Liazalar-Subtratdan suv ishtirokisiz malum guruhlaming ajralishini katalizlaydi. Bu fermentlaming faoliyati tufayli qo’sh bog’Iar hosil bo’ladi yoki ma’lum guruhlardagi qo’sh bog’Iar uziladi. Bu fermentlarga aldolazalar, dekarboksilazalar kiradi.
Izomerazalar. Bu sinfga kiradigan fermentlar har xil organik birikmalaming izomerlanish reaksiyalarini katalizlaydi. Reaksiya natijasida vodorod, fosfat, atsil va boshqa atom guruhlari molekulalararo o’rin almashadi. Reaksiyaning tipiga qarab quyidagi sinfchalarga bo’linadi. Masalan: mutazalar, tatomerazalar, ratsemazalar, epimerazalar, izomerazalar va hokazolar.
Ligazalar (sintetazalar).Adenozintrifosfat va nukleozidtrifosfatlarning parchalanish energiyasi hisobiga sintez reaksiyalarini ligaza fermentlari katalizlaydi. Bu sinfga misol qilib atsil -KoA - sintetaza, piruvatkarboksilaza va boshqalami olish mumkin.