Issiqlik sig'imi. Suvning issiqlik sig'imi ya'ni uning qaynash haroratini 1oC ga oshirish uchun zarur bo'ladigan issiqlik miqdori boshqa moddalarnikiga nisbatan 5-30 marta ko'pdir. Faqatgina vodorod va ammiakning issiqlik sig'imi suvnikiga nisbatan yuqori. Agar biz suv va qumning issiqlik sig'imini solishtiradigan bo'lsak, qumning issiqlik sig'imi suvnikiga nisbatan 5 marotaba kamligini ko'rishimiz mumkin. Shuning uchun ham bir xil quyosh haroratida qum suvga nisbatan kamroq isiydi, Ammo suv qumga nisbatan shuncha ko'proq o'zida issiqlikni ushlab tura oladi. Suvning bug' hosil qilish va qaynash issiqligining nisbatan yuqori bo'lishi uning tarkibidagi vodorod bog'lariga bog'liqdir. Buni biz ikkita bir-biriga uxshash birikmalarda [C2H5OH va (CH3)O] ko'rishimiz mumkin:
H-bog'larining Qaynash Bug'lanish mavjudligi harorati(oC) issiqligi
C2H5O bor 78 10,19 kkal/mol
(CH3)2O yo'q 24 4,45 kkal/mol
Suv mana shu o'zining yuqori issiqlik sig'imi xossasi tufayli havo harorati birdaniga isib ketganida ham o'simlik to'qimalarini haddan tashqari qizib ketishdan saqlasa, suvning par hosil qilish issiqlik sig'imi esa o'simliklar tanasining termoregulyatsiyasida ishtirok etadi.
Sirt tarangligi tortishuvi va adgeziya. Suv yuzasida ular molekulalarining o'ziga xos birikishi natijasida sirt tarangligi vujudga keladi va 18oC haroratda 0,72 mn/sm ga teng bo'ladi. Ushbu ko'rsatkich suyuq moddalarnikiga nisbatan eng yuqorisidir. Sirt tarangligi tortishuvi tabiiy moddalardan faqatgina simobniki suvnikiga nisbatan yuqori, ya'ni 5 mn/sm.
Suv shuningdek yopishish, ya'ni adgeziya xossasiga ham egadir. Bu xususiyat suvning yerning tortish kuchga qarshi o'simliklar tanasi bo'ylab ko'tarilishida namoyon bo'ladi.
Suvning molekulyar tuzilishi. Suv molekulasidagi ikki juft elektron vodorod va kislorod yadrolari uchun umumiy hisoblanadi. Ushbu suv molekulalaridagi H va O atomlari o'zaro elektrostatik ta'sir qilib to'rtta suv molekulasini bog'lab turadi.
Kislorod va vodorod atomlarining o'zaro elektrostatik ta'siri natijasida yuzaga kelgan va kovalent bog'larning juda kam kuchiga ega bo'lgan bog'lar vodorod bog'lari deyiladi. Vodorod bog'lar juda kuchsiz bo'lib suyuq suvda ularni uzish uchun bor yo'g'i 18,84 kJ/mol energiya zarurdir xolos. Bu yerda shuni eslash zarurki kovalent bog'larni uzilishi energiyasi 460,4 kJ/mol ga teng. Demak suyuq suvning vodorod bog'lari kovalent bog'larga nisbatan deyarli 25 baravar kuchsizroq ekan. Shuning uchun ham, vodorod bog'lari doimiy ravishda sintezlanib va uzilib to'radi. Ularning yarim emirilish davri 1·10-9 soniya atrofida.
Ionlanish. Suv molekulasidagi elektronlarning vodorodga nisbatan kislorodga kuchliroq bog'langanligi tufayli, doimiy ravishda protonlarning uzilishi ro'y berib to'radi. Buning natijasida suv molekulalari dissotsiyalanadi.
H2O --- H+ + OH- Ammo hosil bo'lgan vodorod ionlari erkin holda tura olmaydi va boshqa bir suv molekulasiga birikadi.
H2O +H+ --- H3O+ Bu ikkala jarayonni birlashtirib quyidagi holatda yozish mumkin.
H2O + H2O --- OH- + H3O+ Ayrim hollarda gidroksoniy ioni (H3O) sodda H+ ko'pinishida yozilishi mumkin.
Kimyoviy sof suvning harorati 25oC bo'lganda vodorod va gidroksil ionlarining miqdori o'zaro teng, ya'ni ularning har birining miqdori 1.10-7 mol/l ga teng bo'ladi. Ushbu ko'rsatkich pH= 7 deb qabul qilingan.