Tayanch iboralar:
desert taom va dizayn; qo’shimcha ishlov; olma, nok kabilar; sitrus
mevalari; o’rik, shaftoli va olxo’ri kabilar; anor, mayda mevalar; qovun va
tarvuz.
103
Nazorat savollari:
1. Stolni bezatishda mevalarning ahamiyati qanday?
2. Olma, nok kabi urug’li mevalarni iste’mol qilishda ularga qanday
qo’shimcha ishlov beriladi?
3. Sitrus mevalarga (mandarin, apelsin, banan) qanday qo’shimcha ishlov
beriladi va qaysi pribor yordamida iste’mol qilinadi?
4. O’rik, shaftoli, olxo’ri kabi danakli mevalar qanday iste’mol qilinadi?
5. Iste’mol qilishdan oldin anorga qanday qo’shimcha ishlov beriladi va
uning donachalari nima bilan olinib iste’mol qilinadi?
6. Mayda mevalar, qovun va tarvuz etlari qanday iste’mol qilinadi?
12.9.Ovqatlanish priborlari va ulardan foydalanish qoidalari
Ovqatlanish priborlari deganda keng ma’noda ovqatlanishda
ishlatiladigan idish–tovoqlar, taomlarni porsiyalarga bo’lishda, umumiy
idishlardan shaxsiy idishlarga olishda va suzib berilgan taom va
ichimliklarni iste’mol qilishda ishlatiladigan ovqatlanish inventarlari
tushuniladi.
Ushbu
bandda
faqat
taomlarni
iste’mol qilishda
foydalaniladigan priborlar to’g’risida ma’lumotlar beriladi.
Amaldagi qoidaga ko’ra taom iste’mol qilish priborlari quyidagi
turlarga bo’linadi:
- osh priborlari (osh pichog’i, osh sanchqisi va osh qoshig’i);
- gazak priborlari (gazak uchun pichoq va sanchqi);
- baliq taomlari priborlari (baliq uchun pichoq va sanchqi);
- desert priborlar (desert pichog’i, desert sanchqisi va desert
qoshiqchasi);
- meva priborlari (meva uchun pichoq va sanchqi).
Osh priborlaridan restoranlarda va uy sharoitida birinchi va ikkinchi
taomlarni (baliq taomlardan tashqari) iste’mol qilishda, gazaklar uchun
priborlar esa stolga gazaklar berilganda foydalaniladi. Baliq taomi
priborlari stolga baliqdan tayyorlangan ikkinchi issiq taom uzatilganda
ishlatiladi. Desert priborlari stolga pirojnoye, tort kabi mahsulotlar, meva
priborlari esa mevalar berilganda qo’yiladi.
Yuqorida ko’rsatilganlardan tashqari beriladigan taomlar va issiq
ichimliklar turlariga qarab ovqatlanish stoliga quyidagi priborlar qo’yilishi
mumkin:
- muzqaymoq, kofe va choy qoshiqchalari;
- ustrisa, omar, midiy, qisqichbaqa va krablarni iste’mol qilish
priborlari;
104
- muz bo’lakchalarini, sarsabil (sparja), non bo’lakchalarini,
shakarlarni olish va yong’oqlarni chaqish amburlari;
- uzum mevalari boshini bo’laklarga kesishda foydalanish uchun
maxsus qaychi;
- pirojnoye, tort bo’lakchalarini va baliq ikrasini olish kurakchalari.
Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, taom iste’mol qilish priborining
har biri alohida va ketma–ket, pichoq va sanchqi bir vaqtning o’zida
parallel ishlatilishi mumkin. Tamolarni iste’mol qilish priborlaridan
foydalanish ham jamiyatda qabul qilingan ma’lum bir etiket qoidalariga
asoslanadi. Ulardan eng asosiylari quyida ko’rib chiqiladi.
Qabul qilingan qoidalarga ko’ra taomlarni iste’mol qilish jarayonida
va stolga qo’yishda hamda foydalanilgandan keyin yig’ishtirib olishda
ovqatlanish priborlari dastasining o’rtasidan ushlanadi. Boshqa bir kishiga
berishda ham dastalarining o’rtasidan ushlanib, so’ragan kishiga dastasi
qaratilib uzatiladi.
Birinchi taomlar osh qoshig’i, chashkada berilgan bulonlar,
pyuresimon hamda masallig’i o’ta mayda qilib kesilgan suplar desert
qoshiqlari yordamida iste’mol qilinadi. Ularni iste’mol qilishda qoshiqlar
o’ng qo’l bilan ushlanadi.
Taomni qoshiqqa olishda xo’randa qoshiq bilan o’zi tomoniga emas,
o’zidan teskari tomonga harakat qilishi shart. Xuddi shunday, qoshiqqa
olingan taom uning uchidan emas, yon tomonidan ichilishi lozim. Taom
iste’mol qilinib bo’lingandan keyin qoshiq qavariq (do’ng) tomoni bilan
idish tagiga qaratib qoldiriladi.
Qiymalangan
go’shtdan
tayyorlangan
ikkinchi
issiq
taomlar(chuchvara, manti, do’lma, kotlet, bifshteks, bitochka, zrazi va
sh.o’.), qaynatib pishirilgan sabzavotlar, pampushka, kleski, lagman kabi
xamirli taomlar pichoq bilan kesilmasdan faqat sanchqi yordamida
iste’mol qilinadi. Bunday vaziyatlarda ham sanchqi dastasining o’rtasidan
o’ng qo’l bilan ushlab foydalaniladi.
Natural go’shtlardan tayyorlangan ikkinchi issiq taomlar (qovurilgan
go’sht, sabzavotlar bilan dimlangan go’sht, romshteks, bifshteks, langet
kabilar), sardelka, sosiskaga o’xshagan issiq mahsulotlarining sovuganida
ularning ta’mi va hidi pasayib ketadi. Shu sababli ham ular birdaniga
bo’laklab tashlanmasdan, bir bo’lakchadan kesib olinib, garnir bilan birga
iste’mol qilinadi. Bunday vaziyatlarda sanchqi chap qo’lda, pichoq esa
o’ng qo’lda ushlanadi. Mahsulotni kesishda sanchqi tik emas, laganga
nisbatan qiya, pichoq esa tik ushlanadi.
105
Natural baliq go’shtidan tayyorlangan ikkinchi issiq taomlar ham
pichoq va sanchqi yordamida iste’mol qilinadi. Faqat baliq uchun
mo’ljallangan pichoq va sanchqidan foydalaniladi. Ustiga sardoq solingan
baliq, dudlangan keta va syomga baliqlari go’shtlarini kichik bo’laklarga
bo’lishda pichoq ishlatilmaydi, baliq uchun mo’ljallangan sanchqi
ishlatiladi. Ba’zi bir ikkinchi baliq taomlari limon pallalari bilan ham
berilishi mumkin. Bunday taomni priborlar yordamida iste’mol qilishdan
oldin limon pallachalarining sharbati barmoqlar uchi yordamida siqilib,
baliq ustiga sachratiladi va keyin taom priborlardan foydalanib iste’mol
qilinadi.
Yana shuni e’tiborga olish lozimki, agar ovqatlanish jarayoni bironta
sababga ko’ra to’xtatilishi kerak bo’lsa, ovqatlanish priborlari, ulardan
qanday foydalanilayotgan bo’lsa, shunday holda vaqtincha tarelka ustida
qoldiriladi, ularni qo’lda ushlab turish mumkin emas.
Bundan oldin ta’kidlanganidek, stakanda beriladigan choy, kofe,
kakao va shokolad maxsus choy qoshiqlari bilan uzatiladi.
Ovqatlanish jarayoni tamom bo’lgandan keyin taom iste’mol qilish
instrumentlari idish ustida qoldiriladi: sanchqi va pichoq dastasi bilan
lagan ustida chap yoki o’ng tomonga qaratib qo’yilishi mumkin, chunki
foydalanilgan priborlar xo’randaning o’ng va chap tomonidan ham olinishi
mumkin. Qo’yishda shunga e’tibor berish kerakki, sanchqi tishlari bilan
yuqoriga, pichoq esa tig’i bilan iste’molchining o’ziga qaratib qo’yiladi.
Yevropacha va sharqona etiket qoidalariga ko’ra hyech qachon pichoq
tig’i bilan boshqa kishiga qaratib qo’yilmasligi va uzatilmasligi kerak.
Taom iste’mol qilish priborlaridan iste’molchi o’z istagini bildirish
uchun ham foydalanadi: agar taomi oxirigacha yeyilmagan lagan ustida
sanchqi va pichoq dastalari bilan bir–birlariga parallel holda qoldirilgan
bo’lsa, xo’randaning taomni oxirigacha yemasligini bildiradi; agar
taomdan bo’shagan lagan ustida qoshiq va sanchqi bir–birlariga nisbatan
perpendikulyar holda qoldirilgan bo’lsa, shu taomdan yana iste’mol qilish
istagi borligini bildiradi.
Ushbu bandning oxirida o’quvchilar diqqatini yana bir etiket
qoidasiga maxsus jalb qilmoqchimizki, u ham bo’lsa, restoranga yoki
birovning uyiga mehmonchlikka borganda stol ustiga qo’yilgan
ovqatlanish priborlarini, stakan va piyolalarni salfetka bilan qayta
tozalashga hyech qachon harakat qilmaslik kerak, chunki, birinchidan, ular
stolga qo’yilishdan oldin juda ham toza yuvilgan bo’ladi; ikkinchidan,
ularni qayta tozalash ushbu restoran xodimlariga yoki uy bekasiga tozalik
bo’yicha ishonch yo’qligini bildiradi. Agar siz shunday deb hisoblaydigan
106
bo’lsangiz, eng yaxshisi, shu restoranga kirmang yoki mehmondorchilikka
taklifini qabul qilmang.
Dostları ilə paylaş: |