T. Xudayshukurov Biznes – etiket



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/58
tarix01.02.2023
ölçüsü1 Mb.
#82270
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   58
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009

 
Tayanch iboralar: 
umumiy idish va instrument; non; buterbrod; salat; pashet; ikra; sariyog’; 
sardoqli baliq; keta va semga; ho’l sabzavot va mevalar; murabbo, povidlo 
va jem. 
 
Nazorat savollari: 
1. Umumiy idishda berilgan gazak va mahsulotlar necha kishiga 
mo’ljallanadi va ularga berilgan umumiy instrumentlardan qanday 
foydalaniladi? 
2. Non va katta o’lchamli buterbrodlarni umumiy idishdan olishda qaysi 
instrumentdan foydalaniladi va qanday iste’mol qilinadi? 
3. Salat, pashet va vinegratlar umumiy idishlardan qanday olinadi va 
iste’mol qilinadi? 
4. Iste’molchilarning o’zlari ikrali buterbrodni qanday tayyorlashadi va 
iste’mol qilishadi? 


101 
5. Sardoqli baliq, keta va semga kabi baliq go’shtlari umumiy tarelkadan 
qanday olinadi va qaysi isntrument yordamida kichik bo’lakchalarga 
bo’linadi? 
6. Murabbo, povidlo va jem kabi shirinliklarni umumiy idishdan olishda 
qaysi umumiy instrumentlardan foydalaniladi va qanday iste’mol qilinadi? 
12.8. Ho’l mevalarni iste’mol qilish qoidalari
 
 
Mehmondo’stlik ziyofatlarida va restoranlarda ho’l mevalar desert 
taom o’rnida beriladi. Ular o’zlarining nafis ranglari, shakllari va xushbuy 
hidlari bilan stol atrofida o’tirganlarning kayfiyatini yaxshilaydi va bazm 
yoki ovqatlanish jarayonining yaxshi kechishiga imkoniyat yaratadi. 
Shuning uchun ham mevalar stolni bezashda gazaklar bilan birga qo’yiladi 
va ularga ovqatlanish stoli dizaynining asosiy elementlaridan biri deb 
qaraladi. 
Mevalar ham nafis idishlarga 4–6 kishiga mo’ljallab chiroyli qilib 
qo’yiladi. Ularning ba’zi birlariga, ayniqsa kichik va shirador mevalarga, 
xo’randa va mehmonlar tomonidan o’z laganchalariga olishlari uchun 
umumiy instrumentlar beriladi. Usti quruq va kattaroq o’lchamli mevalar 
xo’randa va mehmonlar tomonidan o’z tarelkalariga qo’l bilan olinadi. 
Shaxsiy tarelkalarga olingan mevalarni iste’mol qilishdan oldin 
ularning aksariyatiga mehmon tomonidan qo’shimcha ishlov beriladi. 
Ho’l mevalarni iste’mol qilishning o’ziga xos xususiyatlari ham 
qo’shimcha ishlov berishdan va ularning danak va urug’larini likopcha 
yoki laganga olib qo’yishdan iborat. Ushbu bandda ba’zi bir urug’li va 
danakli mevalarni yevropacha qoida bo’yicha iste’mol qilishning o’ziga 
xos xususiyatlari ko’rib chiqilgan. 
Olma, nok kabi katta o’lchamli urug’li mevalar shaxsiy tarelkalarga 
qo’l bilan olinadi va iste’mol qilishdan oldin ularga qo’shimcha ishlov 
berishda individual pichoq va sanchqilardan foydalaniladi. Uning uchun 
desert laganchalar ustida desert pichoq yordamida to’rt bo’lakka bo’linadi 
va urug’i urug’doni bilan olinib tashlanadi. Keyin har bir bo’lakchasi 
po’stlog’idan tozalanadi va kichik bo’lakchalarga bo’linadi. Bo’lakchalar 
sanchiqi yordamida olib iste’mol qilinadi.
Sitrus mevalari ham umumiy idishdan individual laganchalarga qo’l 
bilan olinadi va keyin ularga qo’shimcha ishlov beriladi. Uning uchun 
apelsin mevasining ustidagi po’sti desert pichoq yordamida aylana 
shaklida kesib olinadi va kesilgan tomonidan pastga qaratib pichoq bilan 
kesiklar qilinadi. Keyin esa qo’l va pichoq yordamida pusti olib tashlanadi 


102 
va pallachalarga ajratiladi. Pallachalar esa qo’l yordamida olib iste’mol 
qilinadi. Mandarin esa qo’l yordamida shaxsiy desert lagan ustida 
po’stlog’idan tozalanadi va pallalarga ajratiladi. Ular pallalari ham qo’l 
yordamida olib iste’mol qilinadi. Limonning po’stlog’i ham desert 
lagancha ustida qo’l bilan tozalanadi. Keyin shaxsiy desert pichoq bilan 
bo’lakchalarga kesiladi va desert sanchqi yordamida olib iste’mol qilinadi. 
O’rik, shaftoli va olxo’ri kabi danakli mevalar ham umumiy 
idishlardan shaxsiy desert laganchalarga qo’l bilan olinadi. Keyin mevalar 
chizig’i bo’yicha kesik qilinadi va qo’l yordamida ikki pallaga ajratilib, 
danaklari olib tashlanadi. Danaksiz meva pallalari qo’l bilan olib iste’mol 
qilinadi. 
Anor ham umumiy idishlardan qo’l bilan olinadi. Keyin shaxsiy 
desert lagan ustida, xuddi mandarindek, po’stlog’idan aylana kesib olinadi 
ko’ringan qatlam bo’yicha pastga qaratib anorning po’stlog’i 
donachalarigacha kesiladi va ikki qo’l yordamida anor mevasi po’stlog’i 
bilan pallalarga bo’linadi. Pallalarga bo’lingan anor donachalari qo’l bilan 
olib iste’mol qilinadi. 
Amalda qabul qilingan etiket qoidalariga ko’ra mayda danakli, 
urug’li va urug’siz mevalar (gilos, olvoli, tut, qulupnay kabilar) umumiy 
idishlardan asosan umumiy instrumentlar yordamida olingandan keyin 
shaxsiy laganchadan shaxsiy desert qoshiq bilan olib iste’mol qilinadi. 
Mevalar danagi va urug’i yutilmasligi va desert laganchasining bir 
chekkasiga chiqarib qo’yilishi kerak. Uning uchun, boshqalarga 
sezdirmasdan ular og’izdan desert qoshig’iga olinadi va maxsus yoki 
umumiy desert laganchasining bir chekkasiga qo’yiladi. 
Yevropa mamlakatlari restoranlarida qovun va tarvuz etlari 
xo’randalarga po’choqsiz beriladi. Iste’molchi o’zining desert pichog’i 
yordamida tarvuzning urug’larini etidan ajratib olib tashlaydi. Tarvuz eti 
va qovun desert lagancha ustida mayda bo’lakchalarga kesiladi. Keyin 
desert sanchqi yordamida iste’mol qilinadi. 
Ma’lumki, 
Markaziy 
Osiyo 
respublikalari 
restoranlarida 
mehmondo’stlik ziyofatlarida qovun va tarvuzlar bo’lakchalarga bo’linib, 
po’chog’i bilan beriladi. Bunday hollarda ham ularning eti desert sanchqi 
yordamida iste’mol qilinadi. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin