116
ekanliklarini unutmasliklari lozim. Etiket qoidalariga rioya qilish, ayniqsa
chet mamlakatlarga borganda, katta ahamiyatga ega. Shu boisdan ham
ushbu bandda chet mamlakatlarga borishda yo’l ketish etiket qoidalariga
urg’u beriladi. Ushbu yo’l qoidalari O’zbekiston bo’yicha
safarga
chiqadigan biznesmenlarga ham to’liq taalluqlidir.
Yo’l ketish qoidalariga itoat qilish safarga tayyorlanishdan
boshlanadi. Yo’lga chiqishdan oldin boradigan mamlakat va u yerda
yashaydigan xalqlarning urf–odatlari va rasm–rusumlari to’g’risidagi
mavjud ma’lumotlar bilan tanishib chiqish lozim.
Yo’lga tayyorlanish biznesmenning qiyofasini tartibga solishdan va
yo’l kiyimlarini tanlashdan boshlanadi. Biznesmenlar
safarga chiqishdan
oldin soqol-mo’ylovlarini qirtishlab olishlari va pokiza yuvinib–
taranishlari lozim. Bundan tashqari yo’l va borgan joylarida kiyadigan
kiyimlarini tanlashlari va ajratib joylashtirishlari kerak. Tanlangan yo’l
kiyimlari (ustki va oyoq kiyimlari), birinchidan, yo’lda kiyib ketish uchun
qulay, toza va dazmollangan, rangi bo’yicha boshqa kishilarning diqqatini
tortmaydigan hamda unda har xil hayvonlar rasmlari va boshqa rasmlar
solinmagan bo’lishi kerak.
Yo’lda kiyiladigan kiyimlar chemondan yoki yo’l sumkasining ustida
joylashtirilishi lozim, uning sababi kelgusi bandda ko’rsatilgan.
Safarga tayyorlanishdan tashqari tanishlar va bo’lajak hamkor uchun
sovg’alar tanlanishi lozim. Sovg’ani tanlashda xalqning urf–odat
qoidalarini va an’analarini hisobga olishi lozim. Bundan tashqari
hamkorlarga beriladigan sovg’a arzon narxda
va shu bilan birga orginal
bo’lishi kerak. lekin savg’ani berishda uning narxi ko’rsatilgan qog’oz
olinib tanashanadi, chunki sovg’a narxi bilan emas, hamkorga bo’lgan
hurmat bilan diqqatga sazovordir.
Dostları ilə paylaş: