T. Xudayshukurov Biznes – etiket



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/58
tarix01.02.2023
ölçüsü1 Mb.
#82270
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   58
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009

Tayanch iboralar: 
ovqatlanish 
stoli; 
mehmondo’stlik sabablari; mehmondo’stlikning 
ahamiyati; mehmondo’stlik etik poydevori. 
Nazorat savollari: 
1. Ovqatlanishning biznesmen faoliyati bilan qanday aloqasi bor? 
2. Mehmondo’stlikning ahamiyati nimada? 
3. Mehmondo’stlik etik poydevorini qaysi qoidalar tashkil qiladi? 
 
12.2. Chaqirilgan joyga borish va ziyofat stoli atrofida
o’tirishning umumiy qoidalari 
Mehmondo’stlik qoidalariga nafaqat mehmonchilikka borganda va 
mehmon chaqirganda, har kunlik ovqatlanishda ham itoat qilinishi shart. 
Agar siz o’zingizni ham mehmon, ham mezbon va restoranning oddiy bir 
kliyenti o’rnida ko’rsangiz, ushbu band materiallarini o’zlashtirish juda 
ham osonlashadi. 
O’zbekiston Respublikasi va chet mamkatlar halqlari tajribasida 
qabul qilingan qoidalarga ko’ra mehmondo’stlik asosan restoranlarda 
(ovqatlanish sohasining boshqa korxonalarida ham) va uy sharoitlarida 
tashkil qilinadi. O’zbekistonda mehmondo’stlik qilishda ham milliy 
an’analar bilan boyitilgan yevropacha etiket qoidalariga rioya qilinishi 
lozim. Ulardan eng asosiysi – restoranga yoki uyga mehmondo’stlikka 
chaqirilishingizdan qat’iy nazar, kechikmasdan (uncha erta ham emas) 
taklif qilingan vaqtga yetib kelish lozim, chunki kechikib kelish 
madaniyatsizlik hisoblanadi. Erta kelish esa mehmon, uy egasi va bekasini 
tashvishga solib qo’yishi mumkin. Uyga mehmonga borishda uy bekasiga 
sovg’a sifatida gul olib borish tavsiya qilinadi.
Agar siz mehmon sifatida restoranga chaqirilgan bo’lsangiz, yana bir 
narsa esingizda bo’lsinki, garderob yonida yoki zalga kirishdan oldin osib 
qo’yilgan ko’zgu oldida tashqi ko’rinishingizni yana bir marta nazoratdan 
o’tkazing. Lekin bu ko’zgu oldida sochlarni tarash, makiyajni to’g’rilash, 
kiyimni tozalash, labiga pomada surtish, atir–upa sepish kat’iy man etiladi. 
Ko’rsatilgan kamchiliklar restoran sanitariya qismining maxsus xonasidagi 
oyna oldida amalga oshiriladi. 
Chaqirilgan mehmonlar ziyofat zalidan tashqarida to’plangandan 
keyin hammasi birga zalga kirishlari kerak. Ammo etiket qoidalariga ko’ra 
ziyofat zaliga birinchi bo’lib ayol emas, erkak mehmon kirishi lozim. Uy 


85 
sharoitida tashkil qilingan mehmonchilikka borganda ham bu qoidalarga 
rioya qilishi shart. 
Restoranda mehmondo’stlik qilishga ziyofatga chaqirgan kishi stol 
egasi hisoblanadi. Amaldagi etiket qoidalariga ko’ra stol egasi 
mehmonlardan oldin kelib o’tirish stollarini tanlashi va chaqirilgan 
mehmonlarning ziyofat stoli atrofida o’tirishini aniqlab chiqishi kerak. 
Agar tanlangan stollar katta zalda bo’lsa, devorlar yonidagi va zalning 
o’rtasidagi joylar faxriy hisoblanadi. Hurmatli mehmonlar devor yonidagi 
stolda yuzi zalning o’rtasiga, zal o’rtasidagi joyda joylashgan stol 
atrofidagilar esa zalga kirish eshigiga qarab o’tirishlari lozim. Bundan 
tashqari eng hurmatli va aziz mehmonlar stol yoki uy egalarining o’ng va 
chap qo’llari tomonidagi joyga o’tirg’iziladi, chunki bu joylar nufuzli 
hisoblanadi. Odatda restoranda yoki uy sharoitida mehmondo’stlik 
qilishda stol va uy egalari rafiqalari bilan birga o’tirishadi: erkak kishi 
rafiqasining o’ng tomonida. Bunday vaziyatda ayol kishining, ya’ni stol 
yoki uy bekasining chap qo’li tarafidagi joyga erkak mehmon, stol yoki uy 
egasining o’ng qo’li tomonidagi joyda ham erkak mehmon o’tirishi kerak. 
Uy sharoitida mehmondo’stlik qilishda uy bekasi uy egasidan alohida 
joyda, lekin qarama–qarshi o’tirishi ham mumkin. Bunday vaziyatda uy 
bekasining chap qo’li tomonidagi joyda eng hurmatli erkak mehmon, o’ng 
qo’li tomonida esa hurmatli ayol mehmon uchun joy ajratiladi. Stol yoki 
uy egasining chap qo’li tomonidagi joyda hurmatli ayol mehmon, o’ng 
qo’li tomonidagi joyda esa hurmatli erkak mehmon o’tirishi kerak. 
Stol va uy egalarining va bekalarining chap va o’ng qo’llari 
tomonidagi boshqa joylarga qolgan erkak hamda ayol mehmonlar aralash 
o’tirg’iziladi. Bunda ayol mehmon erkak mehmonning o’ng qo’li 
tomonidagi joyga o’tirishi lozim, chunki taom iste’mol qilish jarayonida 
erkak kishi ayol kishiga xizmat qilishi kerak. Bundan tashqari ziyofat 
zaliga kirgandan keyin har bir erkak mehmon o’zining o’ng qo’li tomonida 
o’tirishi kerak bo’lgan ayol mehmonga o’tirish uchun yordam berishi 
shart. Ayol mehmon o’z stuliga o’tirgandan keyingina erkak kishi o’z 
joyiga o’tiradi. Uy sharoitida mehmondo’stlik qilishda umumiy joylarga 
yoshi ulug’lar o’tirgandan keyin oxirida yoshlar o’z joylariga o’tirishadi. 
Mehmonlarning o’tirish joylarini rejalashtirish juda ham jiddiy masala. 
Har bir mehmonning o’tirish joyini aniqlashda shunday yondashish 
kerakki, u o’tirgan joyidan mamnun bo’lishi lozim. 
Amalda shunday vaziyatlar bo’lishi mumkinki, mehmondo’stlikka 
bir nechta biznes korxonasidan mehmonlarni taklif qilishi lozim bo’lib 
qoladi. Agar har bir korxonadan 2 va undan ko’p vakillar kelgan bo’lsa, 


86 
har bir vakil alohida boshqa korxona vakillari bilan aralashtirib 
o’tirg’iziladi. Demak, biznesda mehmondo’stlik tanish–bilish tamoyiliga 
asoslanmaydi.
Rasmiy va jiddiy qabullarda mehmonlarning ziyofat stoli atrofida 
o’tirish joylari mehmonning lavozimini, yoshi va jinsini hisobga olgan 
holda qog’ozda yozib ko’rsatilib qo’yiladi va har bir mehmon o’zining 
ismi–sharifi yozilgan joyga o’tiradi.
Shunday qilib, biznesmenlar uchun mehmon va mezbon sifatida 
mehmondo’stlikka ishtirok etayotgan kishilarni ziyofat stoli atrofida 
o’tirish va o’tirg’izish qoidalari ko’rib chiqildi. 
Biznesmenlar aksariyat hollarda o’z faoliyati bo’yicha boshqa 
mintaqalarga va davlatlarga safarga chiqishadi. Safar davrida borgan 
joylardagi 
restoranlarda 
ovqatlanishadi. 
Umumiy 
ovqatlanish 
korxonalariga faqat ovqatlanish uchun borganda ham amaldagi etiket 
qoidalariga rioya qilishlari shart.
Ovqatlanish zaliga kirishdan oldin, yuqorida ta’kidlanganidek 
o’zining tashqi qiyofasini nazardan o’tkazish va undagi kamchiliklarni 
tuzatishi lozim. Agar biznesmen ovqatlanish uchun ayol kishi bilan birga 
kelgan bo’lsa, ovqatlanish zaliga birinchi bo’lib erkak kishi kirib, o’tirish 
stolini aniqlashi kerak. Albatta, bo’sh stolda o’tirishga harakat qilish 
lozim. Agar tanlangan stol katta (4 – 6 joylik) bo’lsa, stolning bir tomonida 
o’tiriladi. Bunda ayol kishi erkak biznesmenning o’ng tomonidagi joyda
agar stol kichik (2 – 3 joyli) bo’lsa, qarama–qarshi o’tirishlari lozim. Agar 
biznesmen ovqatlanish uchun bir necha kishi bilan kelgan bo’lsa, 
o’tirishda lavozimini, yoshini va jinsini hisobga olish kerak. 
Agar ovqatlanish uchun erkak yoki ayol biznesmen bir o’zi kelgan 
bo’lsa, ayol kishi yakka erkak o’tirgan stolga, erkak esa yakka ayol kishi 
o’tirgan stolga, yoki alkogolli ichimliklar ichib o’tirgan kampaniya stoli 
atrofida borib o’tirishi amaldagi etiket qoidalariga zid keladi. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin