Tabiatshunoslikni o‘qitishning og'zaki uslublari, ularning turlari va metodlari annatssiya


«Tabiatshunoslik» darslarining ahamiyati



Yüklə 66,12 Kb.
səhifə4/12
tarix05.05.2023
ölçüsü66,12 Kb.
#108046
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Tabiatshunoslikni o‘qitishning og\'zaki uslublari, ularning turla

«Tabiatshunoslik» darslarining ahamiyati

O’quvchilariii tevarak-atrofdagi mavjud narsalar bilan tanishtirish, ularda Ona sayyoramiz - Yer tuzilishi, almashib keluvchi fasllar, bu fasllarda ro’y beradigan tabiat hodisalari haqida boshlang’ich tasavvurlar hosil qilish, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, tabiatga muhabbat uyg’otish va undan oqilona foydalanishni o’rgatish «Tabiatshunoslik» darsligidagi mavzular orqali amalga oshiriladi.
«Tabiatshunoslik» o’quv fanini o’qitish bolalarning 1-sinfda to’plagan, tabiat haqida olingan taassurotlarini, egallagan bilimlarini yanada boyitadi, hosil qilgan dastlabki ko’nikmalarini mustahkamlaydi va tizimga soladi.
Atrof tabiatdagi narsa va hodisalarga, kishilarning hayoti va mehnatiga qiziqish uyg’otish, mahalla, maktab, ko’chada yurish, tabiatda o’zini tutish, shaxsiy gigiena qoidalari, Jonli va Jonsiz tabiat hodisalari, jismlar va moddalar, madaniy va yovvoyi o’simliklar, dehqonlarning bahor, yoz, kuz va qish fasllaridagi mehnati, hayvonot dunyosi, uy va yovoyi hayvonlar, hasharotlar, qushlar, salomatlikni saqlash, suvning uch holatdagi ko’rinishi, ob-havo, Yer sayyorasi, uning tuzilishi, vaqt o’lchov birligi, shahar va qishloq, inson va tabiat orasidagi munosabat, tabiatni muhofaza qilish mavzulari mazkur darslikning asosini tashkil etadi.
Kursning mazmuni «Tabiatshunoslikni o’rganamiz (4 soat), «O’lkamizda kuz (7 soat), «Ona zaminimiz» (4 soat), «O’lkamizda qish» (3-4 soat), «Sog’ tanda sog’lom aql (3 soat), «O’lkamizda bahor» (10 soat) kabi bo’lim mavzularida ochib beriladi.
Kursning asosiy vazifasi o’quvchilarning tevarak-atrofdagi narsalarni tizimga solishga o’rgatishdan, axloqiy kamol toptirish, o’zini tuta bilish malakasini hosil qilish, inson mehnati bilan yaratilgan narsalarni ehtiyotlab saqlash, yaratuvchanlik qobiliyatlarini shakllantirish, o’stirish hamda namoyon qilishdan iborat. SHuningdek, o’quvchilar o’zlari yashayotgan jonajon olkaning tabiati, tabiiy boyliklari bilan tanishtirilib, shu yerda yashab mehnat qilayotgan kishilarga hurmat, ularga mehr-muhabbatli bo’lish fazilatlari tarbiyalanadi.
«Tabiatshunoslik» darslari o’quvchilarning bilimga bo’lgan qiziqishlari va qobiliyatlarini; ko’rgan narsa, hodisalarni kuzatish va tahlil qilish; to’g’ri xulosa chiqarish va umumlashtirish malakasini rivojlantirib borishga har tomonlama yordam berishi kerak. SHundagina darslik o’z oldiga qo’ygan vazifalarni bajargan hisoblanadi.


  1. Yüklə 66,12 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin