T. Xudayshukurov Biznes – etiket



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/58
tarix01.02.2023
ölçüsü1 Mb.
#82270
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   58
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009

Tayanch iboralar: 
atribut va klyasser; chet tillaridan biri; birinchi uchrashuv va tanishuv; 
xalqaro forum; foydalanish; lotin harflari. 
Nazorat savollari: 
1. Nima uchun biznesmenlar vizit kartochkalari 90x50 va 80x50 mm 
o’lchamlarda tayyorlanadi? 
2. Vizit kartochkalarda nimalar ko’rsatilishi kerak va nima sababdan? 
3. Vizit kartochkalarini boshqa kishilardan olishda qaysi etiket qoidalariga 
rioya qilinishi shart? 
4. Xalqaro tajribada vizit kartochkalari nima maqsadlarda foydalaniladi? 
5. Taklifnoma va tabriknoma hamda minnatdorchiliknoma sifatida 
ishlatiladigan vizit kartochkalarda qanday belgilar qo’yiladi? 
10. Biznes korxonalarida yig’ilishlarni o’tkazish va amaliy
tanqid 
10.1. Yig’ilishlarni o’tkazish qoidalari
 
Biznes korxonalari jamoalari uchun muhim bo’lgan masalalar 
xodimlar yig’ilishlarida ko’rib chiqiladi. Majlis kun tartibiga qo’yilgan 
masalalarning yechilish darajasi va yechimining samaradorligi majlisni 
tashkil qilishga va o’tkazishga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham 
majlislar biznes va boshqa korxonalarning eng muhim tadbirlaridan biri 
hisoblanadi. 
Yuqori darajada tashkil qilingan va o’tkazilgan majlislar ular 
qatnashchilarining 
kun 
tartibiga 
qiziqishini 
oshiradi, 
kayfiyatini 
yaxshilaydi, ularda muhim bir masalani yechishda qatnashganligi 
to’g’risida ko’tarinki ruh hosil qiladi va kelajakda yaxshi ishlash uchun 
ham xohish paydo bo’ladi. 


72 
Rejalashtirilayotgan majlislarning samarali o’tishini ta’minlash 
uchun rejalashtirish va tashkiliy masalalar bilan bog’liq qo’yidagi 
qoidalarga rioya qilinishi lozim: 
- kun tartibi ko’rsatilgan taklifnoma majlis boshlanishidan bir necha 
kun oldin uning ishtirokchilariga tarqatilib chiqilishi lozim, ushbu muddat 
qatnashadigan kishilarning tayyorlanishiga va fikrlarini jamlashga imkon 
beradi. Taklifnoma matnini yozishda ham har bir kishiga individual 
yondashish lozim, ya’ni taklifnomada shu kishining majlisda aynan 
ishtirok etishi kerakligi ko’rsatilishi kerak. masalan, “Hurmatli Zokir 
Mamarasulovich, siz uzoq yillar davomida xizmat ko’rsatish sohasida 
faoliyat qilib kelmoqdasiz. Shu sababli ham majlis kun tartibiga qo’yilgan 
masalalar bo’yicha katta tajribaga egasiz. Agar o’z tajribangizni bizlar 
bilan baham ko’rsangiz juda ham xursand bo’lgan bo’lar edik. Sizning 
majlisda qatnashishingizni iltimos qilamiz!;
- majlisning o’tishi va ishtirokchilarning kayfiyati majlis xonasining 
toza va shinam bo’lishiga bog’liq bo’ladi. Xonaning tayyorligini nazorat 
qilish, agar xona tayyor bo’lmasa, uni tayyorlash hamda kun tartibini 
stollar ustiga qo’yib chiqishga ulgurish uchun majlisni tashkil qiluvchi 
shaxs uning boshlanishidan oldinroq kelishi lozim; 
- majlisga necha kishi kelganidan qat’iy nazar uni kun tartibida 
ko’rsatilgan soatda aniq boshlashi kerak, chunki tadbirlarga kechikib 
kelish 
yoki 
kechikib 
boshlash 
majlisga 
kelganlarga 
nisbatan 
behurmatsizlik hisoblanadi; 
- majlisni olib boruvchi shaxs dokladchilarga so’z berishdan oldin 
ishtirokchilarga nima maqsadda yig’ilganligini yana bir bor eslatib o’tishi 
va barchalaridan faol ishtirok etishini iltimos qilishi maqsadga muvofiq 
bo’ladi; 
- majlisni boshqarib boruvchi shaxs uni nazorat qilib borishi, agar 
kimdir kun tartibida qo’yilgan masaladan chetga chiqganda ham odob 
saqlab uning o’z fikrini tamom qilishiga imkon berishi kerak; 
- majlisning oxirida uni olib boruvchi shaxs qisqacha xulosa qilishi 
lozim. Xulosada qaysi ishtirokchilarning faol qatnashganligi, kun 
tartibining hal qilinganlik darajasi to’g’risida ta’kidlab o’tishi va majlisni 
uning qatnashchilarini zeriktirib ulgirmaydigan qisqa vaqt ichida tamom 
qilishi shart. 
Odamlar vaqtining qadr-qiymatiga yetadigan va qatnashchilarga 
hurmat–ehtirom bilan qaraydigan majlislarga xodimlar jon–dillari bilan 
qatnashishga harakat qilishadi. 


73 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin