99
12.7.Umumiy idishlarda berilgan gazak va mahsulotlarni iste’mol
qilish qoidalari
Bundan oldingi bandda har bir odam oldiga qo’yilgan taom, issiq va
sovuq ichimliklarni iste’mol qilishning umumiy qoidalari ko’rib chiqildi.
Lekin tanish kishilar bilan birga restoranlarga ovqatlanish uchun borganda
va uy sharoitida tashkil qilingan ziyofatlarda aksariyat gazak va
mahsulotlar 4 – 6 kishiga mo’ljallanib umumiy
idishlarda stol ustiga
qo’yiladi. Ushbu bandda umumiy qo’yilgan gazak va mahsulotlarni olib
yeyishning asosiy qoidalari qo’rib chiqiladi.
Umumiy berilgan gazak va tayyor mahsulotlarning aksariyatiga
ularni olish uchun umumiy instrumentlar beriladi. Umumiy instrument
berilgan taom va gazaklarni bevosita umumiy idishlardan iste’mol qilish
mumkin emas. Umumiy idishlardan mahsulotlarni umumiy instrumentlar
yordamida har bir kishi o’ziga qarashli
laganga oladi va keyingina
individual instrumentlar yordamida iste’mol qiladi. Umumiy instrumentlar
berilmagan mahsulot shaxsiy lagan va likoplarga qo’l yordamida olinadi.
Umumiy idishlardan shaxsiy idishlarga qo’l yoki umumiy
instrumentlar yordamida olish mahsulotlarning turiga bog’liq bo’ladi.
Masalan, nok va olma kabilar umumiy idishdan qo’l bilan olinadi, lekin
uni har bir kishi kichik bo’lakchalarga o’zining idishi ustida bo’lib, keyin
iste’mol qiladi. Sharqona etiket qoidalariga ko’ra non, umuman hamma
mahsulotlar, faqat o’ng qo’l
bilan olinadi; xuddi shuningdek, umumiy
idishda berilgan katta o’lchamli buterbrodlar ham shaxsiy idishlarga qo’l
bilan olinadi va kichik bo’lakchalarga shaxsiy pichoq bilan bo’linib, qo’l
bilan ushlab iste’mol qilinadi; buterbrodlarga maxsus umumiy kurakcha
ham berilishi mumkin.
Umumiy idishda berilgan salat va pashtetlar ham umumiy
instrumentlardan foydalanib xo’randaning individual
idishiga olinadi va
keyin individual instrumentlar (sanchqi, pichoq) yordamida iste’mol
qilinadi. Xuddi shuningdek, umumiy laganda kesib berilgan kolbasalar
ham umumiy sanchqi yordamida iste’molchi tarelkasiga olingandan keyin,
shaxsiy likopchada o’zining sanchqisi va pichog’i yordamida kesilib, non
bo’lakchalari ustiga qo’yilib iste’mol qilinadi.
Ba’zi bir paytlarda tayyor buterbrod o’rniga umumiy idishlarda
alohida sariyog’, ikra va non beriladi. Bunday holda buterbrodni
xo’randaning o’zi tayyorlaydi. Uning uchun shaxsiy tarelkalarga sariyog’,
ikra umumiy idishlardan ularga berilgan umumiy pichoqlar yordamida,
non esa qo’l bilan olinadi. Shaxsiy tarelkalarda xo’randalar o’zining
100
pichog’i yordamida yog’ va ikrani nonning yostiga surtib buterbrod
tayyorlashadi.
Tayyor
buterbrod
shaxsiy
pichoq
bilan
kichik
bo’lakchalarga kesilib qo’l yoki shaxsiy sanchqi yordamida iste’mol
qilinadi.
Kattaroq bo’lakchalarga kesilgan
va ustidan sardoq quyilgan
dudlangan baliq, keta va semga kabi dudlangan baliq go’shtlari ham
umumiy idishlardan xo’randalar shaxsiy laganlariga umumiy instrumentlar
(maxsus kurakcha, sanchqi) yordamida olinadi va keyin shaxsiy laganlar
ustida kichik bo’lakchalarga bo’linadi. Amaldagi xalqaro etiket qoidalariga
ko’ra, ular kichik bo’lakchalarga pichoq yordamida emas, shaxsiy
sanchqilar yordamida maydalanadi.
Xo’l sabzavot, meva va ko’katlar vitaminlarning
asosiy manbai
ekanligi hisobga olinib, oxirgi yillarda ularni maydalamasdan yuvib,
umumiy idishlarda stol ustiga qo’yish qoidasi shakllangan. Xo’l meva,
sabzavot va ko’katlar ham shaxsiy tarelkalarga qo’l yordamida olinadi.
Sabzavotlar va mevalar shaxsiy laganchalarda kesilib, bo’lakchalarga
bo’lingandan keyin sanchqi yordamida, ko’katlar esa maydalanmasdan
qo’l bilan olib iste’mol qilinadi. Shuningdek, murabbo, povidlo, jem kabi
shirinliklar ham umumiy idishdan shaxsiy
likopchaga umumiy pichoq
bilan olinadi va keyin shaxsiy pichoq yordamida kesilgan non
bo’lakchalari ustiga surtilib, qo’l bilan ushlab iste’mol qilinadi.
Dostları ilə paylaş: