117
13.2. Samolyotda ketish etiketi
Samolyotda etik qoidalariga rioya qilish
uning saloniga chiqishdan
boshlanadi. Salonga chiqishda boshqalardan oldin o’tishga, boshqa
passajirlarning kirishiga to’siqlik qilishga harakat qilmaslik va kirishda
styuardessalar bilan salomlashish kerak.
Agar samolyot chet el milliy kompaniyasiga qarashli bo’lsa, unda
vatandoshlaringizdan tashqari chet ellik fuqarolar ham bo’lishi mumkin.
Bundan tashqari samolyotda chet ellik fuqarolar (styuardessalar)
xizmat
qiladi. Agar samolyot “O’zbekiston havo yo’llari” milliy kompaniyasiga
qarashli bo’lsa ham unda chet mamlakatlar fuqarolari va yoshi ulug’lar
uchib ketayotgan bo’lishlari mumkin. Samolyotning qaysi kompaniyaga
qarashli bo’lishidan qat’iy nazar, albatta salonda xizmat qiluvchi xodimlar
bilan salomlashish va faqat biletda ko’rsatilgan joyda o’tirish lozim,
chunki qo’layligi bo’yicha hamma joy samolyotda bir xil hisoblanadi.
Uchish davrida o’tirgan joyida chekish ham mumkin emas. Hozirgi vaqtda
barcha mamlakatlar aviakompaniyalari samolyotlarida chekish deyarli man
etilgan yoki chekish mumkin bo’lgan samolyotlarda
chekuvchilar uchun
alohida joy ajratilgan, shu boisdan bilet sotib olishda sigaretga bo’lgan
munosabatni bildirish lozim.
Agar o’tirgan joyingizdan tez–tez turish odat bo’lib qolgan bo’lsa,
samolyotda bu odatdan vaqtincha voz kechish yoki biletni sotib olishda
o’tishga yaqin joydan joy so’rash kerak, chunki o’rindan turib, salonda u
yoqdan bu yoqqa yurish, nafaqat xavfsizlik qoidalariga, etiket qoidalariga
ham to’g’ri kelmaydi.
Ba’zi bir vatandoshlarimizda samolyotda
uchib borish davrida
yonida o’tirganlar bilan suhbat qurish, iloji bo’lsa, ba’zi bir masalalar
bo’yicha o’zining bilimdonligini ko’rsatish istagi tug’iladi.
Shu sababli
ham atrofda chet ellik fuqarolar yoki yoshi ulug’ erkak va ayol
vatandoshlaringiz bo’lsa, eng yaxshisi,
bu niyatdan qaytish lozim, chunki
chet elliklarning aksariyati uchun sizning gapirish uchun ha deb
intilishingiz beodoblik hisoblanadi.
Xalqaro etiket qoidalariga ko’ra
sizga xizmat qilayotgan
styuardessalarga hurmat bilan qarash qabul qilingan. Shu boisdan ham
ularni bo’lar–bo’lmaslik uchun chaqirib turish, ayniqsa ovoz chiqarib, yo’l
ketish etiket qoidalariga zid hisoblanadi. Agar iltimosingiz bo’lsa, u
sizning yoningizga kelganda past ovoz va xushmuomalalik bilan
gapingizni aytishingiz mumkin.
118
Dunyoda qabul qilingan etiket qoidalariga ko’ra samolayot salonidan
chiqishda katta styuardessa har bir yo’lovchi bilan xayrlashadi. Sizlar ham
tabassum bilan xayrlashishni esdan chiqarmangizlar.
Xayrlashishda ham
yoqimli gaplar bilan minnatdorchilik bildirish qabul qilingan.
Samolyot salonidan chiqishdan avval har bir kishi o’zining qiyofasini
va kiyimlarini tartibga solishi shart, chunki samolayotdan tushishdanoq siz
xalq nazorati ostiga tushasiz.
Dostları ilə paylaş: