobiycha tayyorlangan tuzli pishloqlarga ham tavsiya qilinadi.
Sarsabil va artishokdan tayyorlangan tansiq
ovqatlarga uncha shirin
bo’lmagan muskat vinolari (masalan, moldava muskateli, dog’iston
muskateli va sh.o’.) beriladi.
Desert, shampan va simlyan vinolari mevalar, yong’oqlar, shokolad
konfetlari, shokolad, pirojniy, tort, muzqaymoq va boshqa shirinliklarga
juda ham mos keladi. Xuddi shuningdek, desert taomlarga shirin desert va
liker vinolari (oq, pushtirang,
binafsha, qora rangli muskatlar, muskateli,
tokay, “Pino – gri”, “Qora – chanax”, “Kyurda – mir”, “Yasman saliq”,
“Gonchi”, “Qozog’iston”, “Qirg’iziston”, “Tojikiston”, “Getashen”,
“Buvaki”, “Salxino”, “Gratiyeshti”, “Trifeshti”, “Kokur” (desert), “Oltin
dala” (zolotoye pole - desert), “Quyoshli vodiy” (desert), Malagu, kagor
kabi vinolar, nimxush yoki shirin shampan yoki muskat shampan vinosi
tavsiya qilinadi.
Taomlarning ta’mi va hidi ma’lum bir haroratlarda namoyon
bo’lganidek, vinolarning ham ajoyib hidi va xushta’mliligi ma’lum bir
haroratlarda yaxshi seziladi. Shu sababdan vinolar ham o’zlarining ta’mi
va hidi maksimum seziladigan haroratlarda suzib uzatilishi shart. Aroq va
achchiq nastoykalar 8 – 10
o
S da uzatilish lozim. Uning uchun ular
havoning issiq kunlari ko’rsatilgan haroratlargacha sovutilishi, sovuq
kunlari esa isitilib berilish kerak.
Spirtsiz oq osh vinolari va nim shirin vinolar yozning issiq kunlarida
8 – 10
o
S
gacha sovutilgan, qishda esa 12 – 14
o
S isitilgan holda
iste’molchilar stoliga beriladi. Spirtsiz qizil osh vinolari qishda 20
0
S
gacha isitilib, yozda esa 18
o
S gacha sovutilib beriladi. Portveynga
109
o’xshagan qizil vinolar 16 – 18
o
S da suzib uzatiladi. Xeres va madera
vinolari sovuq kunlari 20 – 23
o
S gacha isitilib berilishi lozim.
Disert va liker vinolari (muskatlar, tokay, “Pino – gri”, “Salxino”,
Malaga kabi vinolar uy haroratida (16 – 18
o
S) iste’molchilarga uzatilishi
kerak. Ba’zi bir vinolar (shampan, simlyan va muskat shampan vinolari)
hatto 6 – 8
o
S gacha sovutilib uzatilishi shart, chunki bundan baland
haroratlarda juda tez ko’piradi va bakalga
solingandan keyin tiniqlik
darajasi pasayib ketadi. Shampan vinosi faqat gazi ketgandan keyingina
ichiladi.
Agar bir necha xil vinolarga buyurtma berilgan yoki mehmondo’stlik
ziyofatida dasturxonga tortiladigan bo’lsa, ular yuqorida ko’rsatilgan
haroratlarda quyidagi tartibda suzib iste’mol qilinishi kerak: avval kuchli
vinolar, keyin spritsiz osh vinolari (avval oq, keyin esa qizil vino) va
undan keyin esa desert vinolar ichiladi.
Desert vinolardan keyin spirtsiz osh vinolari ichilmaydi, chunki
shirin vinolardan keyin ular juda ham nordon bo’lib tuyiladi. Xuddi
shuningdek, spirtsiz qizil osh vinosi tuzlangan baliqlar (seld, baliq eti
tasmasi, semga va lasos kabilar), kolbasa, vetchina va boshqa dudlangan
mahsulotlar bilan desert va liker vinolari iste’mol qilinmaydi.
Eski va yuqori sifatli vinolar kam saqlangan oddiy (ordinar)
vinolardan keyin ichiladi. Shuning uchun ham koleksion vinolar (o’ta
sifatli, 6 yildan kam, butilkalarda esa 3 yildan kam saqlanmagan) markali
vinolardan (saqlash muddati 1,5 yildan kam bo’lmagan),
markali vinolar
esa ordinar (ishlab chiqarilgandan keyin 3 oydan keyin sotishga
chiqarilishi mumkin bo’lgan) vinolardan keyin ichiladi.
Yana bir narsa esdan chiqmaslik kerakki, bir necha xil spirtli
ichimliklarni (aroq, liker, konyak, uzum vinosi, pivo) birdaniga ichish
mumkin emas. Bu tez mast bo’lib va o’zini nazorat qila olmay qolishiga
olib keladi. Bunday holda nafaqat aqlingizni, hamkasblar, hamkorlaringiz
va aholi o’rtasida to’plangan obro’yingizni ham yo’qotasiz.
Agar spirtli ichimliklar sizning miyangizga ta’sir qilgan bo’lsa,
bunday vaziyatlarda spirtsiz nordon uzum vinosini ichish va boshqa spirtli
ichimliklarni iste’mol qilmaslik tavsiya etiladi. Xuddi shuningdek,
desert
va liker uzum vinolarini iste’mol qilishda chekmaslik kerak, chunki sigaret
tutini vinoning nozik hidini va ta’mini sezdirmaydi.
Dostları ilə paylaş: