Tabiati Fermentlarning asosiy xossalari-fayllar.org
Fermentlarning ta’sir etish mexanizmi.
Fermentlaming ta’sir etish mexanizmini tushuntirishda bir qancha nazariyalar bo’lib, ularning hammasi fermentlar faol markazining substrat bilan o’zaro birikishi natijasida ferment - substrat majmuasi hosil bo’lishiga asoslangan.
Ferment - substrat kompleksining hosil bo’lishi va o’zgarishi uch bosqichdan iborat. Fermentativ reaksiyaning birinchi bosqichida substrat molekulalari ferment bilan ion, kovalent yoki boshqa kimyoviy bog’lar orqali o’zaro birikadi va birlamchi oraliq modda vujudga keladi; ikkinchi bosqichga birlamchi oraliq birikma o’zgarib, bitta yoki ketma-ket keluvchi faollashgan bir necha kompleks hosil qiladi; uchinchi bosqichda esa reaksiya natijasida hosil bo’ladigan yangi mahsulot ferment molekulasidan ajraladi. Bu bosqichlarni quyidagicha ifodalanadi:

Fermentativ katalizning birinchi pog'onasida ferment-substrat kompleksi [ES] hosil bo'lib, ular o'rtasidagi bog'lar ionli yoki kovalentli bo'ladi. Kompleksning hosil bo'lishi juda tez, bir zumda amalga oshadi. Ikkinchi bosqichda kompleksdagi substrat ferment bilan bog'langanligi tufayli faol holatga kelib, uning reaksion qobiliyati oshadi. [S’]. Substratning xuddi shu holati keyingi reaksiya tezligini belgilaydi.