Tabiati Fermentlarning asosiy xossalari-fayllar.org
Organizmda sodir bo'ladigan modda almashinuvi va bu jarayonning tashqi muhit bilan bevosita aloqada bo'lishi, oddiy sharoitda, yengil holatda amalga oshishi fermentlarning bevosita faoliyatidandir. Tirik hujayrada sodir bo'ladigan reaksiyalarni laboratoriya sharoitida amalga oshishi kerak bo'lsa, reaksiyaga kirishayotgan substratni yoqish, kuchli bosim yoki konsentrlangan ishqor va kislotalar bilan ta'sirlantirilsa ko'zlangan maqsadga erishiladi. Organizmda esa, murakkab reaksiyalar katalizator-fermentlar yordamida osongina amalga oshadi.

Biokimyo fanining mazkur sohasini enzimologiya deb ataladi. Bu bo'lim fermentlami ajratish, tozalash, molekulyar strukturasi, massasi unga ta'sir qiluvchi fizika-kimyoviy agentlarning faoliyatini o'rganadi.

Inson amaliy faoliyatida xom-ashyoni qayta ishlash va oziq-ovqat tayyorlashda har xil fermentativ jarayonlardan foydalanib kelgan. Achitqi zamburug'idan non yopishda, sumalak pishirishda esa unayotgan bug'doy donidan olingan shiralardan foydalaniladi.