Tabiatshunoslikni o‘qitishning og'zaki uslublari, ularning turlari va metodlari annatssiya


Tabiatshunoslik o’quv predmeti tuzilishining xususiyatlari



Yüklə 66,12 Kb.
səhifə5/12
tarix05.05.2023
ölçüsü66,12 Kb.
#108046
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Tabiatshunoslikni o‘qitishning og\'zaki uslublari, ularning turla

Tabiatshunoslik o’quv predmeti tuzilishining xususiyatlari

Boshlang’ich sinf o’quvchilari ongiga Tabiatshunoslikga bilan bog’liq bo’lgan bilimlarni yetkazishda quyidagi yunalishlar asosiy o’rinni egallaydi:

  • moddiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish;

  • tabiatni estetik qabul qilish;

  • vatanparvarlik tarbiyasi;

  • tabiatni e’zozlash tarbiyasi;

  • kishilar mehnatini qadrlash;

  • ijodiy izlanish, bunyodkorlik.

1-sinfda mazvular Tabiatshunoslik bilan tanishtirish tartibida o’tilgan bo’lib, 3-4- sinfda ularning mohiyati chuqurroq ochiladi. Bu vazifani amalga oshirish quyidagi o’qitish tamoyillari asosida olib boriladi:

  • o’qitishda muntazamlik va izchillik;

  • ilmiylik va tushunarlilik;

  • nazariya va amaliyotning bir-biri bilan bog’liqligi;

  • ko’rgazmalilik;

  • individlashtirishlik.

Tabiatshunoslik bilan tanishtirish darslarida olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarining asosiy elementlaridan biri o’quvchilarning o’quv va mehnat topshiriqlarini bajarishlari bilan bog’liq bo’lgan amaliy faoliyatidir. Bolalarga xos bo’lgan ana shunday o’yin turlaridan biri sujetli (rollarga bo’lib ijro etiladigan) o’yinlardir.
O’yinlarning mazmuni o’quvchilarning yosh xususiyatlariga mos bo’lishi kerak.
«Tabiatshunoslikni o’rganamiz» bo’limi mazmunini ochib berish jarayonida Tabiatshunoslik xilma-xil ekani, tabiatni o’rganish, uning sirlarini bilishda odamdagi sezgi a’zolarining ahamiyati katta ekanligi, tabiatda uchraydigan jism va moddalar, tushirib aylantirib ko’rsatish bilan darsning samaradorligiga erishasiz.
Suv boyligimiz ekani, suvga bo’lgan ehtiyoj yildan yilga ortib borayotgani, shu sababli suvni tejab ishlatish kerakligi, yangi-yangi shaharlar, sanoat korxonalari bunyod etilayotgani uqtiriladi.
«O’lkamizda qish» bo’limiga oid mavzularni o’qitishda tabiatdagi hayvonlar va o’simliklarni kuzatish imkoniyati kam bo’ladi, shuning uchun asosan maktabda tashkil qilingan «Jonli burchak»da amaliy ish olib borishga to’g’ri keladi. Kuzatuvlar ham shu yerda amalga oshiriladi. Havo iliq kunlari tabiat qo’yniga sayrga chiqish mumkin.
O’quvchilar qishda tabiatni kuzatishlari davomida qish qachon boshlanishini, qish yilning boshqa fasllaridan qanday farq qilishini bilib oladilar. Dekabr oyida kunlar qisqarishi, Quyosh kech chiqib, erta botishiga, osmonda past ko’rinishiga va kam issiqlik taratishiga e’tibor qaratiladi. o’quvchilar «Jonli burchak»da olmaxon, quyon, toshbaqa kabi hay-vonlarni kuzatishni, parvarish qilishni davom ettiradilar, ularga ozuqa tayyorlaydilar.
O’quvchilar maktabdagi yoki yaqin atrofdagi issiqxonalarga olib chiqilsa, kishilarning qishdagi mehnatlarini, nima yetishtirish bilan shug’ullanayotganliklarini, qishda qanday hosil yetishtirish mumkinligini o’z ko’zlari bilan ko’radilar va bilib oladilar. SHuningdek, qishda chorva mollari boqiladi. Uy va fermalarda qishda ham ish qizg’in bo’ladi.
«Sog’ tanda sog’lom aql» bo’limida berilgan mavzular mazmuni ilmiy dunyoqarashni shakllantirish uchun talaygina imkomyatlarni ochadi. Bu mavzularni o’rganishda bola o’z organizmida ro’y beradigan jarayonlarni bilib oladi. Bu bilimlar o’quvchilarda organizmdagi hayotiy jarayonlarning moddiyligi, ularning sabab-oqibat bog’lanishlari, turlicha o’zgarishlari to’g’risida tasavvur va tushunchalar hosil qilishlarida bolalar zarur gigiena talablarini ongli ravishda bajarib borishlari, aqliy mehnat bilan jismoniy mehnat nima ekanligini chuqur anglab olishlari, bu borada ko’nikmalar hosil qilishlarida dam olishni ko’zda tutuvchi aniq va to’g’ri kun tartibini ishlab chiqishlari katta ahamiyatga ega.
«O’lkamizda bahor» bo’limiga oid mavzularning mazmunini ochib berishda kuzatish, ekskursiyaga chiqish juda muhim, o’quvchilar sayr vaqtida ob-havoni, kun uzayib borishini, Quyosh baland ko’tarilishini kuzatadilar va bilgan narsalarini daftarlariga qayd etib boradilar.
Kuzatish vaqtida she’r, topishmoq va maqolardan keng foydalaniladi.
Erta bahorda o’simliklarning rivojlanishi, ketma-ket kurtak, barg chiqarishi, gullarning ochilishini kuzatadilar. «Qushlar bayrami»ni o’tkazadilar. Bu bayramga tayyorlanish davomida qushlarga g’amxo’rlik qilish tushunchasi mustahkamlanadi.




  1. Yüklə 66,12 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin