16-MAVZU: О‘SIMLIKLARNING TASHQI OMIL TA`SIRIGA CHIDAMLILIGI. O‘SIMLIKLARNING QURG‘OQCHILIKKA CHIDAMILILIGINING FIZIOLOGIK ASOSLARI
Reja:
O'simliklar chidamliligi va himoyalanish fiziologiyasi
Biokimyoviy himoya vositalari. Suv yetishmasligini o‘simliklarning o‘sish va rivojlanishiga ta’siri.
Qurg‘oqchilikka sabab bo‘luvchi omillar. Qurg'ochilikka chidamlilik.
O`simliklarning qurg’oqchilikka moslashuvi
Suv yetishmasligining o'simlikka ta’siri
O‘simliklarning qurg‘oqchilikka bo‘lgan chidamliligini oshirish
Tayanch iboralar: Suv taqchilligi, tuproq qurg‘oqchiligi, atmosfera qurg‘oqchiligi, fiziologik qurg‘oqchilik, garmsel, transpiratsiya, harorat, CO2 ni yetishmasligi, chidamlilig, kserofitlar, chiniqtirish.
Barcha tirik organizmlarning abiotik va biotik muhitning noqulay omillaridan himoyalanishi xuddi oziqlanish, harakatlanish va ko'payish kabi ularning yashab qolishi va hayot faoliyatida katta ahamiyatga ega. Bu holat birlamchi tirik organizmlar paydo bo'Igan vaqtdan boshlab mavjud bo'lib evolyutsiya davomida rivojlanib, mustahkamlanib kelgandir.
1. O'simliklar chidamliligi va himoyalanish fiziologiyasi
Ma’lumki, barcha tirik organizmlar muhitning biotik va abiotik omillariga moslashuv va noqulaylaridan esa himoyalanish xususiyatlariga ega. Bu hol tirik organizmlarning shakllanishidan boshlanib evolyutsiya davomida rivojlanib va takomillashib borgan. Organizmlarga zarar yetkazadigan va ularni halokatga olib boradigan omillar juda ko'p bo'lganligi sababli ulardan himoyalanish mexanizmlari faqatgina metobolitik o'zgarishlar bilan cheklanib qolmasdan balkim morfologik o'zgarishlar ham vujudga kelgan. Masalan, tikonlarning shakllanishi.
O'simliklar fiziologiyasida o'simliklarning muqobil va noqulay sharoitlarda o'sib rivojlanishi «mustahkamlilik» tushunchasi bilan ifodalanadi.
«Mustahkamlilik» o'z ichiga turg'unlanish va qayta tiklanish jarayonlarini oladi. Biologik rivojlanishning har bir bosqichi o'z mexanizmlariga ega. Masalan, molekuyar darajada, poliploidiya ko'rinishida, organizm darajasida ko'plab gameta va urug'larning hosil bo'lishi va boshqalar.
Qayta tiklanish jarayonlariga esa zararlangan DNKning fermentlar yordamida tiklanishi, o'sish kurtaklarining hosil bo'lishi, regeneratsiya va hokazolar misol bo'lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |