119
kupe oynasini ochib, tashqariga otib yuborish ham madaniyatsizlik belgisi
hisoblanadi. Tinmasdan ko’p gapiraverish ham odamning madaniyati
pastligidan darak beradi. Kupeda ketishda va boshqa yo’lovchilar
bilan
muloqot qilishda, ularning notanish odamlar bo’lishiga qaramaslan,
hurmat va xushmuomalalik bilan munosabat qilish lozim bo’ladi. Bu
umuminsoniy qoida hyech qachon unutilmasligi kerak.
Ko’pchiligimiz esdalik suvenirlarini yaxshi ko’ramiz,
lekin kupega
qo’yilgan buyum va predmetlarni suvenir sifatida olib ketish qat’iy man
etiladi.
Poyezdan tushishdan oldin ham har bir yo’lovchi o’zining qiyofasini
tartibga keltirishi lozim, ya’ni yuvinish, soqol–mo’lovlarini olish, taranish,
toza ko’ynak va boshqa kiyimlarini kiyishi, tushishda esa provodniklar
bilan xayirlashish kerak.
Shunday qilib, O’zbekiston fuqarosi
qaysi mamlakatga qanday
transport vositalarida borishidan qat’iy nazar, yuqori madaniyatga ega
bo’lgan millatga mansub ekanligini unutmasligi va O’zbekiston to’g’risida
salbiy fikrlarning shakllanishiga olib keladigan hatti–harakat va muloqot
qilmasligi kerak.
Yuqorida ko’rsatilgan yo’l qoidalari respublika bo’yicha safarga
chiqadigan yoki sayohat qiladigan biznesmenlarga ham taalluqli.
Dostları ilə paylaş: