Tabiatshunoslik 4-sinf Darsning mavzusi



Yüklə 0,5 Mb.
tarix05.05.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#108366
dars ishlanma (2)





Tabiatshunoslik 4-sinf
Darsning mavzusi: Yerosti boyliklari
Darsning maqsadi:
a)Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga O’zbekiston yerosti boyliklari, ularning turlari,
yoqilg’i foydali qazilmalar, metall ruda konlari, binokorlik materiallari haqida umumiy
ma’lumotlar berish
FK1: suvlar,marmar,neft,tabiiy gaz,oltin, osh tuzi, ma’danlarni bilishi;
b)Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni Yerosti boyliklarining xaritada tasvirlanishi,
yerosti
boyliklarining bitmas-tuganmas emasligi, tabiat boyliklaridan foydalanishda
isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslikka o’rgatish.
TK6: tabiiy gaz va boshqa foydali qazilmalarni tejash, ulardan foydalanishda tejam-
korlikka amal qilish
d) Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning yerosti boyliklari haqidagi bilimlarini rivojlantirish.
FK4: Yerosti boyliklaridan foydalanishda tabiatni muhofaza qilish tadbirlarda ishtirok
eta olishi.
Darsning turi:yangi materialni o’rganish darsi.
Darsda foydalaniladigan metodlar: suhbat-munozara, aqliy hujum, ko’rsatish,
namoyish
qilish, mustaqil ishlash
Foydalaniladigan jihozlar: O’zbekistonning tabiiy xaritasi o’quv atlasi, mavzuga oid
rangli rasmlar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism: o’quvchilar davomati aniqlanadi, ularning darsga tayyorligi nazorat
qilinadi, sinf doskasiga O’zbekistonning tabiiy xaritasi tayyorlanadi.
II.O’tilgan mavzuni takrorlash ( mustahkamlash):
O’tilgan mavzu yuzasidan uyga berilgan vazifalarning bajarilganligi ko’rib chiqiladi.
Berilgan topshiriqlar bo’yicha savol-javob o’tkaziladi, o’quvchilarning o’tilgan mavzuni

o’zlashtirganligi aniqlanadi.
O’tilgan mavzuni mustahkamlovchi “O’z o’rnini topishga yordamlash” didaktik mashqi
o’tkazilishi mumkin. Bunda qushlar, o’simliklar, tabiat manzaralari aralash beriladi.


O’quvchilar cho’l, adir, tog’larda yashaydigan qushlar, hayvonlar, o’simliklar va
h.k.ni ajratib, o’z o’rniga yozishlari tushuntiriladi.
III.Yangi mavzuni tushuntirish:
O’zbekistonning tabiiy xaritasi, o’quv atlasidagi 14-15-betlarida berilgan
ma’lumotlardan foydalanib, o’quvchilarga foydali qazilmalarning nomlarini aytish
so’raladi. Vatanimiz hududida tarqalgan foydali qazilmalarni uchta guruhga bo’linishi,
har bir guruhga kiradigan foydali qazilmalar va ularning qazib olinadigan yirik
konlarining nomlari aytiladi. Yerosti suvlari, ulardan foydalanish,tabiiy boyliklarni
asrab-avaylash haqida tushuntiriladi.
Darslikdagi matn ifodali o’qitilib, rasmlar va tayanch so’zlar bilan ishlanadi.


IV.Yangi mavzuni mustahkamlash:
Amaliy ish daftariga foydali qazilmalarning uchta guruhi va ularga kiradigan foydali
qazilmalarning ro’yxatini yozib chiqish vazifasi beriladi.O’qituvchi o’quvchilar
faoliyatini yo’naltiradi, kuzatadi, savollar berib bajarilayotgan ishlari nazorat qilinadi.
Quyidagi savollar va topshiriqlar berilishi mumkin:
1.Farg’ona vodiysi va Surxondaryoda eng ko’p tarqalgan qazilma boylik?
2.Oltin konlari joylashgan tog’lar?
3.Toshkent metro stantsiyalarini bezatishda ishlatilgan yerosti boyligi?
V. Darsni yakunlash va o’quvchilarni baholash:
Dars mashg’uloti umumlashtiriladi, o’quvchilarning javoblari xulosalanadi.
O’quvchilarning baholari e’lon qilinadi.
VI.Uyga vazifa berish:
O’quvchilarga darslikdagi mavzuni o’qib chiqish, tahlil qilish, mavzu so’ngidagi
savollarga javob toppish va berilgan topshiriqlarni bajarish vazifa qilib beriladi

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin